A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” asari
Qur’on-i karimning tarjimalari va tafsirlarining eng eskisi “Turkiy tafsir” (“O‘rta Osiyo tafsiri”) otini olgan. Qo‘lyozmasi Qarshidan topilgan. Asar Quron-i karim suralarining tarjimasi va sharhidir. Tarjimon va qo‘lyozma kotibining oti ma’lum emas. Asarning tuzilgan davri va qo‘lyozma sanasi ham noma’lum. Matnning til xususiyatlariga asoslanib, asar XII-XIII yuzyilliklarda yaratilgan deya taxmin etadilar.
Asarning dastlabki bo‘limi XLIX suraga qadar Qur’on-i karim tarjimasidir. So‘ngra ayrim bo‘limlarning sharhi beriladi. Suralar tarjimasida satr osti o‘girmalari arabcha matnga monand bo‘lib, turkiy tilning sintaktik qurilishiga uqadar mos tushavermaydi. Tafsir qismi bunday emas, undagi matn turkiyning gap qurilishi bo‘yicha bitilgan.
A.K. Borovkovning “Leksika sredneaziatskogo tefsira XII-XIII vv.” kitobi ana shu “Turkiy tafsir” ning tiliga bag‘ishlangan (qarang: Borovkov 1963).
Kitob ikki bo‘lim: kirish va glossariy (so‘zlik)dan iborat.
Yodgorliklardan olingan misollar transkripsiyada. Transkripsiya uchun kirill harflari asosga olinib, ayrim tovushlar uchun lotin harflari va uning turkiy transkripsiyaga moslashtirilgan shakllari aralashtirilgan.
Unlilar uchun to‘qqiz harf qabul qilingan: a, a (ye), i, i, o, o, u, y.
Undoshlarning berilish yo‘li shunday: lab-lab va lab-tish [v] tovushi w, sonor [ng] uchun ц, [y] uchun j harfi ishlatilgan. Arab tilidan o‘zlashgan so‘zlardagi £ uchun‘a, j uchun b harfi ishlatilgan (masalan: ‘abab), ^ o‘rnida dj dan foydalanilgan (djuft, djumla singari). Arabcha so‘zlarda h, h belgilari ham ishlatiladi.
So‘zlikda so‘zlarning berilish yo‘li hozirgi lug‘atchiligi prinsiplariga tayanadi; u quyidagi ketma-ketlikda: a, a (ye), b, w, g, g‘, d, dj, z, i, i, j, k, q, l, m, n, o, o, p, r, s, t, u, y, f, x, h, h, ch, sh.
So‘zlik asarda kelgan so‘zlarning barini qamraydi: unda sof turkiy so‘zlar bilan bir qatorda, kelib chiqishi arabcha va forsiy so‘zlar ham to‘liq.
So‘zlikda avval bosh so‘z va uning ruscha ma’nolari beriladi, so‘ng tafsirdan olingan misoli bilan dalillanadi. Misolni berganda ayrim so‘zlarning qo‘lyozmadagi arab yozuvli shakli ham keltirib o‘tilgan. Oxirida esa ko‘rsatilgan bosh so‘z yana boshqa qanday yozma yodgorliklarda uchrashi qayd etiladi yoki uning fonetik shakllari chog‘ishtiriladi. Qavsda yozma yodgorliklarning nashrlariga havolalar berilgan.
Masalan, ag‘ach, arin so‘zlarining izohiga e’tibor bering:
ag‘ach (sm. jig‘ach) 1. ‘derevo’; ol ag‘ach (^I^T) turur... qamug‘ lyrlyg jamish anda bitar ... (59,11) ‘to yest derevo ... razlichnwe plodw zreyut na nem ...’ ; ag‘achlar okysh budaql'i bolur (66b,7) ‘derevya so mnojestvom vetvey bwvayut [tam]; ol bostan ag‘achlari (66b,16) ‘derevya togo sada’; 2. ‘brevno’, ‘stolb’; anlar ag‘achlar kabiyeryrlar damg‘a tajanmish (90b,1) ‘oni, kak stolbw, postavlennwe dlya oporw zdaniya’ (Sura 63, st.4) -RS l., , 149; AF,069.
arin ‘guba’, ‘gubw’; ajdarha ag‘zmi acht'i alting‘i arnini fir‘avn taxliniii alt'inda urdi ystynki arnini ... ystynda urdi (30,27) ‘drakon raskrwl past i nijnyuyu gubu polojil pod tron faraona, a verxnyuyu gubu sverxu polojil’. -RSl., 1,766; Gab., 311 irin.
Omonim so‘zlarning anglatgan ma’nolari rimcha raqamlar bilan ajratib berilgan:
jilqi I ‘loshad’; ‘krupnwy rogatwy skot’;
jilqi II ‘godovoy’; tort jilqi ‘chetwrexletniy’.
Yoki:
jig‘- I ‘sobirat’;
jig‘- II ‘udalyat’, ‘otklonyat’; ‘prepyatstvovat’.
Muhimi, fe’llar hozirgi o‘zbekcha lug‘atlardagi singari infinitiv shaklda (bormoq, qaytmoq singari) emas, bosh shaklida berilgan. Odatda, bunday o‘rinlarda fe’llarni ularning boshqa omonimlaridan farqlash uchun chiziqcha (-) qo‘yib ketiladi:
qar ‘sneg’;
qar- ‘smeshivat’, ‘meshat’.
Yoki:
tysh ‘son’;
tysh- ‘padat’; ‘spuskatsya’; ‘ostanavlivatsya’; ‘sluchatsya’.
“Turkiy tafsir” b- lashgan yodgorliklar turkumiga kiradi. Shunga qaramay, asarda b (ya’ni j) bilan kelgan turkiy so‘zlar z, j bilan ham keladi: qub'i~quzi~quju - hozirgi o‘zb.: quyi. Lug‘atda bunday variantlar ham to‘liq berilgan. Qiyoslang:
qubug‘ (sr. qujug‘") ‘kolodes’;
qujug‘ (sm. qubug") ‘kolodes’.
“Turkiy tafsir” tilida sinonimlarning aralash qo‘llanilgani e’tiborni o‘ziga tortadi. Masalan, asarda “xotin kishi”, “xotin” ma’nosida urag‘ut, xatun, ‘awrat, ‘ajal, kishi, tishi; “qo‘l” ma’nosida al, alig, qol; “shahar” ma’nosidayel, ulus, kant, uram, shahar, shahristan so‘zlari qo‘llanilgan.
Ayniqsa, asarda bir ma’noli so‘zlarning juft holda qo‘llanilgani muhim. Bunday so‘zlarning ayrim komponentlari boshqa tillardan o‘zlashgan. Bir qarashda, bunday juftliklar bir ma’noli so‘zlarning takroriday ko‘rinsa-da, aslida ular so‘z ma’nosini kuchaytirishga, yangi tushunchalar anglatishga xizmat qiladi. Masalan: yew barq. Bundayew ham, barq ham “uy” ma’nosida, biroq juft holda “uy-joy” ma’nosini beradi. Boshqa misollar: qan qabash - qon-qarindosh, tog‘a kozsyz yoki qarag‘u kozsyz - ko‘r, kandulus -shahar, ortaqyesh - do‘st, o‘rtoq. Ishlatilishiga misollar: yewi barqi bajt ul-muqaddasda ardi - uy-joyi baytul-muqaddasda edi (39,16); qan qabashini terdi - qon-qarindoshini yig‘di (28,20). Ba’zida bunday juftliklar ja ’ni so‘zi bilan izohlanadi: rozi ja ’ni jamlig ash - nasiba, ya’ni yeyiladigan osh (2,5); akin ja ’nidana - ekin, ya’ni don (64b,9).
Asar tilida hozirgi turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida unutilgan so‘zlar nihoyatda ko‘p. Bu ham bo‘lsa asar tilining qadimiyligidan dalolat beradi. Bunday so‘zlarga misollar: asig‘ - foyda, ashnu - avval, burun, at-oz - o‘zlik, vujud, jig - kasal, jalawach - payg‘ambar, ogdi - maqtov, sy - lashkar, qo‘shin, tapug‘ - xizmat singari.
A.K. Borovkovning ushbu lug‘atidan “Turkiy tafsir” leksikasi, uning til xususiyatlariga tegishli bo‘lgan muhim ma’lumotni yig‘ish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |