9-MA’RUZA. ELEKTROLIT ERITMALAR. TUZLAR GIDROLIZI
Reja:
1. Elektrolit eritmalar.
2. Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi.
3
.
Kuchli va kuchsiz elektrolitlar. Dissotsiyalanish darajasi va konstantasi.
4
.
Ostvald qonuni. Kislota, asos va tuzlarning suvli eritmakari
dissotsiyalanishi.
5
.
Suvning ion ko’rsatkichi, Vodorod ko’rsatkich.
6. Tuzlar gidrolizi, gidralizlanish darajasi va konstantasi.
Tayanch so’zlar: Dissotsiyalanish darajasi va konstantasi, ionlar, izotonik
koeffisient, ionlar, ion almashinish reaksiyalari. Tuzlar gidrolizi, gidrolizlanish
darajasi va konstantasi.
O ’quv mashgulotining maqsadi: Elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasini,
kuchli va kuchsiz elektrolitlar, dissotsiyalanish darajasi va konstantasi haqida malaka
ko’nikmalarini o ’rgatish. Ostvald qonunini tushintirish. Kislota, asos va tuzlarning
suvli eritmakari dissotsiyalanishini, ion almashinish reaksiyalarini hqamda tuzlar
gidrolizi,
gidrolizlanish darajasi va konstantasini
o ’rganish.
Suvning ion
ko’paytmasini keltirib chiqarish. Eritma muhiti haqida tushuncha berish. Vodorod
ko’rsatkich haqida tushuncha berish. Gidroksid ko’rsatkich haqida tushuncha berish.
Elektrolit eritmalarida boradigan besh xil reaksiyalarni tushuntirib berish. Uch xil
tipdagi tuzlar gidroliziga misollar keltirib, eritma muhiti
qanday bo’lishini
tushuntirib berish.
Murakkab moddalarning suvdagi eritmasini tekshirib ko’rish shuni ko’rsatadiki,
ulardan ba'zilari suvdagi eritmalarida ionlarga dissotsiatsiyalanadi, ba'zilari esa
molekulyar holda eriydi. Masalan: shakarning eritmasi, tuzlarning eritmasi. Suvdagi
eritmalarida ionlarga parchalanadigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Kislota, asos va
tuzlar elektrolitlardir. Suvdagi eritmalarida ionlarga ajralmaydigan moddalar esa
elektrolitmaslar deyiladi. Elektrolitlarning suvdagi eritmasi elektr tokini o ’tkazadi.
suvsiz kislotalar Qattiq toza holatdagi tuzlar va asoslar elektr tokini o ’tkazmaydi.
Toza suv ham elektr tokini o ’tkazmaydi.
Elektrolit eritmalarining elektr tokini o ’tkazgish xossasini Klauzis, Grotgus va
Faradeylar tekshirib, ularning fikricha, faqat eritmadagi elektr toki o ’tgan vaqtdagina
ionlar hosil bo’lishi kerak. Elektr toki o’tishi to ’xtagach ionlar yana bir - biri bilan
birikishi lozim.
1887 - yilda shved olimi S.Arrenius elektrolit molekulalarining suvdagi
eritmalarida musbat va manfiy zaryadli ionlarga ajraladi, degan gipotezani maydonga
tashladi va keyinchalik bu gipoteza elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi deb tan
olindi.
Arrenius
eritmalarning
elektr
o’tkazuvchanligini
o ’lchash
asosida
molekulalarning ionlarga ajralish jarayoni uchun elektr tokining hech qanday
82
ahamiyati yo’q, elektrolitlar suvda erigan ionlarga ajraladi. Darhaqiqat, KCl suvda
eriganda musbat zaryadli K+ hamda manfiy zaryadli Cl" anioni dissotsiatsiyalanadi.
KCl ^ K+ + Cl"
Аjralishi elektrolitik molekulalarning eritmada ionlarga dissotsiatsiya deyiladi.
Аrrenius nazariyasi kimyo fani taraqqiyotiga murnsib hissa qo’shdi:
1) Arrenius nazariyasi elektrolitlaming suvdagi eritmalari orqali elektr toki o’tishi
sababini izohlab berdi. Bu nazariyaga ko’ra elektrolitmas moddalarning suvdagi
eritmalarida ionlar bo’lmaydi, elektrolitlar eritmalaridagina ionlar bo’ladi. Shuning
uchun ham elektrolitlar orqali tok o’tadi, chunki elektrni ionlar tashiydi. Аrrenius
nazariyasi elektroliz vaqtida musbat ionlarning katodga, manfiy ionlarning anodga
borishi sababini ham aniqlab berdi.
2
) Аrrenius nazariyasi elektrolitlarning eritmalari elektrolitmaslarning xuddi
o ’shanday konsentratsiyadagi eritmalariga qaraganda pastroq haroratda muzlash va
yuqori haroratda qaynash sababini ham qoniqarli ravishda tushuntirib berdi.
Chunonchi, 1000 g suvda 1 mol (342g) qand, 1000g suvda 1 mol (92,1 g) glitserin
eritilsa, bu eritmalar muzlash haroratning pasayishi, Raul qonuniga Muvofiq 1,860C
bo’ladi. Аgar 1000g suvda 1mol (74,5g) KCl, 1000g suvda 1 mol (208g) BaCl
2
eritilsa, KCl eritmasida muzlash haroratining pasayishi 1,860C emas, undan
(taxminan) 2 marta ortiq 3,60C bo’ladi. BaCl
2
eritmasida esa 1,860C o ’rniga undan
taxminan 3 marta ortiq bo’ladi. Buning sababi, KCl eritmasida KCl molekulalari K +
va Cl" ionlariga BaCl