- Qadimgi Rim san’ati Apenin yarim orollaridagi ko’pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan yerlardagi boshqa xalqlar san’ati ta’sirida rivoj topdi. Rim imperiyasining birinchi imperatori Oktavian Avgust hukmronlik qilgan yillar (eramizdan avvalgi 27 yil - yangi eraning 14 yillari) san’at va madaniyatning xaqiqiy rivojlangan bosqichi bo’ldi. Rim davlatining "oltin asri" hisoblangan bu davrda nazariyotchi me’mor Vitruviy, tarixchi Tit Liviy, shoirlardan Vergiliy va Gorasiolar yashab ijod etdilar. Me’morchilik rivojlandi, shahar qurilishi avj oldi.
Qadimgi Rim san’ati. Qadimgi Rim san’ati. - Qadimgi Rimning eng katta binolaridan biri Kolizey Amfiteatridir. Planda Kalizey gigant oval bo’lib, uning asosi 188x156 metr, devorlarining balanligi 48,5 metrga yaqin. Gladiatorlar jangi uchun mo’ljallangan bu qurilmaga bir vaqtning o’zida 55 ming tomoshabin siqqan. Rim me’morchiligining yana muhim yodgorligi "Hamma xudolarning qasri" - Panteon hisoblanadi. Me’mor Apollodor Domashqiy tomonidan 118-125 yillarda qurilgan bu bino antik dunyoning eng katta gumbazli binosi bo’lib, unda Rim me’morchiligining novatorlik xususiyati yaqqol ko’zga tashlanadi.
Tasviriy san’at. - Rim tasviriy san’atidan bizgacha ko’pgina haykaltaroshlik namunalari (relef, portret, tematik kompozisiyalar) saqlanib qolgan Rimliklarning portret san’atidagi yutuqlari, ayniqsa kattadir. Respublika davrida realistik portret rivojlandi va antik dunyo san’atida takchi o’rinni egallaydi.
Qadimgi Rim teatri Bazilika Mozayka Rassomlik va amaliy san’at. - Rimning gullagan shaharlari Pompey va Gerkulanumdagi boy, zadogonlarning uylari devorlariga ishlangan suratlar Rim rassomligi haqida ma’lumot beradi. Devoriy suratlarda qadimgi grek ustalari ishlagan nusxalardan kґchirmalar, turli naqsh, gul va girlyandalar tasviri ham keng uchraydi. Bu uylarning pollari mozaika bilan bezatilgan. Ularda sayyor aktyorlar, dengiz osti manzaralari, urushayotgan xo’roz va shunga o’xshash voqyealar tasvirlangan. Shunday mozaikalardan biri Favna uyidagi Aleksandr Makedonskiyning Eron shoxi Doro bilan jangi tasviridir.
Eramizdan avvalgi 79-78 yil Altar Teatr Marsella Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o’zgarishlar ro’y berdi.
Rimlik zodagonlar bo‘lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo‘jalikda qullar ham unchalik ko‘p emasdi.
Bir qavatli oddiy uy
Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag‘rida tomoshabog‘lar va chorbog‘lar ko‘p, havosi esa teptekis joylardagiga qaraganda ancha sog’lom va tozaroq bo‘lgan. Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun «termalar» deb atalgan ko‘rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha “issiq” so’zidan “termos” so’zi ham shundan kelib chiqqan.
Rim termalari.
Zamonaviy rasm
Madaniyatning asosiy belgisi bo‘lgan ta‘lim Rimda o’ziga xos edi.
Bolalarning maktabda ta’lim olishi ota-onalarning tahsil uchun haq to‘lash imkoniyatlariga bog‘liq bo’lgan.
Badavlat xonadon farzandlari 6 yoshdan maktabga qatnagan.
Yozuvni o’rganayotgan bolalar stil degan metall tayoqcha bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarni qitirlatib, o’yib yozardilar.
Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko‘p qavatli uylar barpo etildi.
Panteon – barcha xudolar ibodatxonasi
Quvurlar nishablik asosida qurilgan bo‘lib, tog‘dagi buloqlardan suvning o’zi oqib kelar edi.
Akveduk qurilishi
Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o’tkazish uchun akveduklar – anhorlarning yuqori qismidan o’tkazilgan ko’priklar qurilgan.
O’n minglab tomoshabinlarni sig’diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot hisoblangan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo‘ldi.
Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga
to‘ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan.
Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so’z «Xushxabar» ma’nosini anglatadi. Iso payg‘ambar ta’limot izdoshlari xristianlardir. Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik boshqa dinlar bilan teng bir din deb e’lon qilingan farmon chiqardi. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilish imkonini berdi.
Xristianlarning
dastlabki ibodatxonasi
Rivoyatga ko‘ra, imperator Konstantin xristianlik ramzini o‘z askarlari qalqonlariga chizishga buyurgan va g‘alabaga erishgan. Adabiyotlar: - 1. Abdullayev N.U. «San’at tarixi» Tom-1, Toshkent, O’qituvchi, 1986 y. (69-78)
- 2. Vipper B.R. «Isskustvo drevney Gresii» M., 1972. (10-23)
- 3. Abdullayev N.U. «San’at tarixi» Tom-1, Toshkent, O’qituvchi, 1986 y. (96-103)
- 4. «Isskustvo stran i narodov mira». Kratkaya xudojestvennaya ensiklopediya. M., 1968. Tom-9. (41-53)
Do'stlaringiz bilan baham: |