Dastgohning RDB sistemasi:
Zagotovka va asbob mos kordinata o‘qlari bo‘ylab avtomatik
siljishning ta’minlaydi;
shpindelning aylanish chastotasini va ish bajaruvchi organlarini
surish qiymatlarini o‘zgartiradi, shuningdek salt surishlar
tezligini ulaydi va uzatadi;
asboblarni avtomatik tarzda almashtiradi va dastgohdagi boshqa
qurilmalarni boshqaradi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar yordamida va tayyorlash-
yakunlanish vaqtini qisqarishi, shuningdek kesish rejimlarini
jadallashtirish xisobiga universal dastgohlarga nisbatan ancha unumli
ishlaydi. Yordamchi vaqt kamayadi, asosiy (
mashina
) vaqtining ulushi
esa oshadi. Jumladan, ma’lumotlarga ko‘ra universal dastgohlarda
aosiy vaqt ulushi 18-20% dan oshmaydi. RDB dastgohlarda 50-60%
gacha oshadi, ko‘p operatsiyali dastgohlarda esa bu ulush 80-90% ga
yetadi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar nazorat ishlari vaqtini detallarga
aniq ishlov berilishi xisobiga 50-70% ga qisqartirishga imkon beradi.
Pirovard natijada detallarni ko‘p operatsiyali dastgohlarda
tayyorlashda ish unumdorligi universal dastgohlardagiga nisbatan bir
necha marta yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘p operatsiyali
dastgohlar ko‘p dastgohlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etishga yaxshi
sharoit yaratadi, hatto uchinchi smenada “odamsiz” texnologiyada
ishlash imkoniyatini beradi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlarning kulachokli boshqarish
sistemalari bilan jihozlangan dastgoh-avtomatlarga nisbatan eng
muhim afzalligi shundaki, ularni turli detallarni tayyorlashda oddiy va
tez qayta sozlash mumkin, bu esa tayyorlanish-yakunlanish vaqtini
jiddiy qisqartirishga imkon beradi. Bunday dastgoh bilan jixozlangan
ishlab chiqarish korxonasi juda moslanuvchan va boshqa detalga ishlov
berish uchun tez o‘tuvchi bo‘ladi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlardan foydalanganda xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar mexnati ham boshqacha bo‘ladi. Bu dastgohlar
yuqori malakali operatorlarga bo‘lgan talab qisqaradi. Ishchi-operator
vazifasi bir yoki bir nechta dastgohlarning yaxshi ishlayotganini
kuzatishdan iborat bo‘ladi. Shunda operatorning mexnat ulushi
kamayib, muxandis va texniklarning dasturlar tuzish, texnologik
jarayonlarni kodlash va loyixalash, dastgohlarni sozlash va ta’mirlash
bo‘yicha mexnatning axamiyati oshadi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlar moslanuvchan ishlab chiqarish
modullarini, moslanuvchan avtomatik liniyalarni va moslanuvchan
ishlab chiqarish sistemalarini yaratishga zamin bo‘ladi. Bu dastgohlar
bilan moslanuvchan avtomatik liniyalar va moslanuvchan ishlab
chiqarish sistemalarini yaratish uchun transport sistemasiga va
boshqaruvchi EXM.ga bog‘lanadi. Bunday dastgohlar va ularning
sistemalari donalab, mayda seriyalab va seriyalab ishlab chiqarishda
keng foydalaniladi.
Ko‘p operatsiyali dastgohlarni yaratishda agregat tuzilish va
birxillashtirish usulidan keng foydalaniladi. Bunday usullar yuqori
unumli va aniq ishlov beradigan dastgohlarni ishlab chiqarish narxini
pasaytirishga imkon beradi.
Avtomatlashtirilgan moslanuvchan ishlab chiqarishni tashkil
etish uchun xozirda ko‘p vazifali (
ko‘p operatsiyali
) RDB dastgohlar
keng qo‘llanilmoqda.
IR500MF4
modelli
ko‘p operatsiyali dastgoh ana
shunday dastgohlarni tipik vakilidir.
Bu dastgoh frezalash-parmalash-teshik yo‘nish dastgohlari
guruhiga kiradi va gorizontal-teshik yo‘nish dastgohi kabi
konstruksiyaga ega. Quyida ushbu dastgox xaqida batafsil ma’lumotlar
keltiramiz.
IR500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgoh Portal (P-simon)
stoyka 7 (Z-koordinata) (4-rasm). Stanina 10 ning yo‘naltirgichlarida
bo‘ylama yo‘nalishda, stol 11 (X-koordinata) esa ko‘ndalang
yo‘nalishda siljiydi. Stol 11 ga yo‘ldosh 2 bilan burish stoli 1
o‘rnatilgan. Mazkur dastgohda kuchli shpindel 3 va shpindelli babka 4
stoykaning yonida emas, balki uning chuqurchasida joylashgan.
Ish organlarining bunday joylashishi vazmin hamda bikr
p
simon
stoyka birgalikda shpindellarning juda mustahkam bo‘lishini va
shpindelli babka (
Y
koordinata
) ning aniq chiziqli siljishini
ta’minlaydi. Stoykaning yon tomonida 30 asbobli magazin
6
, uning
chuqurchasida esa, ikki qamragichli manipulyator
5
o‘rnatilgan. Bu
manipulyator asboblarni almashtiradi. Ikki pozitsiyali burish stoli
9
yo‘ldosh
8
bilan birga alohida poydevorga o‘rnatilgan.Bu stol
zagotovkani o‘rnatish vaqtini va detalni yechib olish vaqtini asosiy
vaqtga qo‘shishga imkon beradi.
4-rasm. IR 500MF4 modelli ko‘p operatsiyali dastgohi.
Dastgoh CNC toifasidagi yuqori klass RDB pozitsion-konturli
sistema bilan jihozlangan. Bu dastgohda quyidagi siljishlar: stoykaning
ko‘ndalang, stolning bo‘ylama, shpindelli babkaning vertikal, burish
stolining aylanma siljishlari dasturlanadi.
Chiziqli siljish qadami 0.002 mm. Dastur RDB qurilmasiga
perfolenta orqali yoki pultdagi harf - raqamli klaviatura yordamida qo‘l
bilan, shuningdek dastur to‘plagich, teletayp yoki markaziy EXM
vositasida kiritilishi mumkin.
Dastgohda asosiy harakat uchun rostlanadigan o‘zgarmas tok
elektrodvigateli va surishlar yuritmasida reduktorsiz keng miqyosda
rostlanadigan yuqori momentli dvigatellar ishlatilgani tufayli
kinematik sxema ancha oddiy tuzilgan. Asosiy harakat yuritmasida
shpindelning aylanish chastotalarini rostlash chegaralarini kengaytirish
uchun uzatish nisbati
va
bo‘lgan ikki pog‘onali
tezliklar qutisi ishlatiladi.
Dastgohning asosiy ko‘rsatkichi stol ish yuzasining
o‘lchamlaridan iborat. Bu o‘lchamlar dastgoh modelining belgisida
ko‘rsatiladi. Mazkur dastgohda stol ish yuzasining o‘lchamlari
500
×500 mm bo‘lib, unga uzunligi 200-500 mm.li o‘rtacha korpus
detallarni o‘rnatish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |