masalan
,
EXM
) klaviatura (
tugmachalar
)si yordamida yozib olinidi.
So‘ng, shu qurilma yordamida, dastur magnitlashgan impuls ko‘rinishi
(magnit tasmaga) yoki kadrlararo joylashtiriluvchi teshiklar bilan
qog‘oz tasmaga (dastur qamrovchi sistemaga) o‘tkaziladi.
Boshqaruvchi dasturiga ma’lumot RDB dastgohini elektron
sistema orqali o‘qilib, kadrma-kadr dastgohni ish bajaruvchi
organlariga uzatib beriladi. Dasturni to‘g‘ri yozilganligi, masalan
frezerlash dastgohlarida chiziq (
iz
) qoldirish usulida tekshiriladi.
Buning uchun dastgoh shpindeliga qalam va stolga qalin qog‘oz
mahkamlanadi. Qog‘ozdagi iz tahlil qilish asosida dasturni to‘g‘riligiga
ishonch hosil qilinadi. Xatolik dasturni korrektirovka qilish orqali
to‘g‘rilanadi.
RDB dastgohlar uchun detallarga mexanik ishlov berish
operatsiyalarini loyihalash jarayonlarida bajariluvchi o‘tishlarning
mumkin qadar maksimalligini ta’minlashuviga intilish lozim, ya’ni
birgina operatsiyada qancha ko‘p yuzalarga ishlov berilsa, universal
dastgohlarda ishlov berishga nisbatan, shuncha iqtisodiy tomondan
qulay va vaqtdan tejash mumkin. Birgina operatsiyada mumkin qadar
ko‘p o‘tishlarni to‘plash (
bajarish
), oldinda aytib o‘tilganidek,
dastgohda zagotovkani o‘rnatish sxemasini to‘g‘ri tanlash uchun qulay
shart va sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Operatsiyalarda o‘tishlarni ketma-ketligini bajarishda RDB
dasturiga kiritilgan avtomatik va tiniq ishlov berish sikllarini va yuqor
ish unumdorligini ta’minlay olish imkonini beruvchi qisqichini
harakatlanish ish sxemasini hisobga olish kerak. Shuni hisobga olib,
frezerlash va parmalash-frezerlash-teshik yo‘nish dastgohlarida
doiraviy - yo‘li bilan qora va toza teshik yo‘nishi o‘rniga teshik
diametiridan kichik bo‘lgan konussimon freza bilan teshik diometirini
konturi bo‘ylab bir marta o‘tish tavsiya etiladi. Bu ishlov berish uchun
unumdorligini oshiradi va sozlovchi asboblar sonini kamaytiradi.
Bir turdagi bir xil o‘tishlarni bajarish uchun kesuvchi asboblarni
tanlashda bitta asbob (
masalan
,
o’tuvchi
keskich
)dan foydalanish
foydali bo‘ladi. RDB dastgohlaridigi asboblar kallagini imkoni
asboblarning sonini oshirishini cheklab qo‘yadi. Asboblarning sonini
kamaytirish uchun ko‘p asbob o‘rnatish joyiga ega bo‘lgan - ikkita
kesuvchi plastina o‘rnatiluvchi plastinali parmaladan (parmalash,
texnik yo‘nishda) foydalaniladi. Mexanik ishlov berish jarayonining
o‘tish ishonchliligini oshirish maqsadida RDB dastgohlarninig kesish
ma’romini normativdagilarga nisbatan
10-15
pasaytirilib qo‘llaniladi.
RDB dastgohlarni o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ishni bajarish
boshlang‘ich nuqtasini tanlash yoki detal va asbobning koordinata
sistemasini dastgohni koordinata sistemasi bilan bog‘liqligini
ta’minlashdan iborat.
Keskichni joylashib turgan o‘rnidan, dasturda berilgan buyruqqa
asosan, ishni boshlash nuqtasiga boshlang‘ich nuqta deyiladi. Uning
koordinatalari dastgohni no`l nuqtasiga nisbatan aniqlanadi. Dastgohni
no`l nuqtasi bu uning koordinatalar sistemasini boshlanishidir. RDB
dastgohlardan o‘ng tomonli to‘g‘ri burchakli
x, y, z
sistema qabul
qilinib, bunda z o‘qi har doim shpindelni aylanish o‘qiga parallel
yo‘nalgan va uni musbat yo‘nalishi parma yoki frezani detaldan chiqish
yo‘nalishiga mos tushadi.
Dastgohlarning no`l nuqtasi standartlashtirilgan. Shuning uchun
u moslamani bazalash yuzasiga, yoki stolni aylanish markaziga va sh.k.
nisbatan qabul qilinadi. Dastgohni no`l nuqtasi to‘g‘risidagi ma’lumot,
uni elektron sistemasiga “dastgoh absalyut no`l” holati deb kiritiladi.
Bunda detal qilinishi mumkin. Buning uchun absalyut no`l nuqtaning
koordinatasini absolyut no`l nuqtaga nisbatan qayta hisoblab chiqish
kerak.
Hisob-texnologik kartani tayyorlashda har bir keskichning
traektoriyasi alohida chiziladi. Farqlash uchun keskichni tezlashtirilgan
va ishchi siljishlari boshqa-boshqa rangli chiziqlar bilan chizilishi
tavsiya etiladi. Shunday qilib, boshqaruvchi dasturni tuzishda
dastgohda tartib bilan bajarish mumkin bo‘lgan, bajariladigan ishlarni
va o‘tishlarning kadrlararo kodlashtirilgan ro‘yxati tuzilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |