Ldoshev, Q. Muftaydinov, V. Abdurahmonov


  Qadimgi  Rim iqtisodiy qarashlari



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/249
Sana31.12.2021
Hajmi5,44 Mb.
#236729
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   249
Bog'liq
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi Yo'ldoshev

5.  Qadimgi  Rim iqtisodiy qarashlari
Qadimgi  quldorlik  davrining  iqtisodiy  ta’limotlari  tizimida  Qadimgi 
Rimning iqtisodiy ta ’limoti ham muhim o ‘rin tutadi.  Rim imperiyasining 
taraqqiyoti  va  parokandahkka  uchrashi,  quldorlik  ekspluatatsiyasining 
inqirozi bilan bevosita bog'liq.
Qadimgi Rimning iqtisodiy ta ’limotlarida agrar masala asosiy o ‘rinni 
egallagani uchun ham  uning  eng yirik nomayandalari Katon,  Varron va 
Kolumellar  qarashlarida  ham   agrar muammolar bosh  masalalardir.
Katon Mark Porsiy (234-149) Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi 
edi.  U  «Dehqonchilik» nomli asar yozib, unda 0 ‘z davrining iqtisodiy va 
qishloq xo‘jaligi holatini aks ettiigan edi. U  ham barcha xo'jalik hunarlaridan 
dehqonchilikni eng yuqoriga qo‘yadi.
U   ideal  dehqonchilik  tarafdori  b6‘lib,  qullar  mehnatidan juda  ham 
unumli foydalanishga chaqiradi.  Uningcha, buning uchun ish yurituvchi 
har  bir  qulni  bekor  turmasligini  ta ’minlashi  kerak  va  kerak  b o ‘lsa, 
harakatchan, chaqqonlami mukofatlashi mumkin. U  ish yurituvchi ustidan 
ham yer egasining to ‘la nazorati  kerakligini ta’kidlaydi.  Bu asarda Katon 
birinchilardan bo'lib ijara munosabatlarini ilgari surgan.
U  ijaraga  yer  olinganda  ijarachi  tom onidan  hosilning  yarimgacha 
olinishini  ta ’kidlaydi.  Shu  bilan  birga,  u  yerni  qay  vaqtda  va  qanday 
shartnomalar asosida ijaraga berish haqida maslahatlar beradi.  Umuman, 
bu asar Italiyada er. av.  II asrda qanday holatda dehqonchilik yuritilganligi 
haqida birinchi yozma m a’lumotlami beradi.
Varron  M ark  Tereniy-  (116-27)  Rimning  ko'zga  ko'ringan  olimi  va 
yozuvchisi edi. U o‘zining «Qishloq xo‘ialigi haqida» nomli asarida Katonga 
nisbatan  iqtisodiy  ta ’limotda  yana  bir  qadam  oldinga  bosdi,  u  qishloq 
xo‘jaligini  yanada  intensivlashtirish  ham da  ko‘proq  darom ad  olish 
maqsadida tovar-pul munosabatlaridan ham foydalanishni tavsiya etadi. 
U qishloq xo‘jaligidan ko‘proq foyda olish uchun ishlab chiqarishni ilmiy 
asosda tashkil qilishga chaqiradi.  Buning uchun: qishloqdan tovarni chekka 
o ‘lkalarga  olib  borib  sotib,  chetdan  bu  yerda  yo‘q  mahsulotlami  olib
37


kirish  kerak,  shuningdek,  ko‘proq  darom ad  olish  uchun  dehqonlar 
bozor  bahosini  o'zgarishini,  albatta,  hisobga  olishlari  zarur,  deb 
ta’kidlaydi.
U  dehqonchilik bilan  birga  daromadli  soha  deb,  chorvachilikni  ham, 
tavsiya qiladi.  Qullarga u «gapiradigan qurollar» deb qaraydi.  U Katondan 
farq  qilib,  qullarni  ishlatuvchi,  boshqaruvchining  o ‘zi  qul  bo'lmasligi, 
aqlli va m a’lum bilimga ega odam bo‘lishi kerakligini aytadi. Yana u qulni 
ham,  boshqaruvchini  ham  moddiy  rag‘batlantirishni  taklif  etadi.  Agar 
Katon qullarni qattiq ekspluatatsiya qilish tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, Varron 
xo'jalikni intensivlashtixish tarafdori sifatida maydonga keldi. Bu esa qullaming 
Italiyadagi quldorlik tuzumiga qarshi yirik harakatlarining ta’siri edi.
Kolumella Lushiy Moderat -  Rimning ko‘zga ko‘ringan agronom olimi 
edi.  U  o‘zining  «Qishloq  xo‘ialigi  haaida»  asarida  krizisga uchragan  Rim 
quldorlik  davlatining  xo‘jalik  holatini  aks  ettirishga  urinadi.  U   qishloq 
ho'jaligida unumdorlikni pasayib borishini tabiiy deb ta’kidlashlarini tanqid 
qilib,  uning  bosh  sababi  dehqonchilikda  xo‘jalik  yuritishni  bilmaslikda, 
deb  ta’kidlaydi.  Uningcha,  yerlar  «jazolash»  uchun  «yomon  qullarga» 
berib qo'yilgan degan fikrni ilgari surgan. Yuik quldorlik xo‘jaliklari o‘rniga 
uncha katta bo'lmagan unumli xo‘jalik yuritish tarafdori edi.  U  qullaming 
mehnat  unumdorligini  orttirishga  chaqiradi.  U  mahsulotlardan  shaxsiy 
iste’mol uchun foydalanishdan ko‘ra sotish uchun ishlab chiqarishga chaqiradi.
U  o'zidan  oldingi  olimlardan  farq  qilib,  qullardan  foydalanishda 
m ehnat taqsimoti va rag‘batlantirishdan foydalanishni ham  targ‘ib qildi.
Uning  ta ’limotida  Katon  va  Varronlardan  yana  bir  farq  qiluvchi 
mulohaza bo‘lib,  bu ham  b o ‘lsa,  yer egalari  bilan  ozod bo‘lgan insonlar 
o ‘rtasidagi  ishlab  chiqarish  munosabatlarini  tahlil  qilishga  qaratilgan 
harakatdir.  Kolumellaning  iqtisodiy  qarashlarida  Italiyada  eramizning 
birinchi  asrlarida  quldorlik  tuzumining  inqirozi  yaqqol  ko‘rinmas  edi. 
Bulardan keyin Rim olimlari qarashlarida erkin insonlar mehnatini ko'proq 
targ‘ib  qilinishi  va  quldorlik  tuzumini  himoya  qilishni juda  qiyinlashib 
borishini ko'rishimiz mumkin.
Qadimgi dunyoning  iqtisodiy  ta ’limoti  tarixi bilan tanishib,  quyidagi 
xulosalarga kelishimiz mumkin:
- bu  davr  olimlari  qarashlarida  quldorlik  tuzumi  himoyachilarining 
qiyofalari  mavjud;
- bu  ta ’limotdan  tovar-pul  munosabatlarini  kishilik jamiyatida juda 
qadimdan  qo‘llanilganligini  bilib  olamiz;
- bu davr olimlarining ilmiy iqtisodiy, o ‘ziga xos fikrlari hozirgi zamon 
iqtisodiy ta ’limot va fanining asosi bo‘lganligi ko‘rinib turibdi.
38



Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   249




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish