Abu Ali ibn Sino shu narsani chuqur tushunib yetadiki, odamlar
o ‘zaro hamkorlikda bo‘lishlari kerak, ya’ni ular iqtisodiy munosabatlarga
kirishishlari lozim. Chunki har bir odam alohida holda ishlaganda, u
qanchalik kuchli va salohiyatli b o ‘lmasin, hatto o ‘z ehtiyojlarini ham
qondira oladigan mahsulotni yaratishga qurbi yetmaydi. Shuning uchun
odamlar o ‘zaro iqtisodiy kelishuvga kelishga, ya’ni m ehnat taqsimoti
asosida faoliyat qilishga intiladilar. Buning iqtisodiy nazariya nuqtayi
nazaridan m a’nosi shuki, ishlab chiqarish munosabatlari haqiqatdir,
tabiiy zaruratdir, muayyan holatdir.
Ibn Sino odam jamiyatdan tashqarida yashay olmasligini, u jam oat
muhitidagina ijtimoiy bog‘liqbo‘la olishini qayd etgan. Ular o‘zaro iqtisodiy
hamkorlik orqali o ‘z hayotlarini ko‘radilar, o ‘zlarining hayotiy ehtiyojlarini
qondiradilar. Biroq, odamlarning o ‘zaro munosabatlari adolat doirasida
bo‘lmog‘i darkor, adolatni esa fanni (haqiqatni) sevadigan davlat o ‘matishi
mumkin, holos.
Ibn Sino fikricha, davlat har bir odamning jamiyatdagi o ‘rnini (ish
joyini) aniq belgilab, qanday faoliyat, yuritishini tashkil qilib berishi
kerak, ayniqsa, davlatda tekinxo'rlar, boshqalar hisobiga kun ko'ruvchilar
bo‘lishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Davlat bunday takomilga faqat fanni
rivojlantirish orqali erishadi.
Ibn Sino savdo munosabatlarining jamiyat taraqqiyotida katta ro ‘l
o ‘ynashini ham uqtirgan. U savdo aloqalari shaharlar (mamlakatlar,
xalqlar) o'rtasida yo‘lga qo‘yilishi lozimligini ta’kidlaydi, chunki shundagina
ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, odamlar o‘rtasida tushunish vujudga keladi.
Yuqoridagi qoidalarga xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ibn Sino
ilmiy ijodida iqtisodiy munosabatlar masalasi ham, uning muammolari
va ularni takomillashtirishga oid tadqiqotlar ham salmoqli o ‘rin tutadi.
Abu Ali ibn Sino
«Tibbivot dostoni»da yozadiki, agar hayvonlar tabiat
ne’matlariga qanoat qilib yashasalar, odamlarga bu ne’matlar ozlik qiladi,
ular oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari
lozim. Uning ta’kidlashicha, agar hayvonlar tayyor tabiat ne’matlarini
o ‘zlashtirib olsalar, odamlar o ‘z m ehnatlari bilan o ‘zlariga ovqat, kiyim-
bosh, uy-joy yaratadilar, ular ana shu maqsadda dehqonchilik, hunar
mandchilik, chorvachilik bilan shug‘ullanadilar. Shuning uchun alloma
odamlarni ijtimoiy foydali mehnatga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: