demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatan ham siyosatga nisbatan ustuvor
munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir.
Davlat bosh islohotchi bo‘lishligi tamoyili. Bu tamoyil, avvalo,
umumbashariy qadriyatlardan kelib chiqadi. Zero, I. Karimov
« 0 ‘zbekiston bozor munosabatlariga o ‘tishning o ‘ziga xos yo‘li» nomli
risolasida yozganidek, jahon tajribasi iqtisodiyotni davlat yo‘li bilan tartibga
solib turish zarurligini ko‘rsatdi; buning ustiga tom ma’noda o ‘zini o ‘zi
tartibga solib turadigan bozor yo‘q, hamma davrlarda davlat o ‘z mavqeyiga
ko‘ra iqtisodiyotga ta’sir etib kelgan. Ammo bozor iqtisodiyotiga o ‘tish
barcha mamlakatlarda bir xil kechmaganidek, davlatning yetakchilik roli
ham har xil kechadi. 0 ‘zbekiston ijtimoiy jihatdan yo'naltirilgan bozor
iqtisodiyotini quradi, bunda davlat tartibga solib turuvchi rol o ‘ynashi
muqarrardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |