Vatan taqdiri uchun o ‘zlarini mas’ul deb bilgan va uni qoloqlikdan
chiqarishga o ‘zlarining butun vujudini, aqliy salohiyatini, kerak bo‘lsa,
iqtisodiy imkoniyatlami ham bag‘ishlovchi jadidlar deb nomlangan bir
guruh o‘zbek vatanparvar, millat fidoiysi, ziyolilar harakati.
Abdurauf Fitratning «Hind sayyohi bayonoti» asari- bu asar «Abd
ar-Rauf» imzosi bilan 1912- yili (hijriy 1330) Istanbulda «Bayonoti sayyohi
hindi» nomi ostida fors-tojik tilida chop etilgan. «Hind sayyohi bayonoti»
asari A. Fitratning iqtisodiy fikrlari bayon etilgan asardir.
Jadidlar tafakkurida raqobat va raqobatchilik- iqtisodiyotning
harakatlantiruvchi kuchi raqobat ekanligi ma’lum. Biroq, raqobatchilik
uchun raqobatchilik muhiti bo‘lmog‘i lozim. Jadid iqtisodiy tafakkurida
raqobat va uning muhitiga oid bir qancha iqtisodiy qarashlar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |