Xususiy ta’m beruvchilarga odatda o‘stirilayotgan joydan yangi holda iste’mol qilinadigan ta’m beruvchi sabzavotlar va o‘simliklar kiradi. Ta’m beruvchi sabzavotlarga turli piyoz mahsulotlari, sarimsoq piyoz, kashnich, selderey, pasternak kabi sabzavotlar kirsa, ta’m beruvchi o‘simliklar qatoriga ukrop, koriandr, tmin, anis, yalpiz, rayhon, jambul kabilar kiradi. Xususiy ta’m beruvchilarga odatda o‘stirilayotgan joydan yangi holda iste’mol qilinadigan ta’m beruvchi sabzavotlar va o‘simliklar kiradi. Ta’m beruvchi sabzavotlarga turli piyoz mahsulotlari, sarimsoq piyoz, kashnich, selderey, pasternak kabi sabzavotlar kirsa, ta’m beruvchi o‘simliklar qatoriga ukrop, koriandr, tmin, anis, yalpiz, rayhon, jambul kabilar kiradi. Qimmatbaho tabiiy ta’m beruvchilarning o‘rnini bosish maqsadida sun’iy (sintetik) ta’m beruvchilar ham ishlab chiqilgan. Masalan: vanilin, korisa, qalampir munchoq, muskat yong‘og‘i, shafranning poroshoksimon xili va h.k. Ta’m beruvchilarni quruq, toza, yaxshi shamollatib turiladigan, zararkunandalardan holi xonalarda 20°S haroratda va havoning nisbiy namligi 75% bo‘lgan sharoitda saqlanadi. Ziravorlar Ziravorlar ovqatning ta’mi va hidini yaxshilash maqsadida alohida tur oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi va ziravorlar qatoriga gorchisa, xren, tuz, oziq-ovqat kislotalari, tayyor souslar (tomat, mevali, mayonez) kiradi. Gorchisa ziravori gorchisa poroshogini suv, uksus, tuz, shakar va boshqa ta’m beruvchilar bilan aralashtirgan holda tayyorlanadi. Gorchisa qorong‘i xonalarda harorat 0°S dan 20°S gacha va nisbiy namligi 75% dan yuqori bo‘lmagan sharoitlarda saqlanadi. Xren ziravori xren o‘simligining ildizidan uksus, shakar va tuz yordamida olinadi. Bu ziravor qorong‘i xonalarda harorat 10°S dan oshmagan sharoitda 1,5 oy muddatgacha saqlanadi. Tuz tabiatan 97-99,7% toza natriy xlor va boshqa mineral tuzlardan iborat bo‘lib, tabiiy kristall birikmadir. Odatda sifat jihatidan tuz ekstra, oliy, 1-nav va 2-navlarga ajratiladi. Tuzlarning navlarga bo‘linishi ko‘p jihatdan tarkibida toza natriy xlor va suvda erimaydigan moddalarning mavjud bo‘lishiga bog‘liq. Tuzning organoleptik xususiyatlariga ko‘ra rangi oq, sarg‘ish, qizg‘ish, mazasi faqat tuzli va hidsiz bo‘lishi kerak. Tuz yopiq xonalarda, nisbiy namlik 75% dan ortiq bo‘lmagan sharoitlarda, ishlab chiqarilgan kunidan boshlab 6 oy davomida saqlanadi. Oziq-ovqat kislotalari qatoriga uksus kislotasi, limon kislotasi, olma, uzum kislotalari kiradi. Vanilin - oq kristall poroshok ko‘rinishiga ega bo‘lgan ta’m beruvchi hisoblanadi. Vanilin asosan konditer, non ishlab chiqarish, ichimliklar tayyorlash sanoatida, shuningdek muzqaymoq va sutli mahsulotlar tayyorlashda qo‘llaniladi. Oziq-ovqat kislotalari qatoriga uksus kislotasi, limon kislotasi, olma, uzum kislotalari kiradi. Vanilin - oq kristall poroshok ko‘rinishiga ega bo‘lgan ta’m beruvchi hisoblanadi. Vanilin asosan konditer, non ishlab chiqarish, ichimliklar tayyorlash sanoatida, shuningdek muzqaymoq va sutli mahsulotlar tayyorlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |