Mazer (Maser - microwave amplification by stimulated emission of radiation) - ingliz so‘zlaridagi bosh harflardan tashkil topgan va mazmuni mikroto‘lqinni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirishdir. Shu ishlari uchun ular 1964 yili Nobel mukofotining sovrindori bo‘lishdi. Kvant elektronikasining rivojlanishi elektromagnit to‘lqinning yangi, infraqizil va ko‘zga ko‘rinuvchi sohalarida kogerent nurlanish olishga yo‘naltirildi. Dunyoning ko‘p ilmiy laboatoriyalarida lazerlar yaratish ustida ish boshlab yuborildi. Bu ishlarning rivojlanishida A.M. Proxorovning kvant qurilmalarida ochiq optik rezanotor sifatida Fabri-Pero ( etaloni) interferometrini qo‘llash g‘oyasi hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |