Uzluksiz rejimli lazerlar. 1-jadval Impuls rejimli lazerlar. 2-jadval 8.2. Lazerlarning nurlanish spektri.
Lazer rezonatori fazoviy kogerent bo’lgan monoxromatik nurlanish hosil qilish hususiyatiga egadir. Rezonator oralig’i L ga teng bo’lsa, yorug’lik bir tsikl davomida 2 L masofani bosib o’tadi. Yorug’lik fazasi bu masofada 2 T ga karrali o’zgaradi. Bu tsiklik printsipi deyiladi. To’lqin amplitudasi tsikl davomida faol muhitda exp [ () L) marta o’zgaradi. Bunday o’zgarish kozgularning qisman shaffofligi tufayli rezonatordan nurlanishning chiqishi, difraksiya hodisasi va boshqa ko’rinishdagi isroflar bilan konpensatsiyalanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |