Birinchi gazli lazer (Laser – light amplification by stimulated emission of radiation – ya’ni yorug‘likni majburiy nurlanish hisobiga kuchaytirish demakdir) 1961 yilda neon va geliy aralashmasida yaratildi. Uzluksiz ish holatida infraqizil sohada to‘lqin uzunligi 1,15 mkm bo‘lgan kogerent nurlanish berdi. 1962 yilda geliy-neon lazerlarida ko‘zga ko‘rinadigan sohada, 0,63 mkm to‘lqin uzunlikli, qizil rangli kogerent nurlanish hosil qilindi. Shundan beri geliy–neon lazeri takominllashib kelinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |