7. Ko‘p fotonli jarayonlar Lazer nurlanishining modda bilan o‘zaro ta’siri mohiyati shu nurlanishning xarakterli xususiyatlari: kogerentligigi, monoxromatliligi, ingichka yo‘naluvchanligi, yuqori intensivlikka egaligi va qisqa davomiyligi kabilar hisoblanadi. Aynan shu ko‘rsatilgan xususiyatlari yangi va xilma-xil fizik jarayonlarga asoslangan bo‘lib, uni fizikaning alohida bo‘limi qilib ajratdi. Nurlanish tizimining yutug‘i o‘zaro ta’sirning boshlang‘ich holatidayoq modda o‘zini namoyon qilishidir, ya’ni elementar aktdan moddaga tashqi maydonning bir necha fotonlari yutiladi. Bu jarayon bir fotonli, ya’ni lazerdan boshqa nurlanish manbalari uchun ko‘p fotonli jarayonga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |