Optik kvant generatorlarida ko‘zguli rezonator nurlanish maydoni bilan uning energiya manbai- aktiv muhit o‘rtasida musbat teskari bog‘lanish vujudga keltiradi. Rezonatorning ko‘zgulari tufayli yorug‘lik oqimi aktiv muhitda ko‘p marta tarqaladi (shu bilan u kuchayadi). Bu hol generatsiyaning o‘z-o‘zidan uyg‘onishi hamda uni davom ettirish uchun zarur. Lekin rezonatorning lazer ishidagi vazifasi maydon energiyasining zichligini aktiv muhitda ko‘paytirishdangina iborat bo‘lmaydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘xshashlikka asosan, avtotebranuvchi rejimning vujudga kelishi uchun teskari bog‘lanish musbat bo‘lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, sistemada bo‘lgan hamda teskari bog‘lanish kanali orqali kelayotgan tebranishlar o‘rtasida qat’iy sinfazalik mavjud bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |