(20.6) munosabat orqali bog‘langan, bu yerda q – rezonatorning L uzunligida joylashgan yarim to‘lqinlar soni. Spontan nurlanishning aktiv rezonatorda kuchaytirilishi va nihoyat, shu rezonatorning kogerent nurlari generatorlariga aylanishi avtotebranuvchi sistemalarda generatsiya o‘z-o‘zidan uyg‘ongan vaqtda rivojlanib boradigan jarayonlarga juda o‘xshashdir. Bunday sistemalarda tebranuvchi sistema bilan tebranishlarni ta’minlab turgan energiya manbai o‘rtasidagi musbat teskari bog‘lanish muhim rol o‘ynaydi. Induktiv musbat teskari bog‘lanishning mohiyati qiyosan sodda bo‘lishini elektron lampali tebranish generatorida ko‘rishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |