Tajribaning chizmasi 20.5-rasmda ko‘rsatilgan. Lazer nurlanishining dastasi K sochuvchi modda orqali o‘tadi va S svetofiltr yordamida filtrlanadi, natijada ЕЕ ekranda faqat chastotasi o‘zgargan sochilgan yorug‘lik kuzatiladi. Ekran yoritilganligining taqsimoti 20.5-rasmning o‘ng tomonida sxematik ravishda ko‘rsatilgan. rasm. Majburiy kombinatsion sochilishni kuzatish tajribasining chizmasi Uyg‘otuvchi dastaning yo‘nalishiga mos bo‘lgan o‘qdagi nuqta yaqinida Stoks nurlanishi ( ) to‘plangan. Antistoks komponentalar ( ) konsentrik halqalar tarzida joylashgan bo‘lib, bu halqalarniig radiuslari chastota siljishining o‘sishi bilan ortadi. Antistoks komponentalar uygotuvchi dastaning yo‘nalishi bo‘yichagina kuzatilib, Stoks komponentalari esa qarama-qarshi yo‘nalishda ham. tarqalishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |