Blok-sxemada radioaktiv nurlanishning inson organizmiga tasiri ko‘rsatilgan. Nurlar organizmga tasir ko‘rsatib, to‘qimalardagi atom va molekulalarning ionlashtirib, ularning bog‘lanishlarini uzadi. Shuning uchun ham to‘qimalarda ularning halokatga olib keluvchi ximiyaviy va bioximiyaviy jarayonlar yuz beradi. Tez parchalanuvchi to‘qimalar juda ko‘p talofat ko‘radi. Turli xildagi yadroviy nurlanishlarning tasiri. Inson organizmiga tashqaridan tasir etuvchi alfa-nurlar uncha xavfli emas, chunki ulardan insonni terisi himoya qiladi. Turli yo‘llar bilan, masalan; nafas olish yo‘li, og‘iz bo‘shlig‘i orqali yoki shikastlangan teri o‘rnidan organizm ichiga o‘tgan modda alfa nurlar chiqarsa bu juda xavflidir. Sababi, juda kichik hajmda juda ko‘p ionlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham organizim ichiga kirib qolgan radiy va paloniy kabi elementlar juda xavfli hisoblanadilar. Radiy suyaklarda yig‘ilib, organizimda oq va qizil qon tanachalarini ishlab chiqarish buziladi, natijada inson kam qonlik kasaliga chalinadi.

Betta-nurlar teri hujayralarini kuydirib, teri osti tirik to‘qimalarga xavfli tasir etadi. Bazi hollarda betta nurlari teri rakiga olib keladi. Betta nurlarga ko‘zning sezgirligi katta shuning uchun unga yomon tasiri qiladi. Gamma-nurlarning o‘tish qobiliyati juda katta bo‘lib, bu nurlar organizmning chuqur qismiga joylashgan to‘qimalarga ham tasir ko‘rsatadi. Qon tarkibini o‘zgartirib, kam qonlik va ko‘z kasalliklarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |