4-rasm. Svetovod tirqishidan nurlanayotgan nisbiy quvvatning lazer nurlanishi
markazining koordinatalariga bog‘liqligi.
Tajriba jarayonida yorug’lik tig’i svetovod bo’yicha harakatlantirildi va
fotoelektron ko’paytirgich tokining tig’ xolatiga bog’liqligi o’rganildi. Bu tajriba
jarayonida tekshshirilayotgan svetovod lokal koeffitsientining lazer nuri
markazining xolatiga bog’liqligi tadqiq qilindi. 1-rasmda tajriba natijalari
keltirilgan. Abssissa o’qiga tirqishga nisbatan svetovod o’qi bo’yicha chiziqli
koordinatalar qo’yilgan. Ordinatalar o’qiga fotoelektron ko’paytirgich tokiga
proporsional teshikdan nurlanayotgan nisbiy quvvat qo’yilgan.
Olingan natijalardan ko’rinadiki, lazer nurlanishi tirqishga nisbatan 75 mm dan
uzoqroqda joylashtirilganda fotoelektron ko’paytirgich tokining og’ishi uning
o’rtacha qiymatiga nisbatan 12% dan oshmaydi. Svetovod sirtining aynan shu soxasi
lazer nunlanshi energiyasining ko’ndalang taqsimotini tomografik o’lchashlar uchun
foydalanildi. Olingan fotoelektron ko’paytirgich tokining o’rtacha qiymatdan
og’ishini hatoliklar amplitudasi sifatida qabul qilish mumkin. Shunday qilib,
svetovod tirqishidan chiqayotgan nurlanish intensivligi intensivlik taqsimotidan
olingan Radon integraliga proporsional bo’ladi.
Kuchli texnologik lazer oqimi kesimining proeksiyasini olish uchun 5-rasmda
ko’rsatilgan qurilma yig’ildi. Tekshirilayotgan lazer oqimi (1) qurilma korpusida
o’rnatilgan doirasimon teshik orqali o’tadi (b). Teshik soxasida fotoelektron
kuchaytirgich bilan qattiq bog’langan zondlovchi svetovod (2) joylashgan. Svetovod
va fotoelektron kuchaytirgich sistemani ilgarilanma va aylanma harakatlantiruvchi
dvigatelga mahkamlangan. Fotoelektron kuchaytirgichdan kelayotgan signal
raqamli signalga aylantiriladi va SHEHM ga uzatiladi. Tekshiriluvchi oqim sifatida
shaffof bo’lmagan iikita teshikli transparantdan o’tkazilgan geliy-neon lazeri
ishlatildi. Kesimning uch o’lchovli tasviri 5-rasmda ko’rsatilgan.
Tajriba davomida zondlovchi svetovodni oqim o’qiga perpendikulyar
tekislikda 0, 30, 60, 90, 120 i 150 gradus burchaklarga burib, kesim proeksiyasi
haqida ma‘lumotlar olindi. Har bir proeksiyani olishda svetovod chiqishidagi quvvat
17 marta o’lchandi. Bunda qadamli dvigatel 2 mm qadam bilan harakatlantirildi.
Oraliq qiymatlar eksperiment natijalari bo’yicha kubik interpolyatsiya usuli bilan
olindi. Tajriba natijalarini qayta ishlash va ob‘ekt tasvirini tomografik qayta tiklash
Tomo dasturlar paketi yordamida amalga oshirildi. Bu paket bir o’lchovli
tomografik proeksiyalar asosida ikki o’lchovli funksiyani tomografik qayta
tiklashga mo’ljallagan. Bu paket asosida Fure-sintez va Gershbergning iteratsion
algoritmi yotadi. Proeksion natijalarning cheklanganligi hisobiga paydo bo’luvchi
hatoliklarni aniqlash uchun matematik modellashtirish o’tkazildi, bunda
5-rasm. Kuchli lazer oqim kesimining tomografik proeksiyalarini olishga
mo‘ljallangan qurilma.
bir o’lchovli model bo’yicha intensivlik taqsimotining tomografik rekonstruksiyasi
o’tkazildi. Ko’ndalang kesim bo’yicha intensivlik taqsimotinin tasvirini qayd
qilishda PZS kamera ishlatilganligi uchun dastlabki funksiya
𝑓(𝑥, 𝑢) diskret
qiymatlardan tashkil topgan
𝑓(𝑖. 𝑗). Bunday funksiyadan Radon tasavvurlarini olish
uchun uni interpolyatsiya qilish kerak. Foydalanilgan algoritmda to’g’ri burchakli
interpolyatsiya ishlatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |