- Tex–ilmiy-texnikaviy matnlar bilan ishlashga mo’ljallangan tahrirlovchi dastur. Amaliy matematika bo’yicha yirik mutaxassis mashhur D.E.Knut tomonidan Stanford Universitetida ishlab chiqilgan. Tex da tayyorlangan hujjatlarning sifati yaxshiligi, keng imkoniyatliligi, turli sohalarga oid formulalar, shu jumladan matematik formulalarni yozish uchun qulayligi, fayllarining xotiradan kam joy egallashi xususiyatlari bilan muhandis, ilmiy-texnik xodimlar ayniqsa ilm ahli tomonidan keng qo’llanila boshladi. Keyinchalik Lesli Lamport Latex deb ataluvchi, Tex ning imkoniyatlari kengaytirilgan tizimini ishlab chiqdi. Hozirgi kunda Latex-1, Latex-2, Latex-2E, AMS (Amerika matematigi jamiyati) Latex kabi lahjalari foydalanuvchilarga keng tarqalgan. Latex da tayyorlangan matnlarni kompyuter tarmoqlari (elektron pochta va h.k.) orqali o’zatish ham har tamonlama qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |