Latex dasturida matematik funksiyalar bilan ishlash
Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, matematikaga oid maqolalar, kurs ishlari dissertasiyalar yozishda Latex dasturining imkoniyatlarini o’rgatish. Latex dasturida tayyorlanadigan hujjatlarni boshqa dasturiy ta’minotlar orqali tayyorlangan hujjatlardan afzalligini ko’rsatish. Kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatish va shu bilan birga bu sohadagi qiziqishlarini oshirish.
1.1.Latex dasturini o’rnatish va sozlash.
Hozirgi kunda ilmiy maqolalar, matematikaga doir qo’llanmalar yaratishda
juda ko’p matematik formulalar va turli xil obektlardan foydalanishga to’g’ri
keladi. Bunday hujjatlarni yaratish uchun juda ko’p matn muharrirlari mavjud.
Bunga Word matn muharririni misol keltirish mumkin. Word matn muharriri
matematik formulalarni yozishda, turli xil obektlarni joylashtirishda juda katta
imkoniyatga ega, lekin agar matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib
borsa, yaratilgan hujjatlarni hajmini oshirib yuboradi va ularni qayta ishlashda qiyinchiliklarga uchrab qolish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan hujjat hamma kompyuterlarga, yoki hamma sistemalarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan Wordda yaratilgan hujjatlar versiyasiga farq qilsa bir biriga to’g’ri kelmasligi mumkin yoki Mathtypeda yozilgan formulalar bo’lsa to bu dasturni o’rnatmasak bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa hujjatlarni internet tarmog’ida ham qo’yishimiz mumkin, bundan hamma kompyuterlar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun biz hujjatlarni shunday tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan qatiy nazar foydalana olishlari kerak. Shularni hisobga olib yana bir dastur, Latex dasturi yaratildi. Latex dasturi juda ko’p imkoniyatlarga ega. Bu dasturni imkoniyatlari yuqoriligi, jurnallar, kitoblar tayyorlash imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini hisobga olib, hozirgi kunda chet ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex dasturida yozib yuborishni talab qiladi. Latex dasturida tayyorlangan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi.
Bu dastur yordamida ilmiy maqolalar, kurs ishlarini, diplom ishlarini,
dissertasiyalarni juda chiroyli qilib tayyorlash mumkin. Albatta bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak va biror bir uslubiy qo’llanmadan foydalnishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda Latex dasturida ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar yetarli emas, rus tilida yoki ingliz tilida adabiyotlar juda ko’p. Shularni hisobga olib biz Latex dasturi bo’yicha o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad qilib qo’ydik.
Amerikalik taniqli matematik va dasturchi Donald Knuth tomonidan Tex
dasturi yaratildi. Bu dasturni yaratishda Knut o’z oldiga shunday translyator
yaratishni maqsad qilib qo’ydiki, u har xil kompyuterlarda bir xil ishlashi kerak edi. Leslie Lamport Tex bazasi asosida paketlardan foydalanib Latex dasturini yaratdi.
Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli
qilib tayyorlash uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Kitob, o’quv qo’llanma,
ilmiy jurnallarni tayyorlashda ham juda katta imkoniyatlarga ega. Latexda
yaratilgan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi va ularni qayta ishlash, tahrirlash amallarini juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga ishlaydi masalan IBM, Mac va boshqalar. Bundan tashqari juda ko’pchilik sistemalarga ham ishlaydi masalan Windows, Unix, VMS va boshqalarni misol keltirish mumkin. Bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi Latex da matematik holatga o`tish
Do'stlaringiz bilan baham: |