Lar va ularni yaratis


- kasbiy faoliyatining ongli tahlili, -



Download 0,75 Mb.
bet5/13
Sana19.12.2022
Hajmi0,75 Mb.
#890876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 sinf informatika va xaborot texnologiyalari fanidan electron o`quv uslubiy majmua yaratish

- kasbiy faoliyatining ongli tahlili,
- meyorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv,
- kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik,
- o„z imkoniyatlarini ro„yobga chiqarish, o„z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida mujassam qilish.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta`lim taraqqiyoti sharoitida pedagog
innovatsion faoliyatga bo„lgan zaruriyat quyidagilar bilan o„lchanadi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta`lim tizimi, metodologiya va o„quv
jarayoni texnologiyasini tubdan yangilashni talab qiladi, yangi yangilik -larni yaratish, o„zlashtirish va foydalanishlardan iborat bo„ladi;
2. Ta`lim mazmunini inson‟avarlashtirish doimo o„qitishning yangi tanqidiy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
3. Pedagogik yangilikni o„zlashtirish va uni tadbiq etishga nisbatan o„qituvchining harakteri va o„zgarishi.
Pedagog innovatsion faoliyatining tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan shartlardanfoydalanishni talab qiladi.Bunday meyorlarga - yangilik - maqbullik, yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo„llash imkoniyatlari kiradi.
Yangicha mazmun kasb etgan kadrlar tayyorlash jarayoni barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash borasidagi ijtimoiy buyurtmaning bajarilish darajasi va sifat ko„rsatkichining yuqori bo„lishini kafolatlaydi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari ishlab chiqarish mahsulotlariga nisbatan aholi tomonidan bildirilayotgan talab va taklif asosida tartibga solinar ekan, muayyan yo„nalish bo„yicha malakaviy (kasbiy) ma`lumotiga ega mutaxassisning ijtimoiy raqobatga bardoshligi muhim ahamiyatga egadir. Halq xo„jaligining raqobatbardosh mutaxassislari bilan ta`minlanishi uzluksiz ta`lim tizimida tashkil etilgan pedagogik faoliyatining samarali, muvaffaqiyatli ekanligini ko„rsatuvchi dalil hisoblanadi.
Pedagogik metod haqida umumiy tushuncha.
« Zamonaviy ta‟limni tashkil etishga qo„yiladigan muhim talablardan biri
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o‟quvchilarga yetkazib berish, ularda ma‟lum faoliyat yuzasidan ko„nikma va malakalarni hosil qilish,
shuningdek, o‟quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko„nikma va malakalar darajasini baholash o„qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta‟lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
O„qitishdan ko„zlanadigan maqsad bu davlat ta‟lim standartlarida belgilangan bilim va ko„nikmalarini o„quvchiga yetkazishdan iborat. Qachonki o„quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o„quvchi malaka oshirish uchun mo„ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina o„qitish muvaffaqiyatli kechdi deb hisoblasa bo„ladi.
Ma‟lumki, ta‟lim olish (ma‟lumot olish) jarayoni – bu ma‟naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat jarayondir. Bu jarayon ta‟lim oluvchining o„zi orqali yoki boshqa birov- ta‟lim beruvchining ko„magida amalga oshirilishi mumkin. Ta‟lim olish jarayoni esa turli xil metodlarga(usullarga) tayangan holda kechadi.
Metod – grekcha “Metodos” so„zidan olingan bo„lib, “izlanish” yoki “bilish yo„li”, “nazariya”,“ta‟limot” ma‟nosini anglatadi.
Ta‟lim metodini(usulini) - ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga va tartibga solingan yo„l-yo„rig„i sifatida ta‟riflash mumkin.Kant fikricha “agar biz nimanidir metod deb aytsak, unda u asosiy qonuniyatlar bo‟yicha harakat usuli bo‟lish kerak” ya‟ni, boshqa so‟zlar bilan aytganda, metod - bu ko‟r-ko‟rona harakat bo‟lmay, balkim yo‟llantiruvchi, oydinlashtiruvchi, ma‟lum nazariyaga asoslangan bo‟ladi.Ulug‟ nemis faylasufi Gegel fikricha, metod-bu subyektiv tomonda bo‟lgan qurol hisoblanib, uning harakat usuli hamdir.Umuman olganda, metod-bu ilmiy bilimni tartiblashtiruvchi va bilishning asosiy nazariy instrumenti bo‟lib,olib boruvchi izlanish yo‟li hisoblanadi. Metod deb, yana shunday prinsiplar sistemasini ham tushunish mumkinki, qaysiki bu prinsiplar qoida, ma‟lum topshiriqlar yechish faoliyati regulyativi bo‟lsa.Metoddan ham keng fikrni, uning ta‟limoticbo‟lgancmetodologiyanbildiradi.
Ta`lim modelini, esa bir yoki bir nechta ta‟lim metodlari yordamida amalga oshiriladigan ta‟lim jarayoni amalga oshirish tuzilmasi, deb qarashimiz mumkin.
Ta`lim metodi - bu ta‟lim oluvchi va ta‟lim beruvchining ma‟lum maqsadga qaratilgan, birgalikdagi faoliyatini tashkil qilishning muayyan tizimga solingan yo„l-yo„rig„idir.
Pedagogik metodlarning turlari.
Ta‟lim metodlarini ta‟lim maqsadlariga erishish bo„yicha, o„quvchi va
o„qituvchining birgalikdagi ish faoliyatini tashkil qilishning belgilari bo„yicha quyidagicha guruhlarga bo„lish mumkin:
O`qituvchi markazda bo`lgan uslublar;
O`quvchi markazda bo„lgan (interfaol yoki interaktiv) uslublar.
Odatda ushbu uslublardan biri yoki bir nechtasi ayrim o„qitish modellarida
birvarakayiga foydalaniladi. Odatda dars jarayoni ikki yoki undan ortiq asosiy uslublardan tashkil topadi va bu uslublar dars mavzusiga to„la muvofiq bo„lib, o„quvchilarning bilim va tajribasi qay bosqichda ekanligiga qarab qo„llaniladi.
O`qituvchi markazda bo„lgan uslub. Bu uslub orqali o„qituvchi o„zi egallagan ma‟lumot va ko„nikmalarni o„quvchilarning sezgi organlari orqali uzatish yo„llarini qidiradi. Bunda o„quvchilarning ishtiroki passiv bo„ladi, ya‟ni ular tinglaydilar, kuzatadilar va ma‟ruzalarni yozib boradilar.
Bu uslublar asosan o„qituvchining quyidagi faoliyat turlari orqali amalga oshiriladi:

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish