Asosiy qism
Monopoliya so’zi yunoncha “mono” – bitta, “polis” – sotaman so’zlaridan tarkib topib, iqtisodiy faoliyatning biror (ishlab chiqarish, savdo va hokazolar) sohasida shaxs yoki kishilar guruhi, davlatning yakka hukmronligini ifodalaydi. Bu o’z tabiatiga ko’ra monopoliyaning raqobat bilan to’g’ridan-to’g’ri qarama-qarshiligini bildiradi. Monopoliyaning paydo bo’lish tarixi qadim tarixga borib taqaladi va uni iqtisodiy davrlarning barchasida turli shakllarda ko’rishimiz mumkin. Ammo monopoliyaning yangi tarixi XIX asr 3-choragidan boshlanadi. Bu davrda monopoliya o’zining rivojlanish cho’qqisiga chiqdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shuning uchun ham XIX asrning oxirini monopol kapitalizm davri deb atashadi. Bunga sabab 1873-yilda boshlangan iqtisodiy krizis davrida ko’pgina firmalar monopoliyadan panoh izlashadi, kasodga uchramaslik uchun birlashishadi. Shu sababli ham ba’zi adabiyotlarda monopoliyani “krizisning bolasi” deb atashadi.
Har bir narsaning bir yaxshi bir yomon tomoni bo’lganidek, monopoliyaning ham bir qancha ijobiy va salbiy tomonlari bor. Uning ijobiy tomonlari ikki jihat orqali nomoyon bo’ladi.
Birinchidan, monopolist bo'lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish uchun ko'proq rag'bat va imkoniyat mavjud bo'ladi. Chunki uncha yirik bo'lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda, moliyaviy jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko'ra, ko'proq joriy daromadga e'tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g'oyalar raqiblar tomonidan juda tez o'zlashtirib olinadi va buning oqibatida, mazkur g'oyalarni amalga oshirish xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydanadi. Yirik monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo'lib, innovatsiyadan olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi.
Ikkinchidan, ba’zi bir sohalarda monopoliya sohaning barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlab bera oladi. Shu sababdan ham bu sohalarda monopoliyaning vujudga kelishi davlat tomonidan ham ta’minlab beriladi. Raqobat bu sohalar faoliyatini buzishi yoki izdan chiqarishi mumkin. Bunga misol qilib elektr energiyasi, gaz, suv kabi komunal sohalarni yoki metropolitelin, temir yo’l va avia sohalarni keltirishimiz mumkin. Ammo hozirgi kunda dunyoning bir nechta rivojlangan davlatlarida bu sohalarning monopoliyadan chiqarilish holatlarini kuzatishimiz mumkin.
Monopoliyaning salbiy tomonlarini quyidagi jihatlar orqali ko’rsatish mumkin.
Resurslarning oqilona taqsimlanmasligi. Bu holat monopoliyalarning yuqori foyda ketidan quvib, sun'iy ravishda ishlab chiqarishni cheklash vositasida narxlarni ko'tarishi, mahsulotlarning u qadar yaxshi bo'lmagan turlarini, past texnikaviy darajasini va sifatini hamda sotishning yomon sharoitlarini vujudga keltirishi orqali namoyon bo'ladi. Natijada, raqobat sharoitida amal qiluvchi iqtisodiyot samaradorligini bozor vositasida tartibga solish mexanizmi ishdan chiqadi.
Daromadlardagi tengsizlikning kuchayishi. Bu holat ham narxlarning monopol tarzda oshirilishi (pasaytirilishi) hamda yuqori foyda olinishi bilan bog'liq bo'lib, bu aholining qolgan qismi daromadlarining nisbatan kamayishiga olib keladi.
1-rasm. Monopol hokimiyat keltirgan sof zararlarning chizma tasviri.
A va B iste’molchi yutug’ining yo’qotilishi.
A monopol yutug’i.
B va C monopol yo’qotishi.
Iqtisodiy turg'unlik va fan-texnika taraqqiyotining sekinlashuvi. Bunday holatning vujudga kelishi monopolistlarning raqobatchilar bosimini sezmasliklari hamda aksariyat hollarda yuqori foydani qo'shimcha urinishlarsiz o'zlarining bozordagi hukmronliklari hisobiga olishlari mumkin. Bu esa, ularni ishlab chiqarishni ratsionallashtirish, uning samaradorligini oshirish imkoniyatlarini qidirish, mahsulot sifatini oshirish, uning assortimentini kengaytirish, FTT(fan texnika taraqqiyoti)ni rivojlantirish va xaridorlar manfaatlari to'g'risida qayg'urish kabi xatti-harakatlardan qaytaradi.
Iqtisodiyotda demokratik harakatlarning to'sib qo'yilishi. Monopolistlar iqtisodiyotdagi erkin va halol raqobatga to'sqinlik qilib, nisbatan kuchsiz bo'lgan korxonalarni o'zlariga bo'ysundirishlari, jamiyatga o'z ishchilarining mehnatiga pasaytirilgan miqdorda haq to'lash, sifati past tovarlarni ishlab chiqarish, o'ta darajada oshirib yuborilgan sotish narxlari (yoki pasaytirilgan xarid narxlari), o'z mahsulotini iste'mol qilishga bilvosita usul orqali majburlash kabi o'zlarining kamsituvchi shartlarini ko'ndalang qo'yishlari mumkin.
Mukammal raqobatning so’ssiz afzalligi bilan bir qatorda kamchiligi borki, u ham bo’lsa bozorning rivojlanish jarayonida xo’jalik hayotining u yoki bu sohasida, monopoliyalarning vujudga kelishining osonligi. Mukammal raqobat tezda nomukammal raqobatga aylanib ketishi mumkin.Bozor iqtisodiyotida raqobat kurashi bo’lishi uchun zarur muhit yaratilishi shart. Bu muhit, eng avvalo mulkchilikning va xo’jalik yuritishning turli-tuman shaklining mavjudligi va ularning o’zaro teng mavqega asoslanishida ifodalanadi. Qolaversa, faoliyat erkinligi, har bir kishini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi ham raqobat uchun keng yo’l ochadi.Iqtisodiyotda manopollashuv prinsiplari kuchayib borishi bilan esa raqobat cheklanadi. Bundan ko'rinadiki, monopolistik faoliyat iqtisodiy rivojlanishga ancha jiddiy ta'sir ko'rsatishi, taraqqiyot yo'liga g'ov bo'lishi ham mumkin. Shunga ko'ra, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlar iqtisodiyotida monopoliyalarni davlat tomonidan tartibga solish chora-tadbirlari qo'llanilib, bu monopoliyaga qarshi siyosat deb ataladi. Davlatning monopoliyaga qarshi siyosati asosini monopoliyaga qarshi qonunchilik tashkil etadi.
Antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko’zlaydi. Birinchidan, bozorni monopollashuvini cheklash, ikkichindan, raqobatni himoya qilib, madaniy – sivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo’lga qo’yish. Bu XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o’zgargan sharoitda, undagi asosiy raqiblar mayday tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monpoliyalar bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa zarurbo’lib qoldi.
Bozordagi vaziyat tez o’zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopoly qonunlar o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to’g’ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrust, antikartel qonunlariga taalluqlidir. Bu yerda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo’yishdan boshlab, to ma’lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo’lgan talabni o’z ichiga oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o’zlarida emas, balki ularni amalgam oshirishga qodir bo’lgan maxsus ma’muriyatning ishonchligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va aksiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba’zi hollarda bajarilishi majburiy bo’lmagan tavsiyalar beradi.
O’zbekiston respublikasi iqtisodiyotining muhim yo’nalishlaridan biri bu erkinlashtirish. Bu iqtisodiyotini yanada rivojlantirishga va davlat aralashuvini kamaytirib, respublika iqtisodini yanada yuksalishiga imkon yaratadi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarish monopoliyasi tarixan yuqori bo’lib kelgan mamalakatlardan narxlarning birdaniga erkinlashtirilishi tovar va xizmatlarni taklif qiluvchilar tomonidan narxlarni sun'iy oshirib yuborishi xavfini tug'dirishi tabiiy. Monopolizm sharoitida iste'molchida tanlash imkoniyati umuman bo'lmaydi. Agar monopolizm hukmron bo'lgan joyda ishlab chiqaruvchining aytgani aytgan bo'lsa, raqobat bor joyda esa iste'molchining degani degan. Zerо, O’zbekiston Respublikasi birinchi prizidenti I.А.Kаrimоv tа`kidlаgаnlаridek: “Mоnоpоliyagа qаrshi kurаsh chоrаlаrini ko`rish, mаhsulоt yetishtiruvchining iste`mоlchi ustidаn hukmrоnlik qilishigа bаrhаm berаdi, rаqоbаt bo`lmаsа, bоzоr iqtisоdiyotini bаrpо etib bo`lmаydi. Rаqоbаt – bоzоrning аsоsiy shаrti, аytish mumkinki, uning qоnunidir”1. Shuning uchun xam antimonopol siyosatning ishlab chiqilishi va yurgizilishi bozorga o'tishda institusional islohotlarning muhim bo'lagi hisoblanadi.
O’zbekistonda monopoliyaga qarshi kurash va raqobat siyosatini oldini olish maqsadida qonunchilikda yangi qonunlar va o’zgartirishlar qabul qilindi. O`zbekistоndа mоnоpоliyagа qаrshi vа rаqоbаt siyosаtini shаkllаntirish vа аmаlgа оshirish hаrаkаtlаrini bоshi bo`lib, ushbu sоhаdа chet el tаjribаsini vа respublikа iqtisоdiyotini o’tish dаvridаgi hоlаti hаmdа mаvjud huquqiy tizimning o`zigа хоsligini hisоbgа оlgаn hоldа ishlаb chiqilgаn vа 1992-yil 2-iyuldа qаbul qilingаn O`zbekistоn respublikаsi “Mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh to`g`risidа”gi qоnunining qаbul qilinishi bo`ldi.”
Ijtimоiy-iqtisоdiy islохоtlаrni bоsqichmа-bоsqich аmаlgа оshirish, bоzоr infrаtuzilmаsini shаkllаntirish vа rivоjlаntirish o`z nаvbаtidа mоnоpоliyagа qаrshi siyosаtni tаkоmillаshtirish vа rаqоbаtni rivоjlаntirish zаrurаtini yuzаgа keltirdi. Ushbu mаsаlа 1996-yil 27-dekаbrdа qаbul qilingаn “Tоvаr bоzоrlаridа mоnоpоlistik fаоliyatni cheklаsh vа rаqоbаt to`g`risidа”gi yangi qоnundа o`z аksini tоpdi. Qоnun ikkitа аsоsiy mаksаdni ko`zlаydi: birinchisi, bu mаvjud vа sаqlаnib qоlаyotgаn mоnоpоl kоrхоnаlаr tоmоnidаn bоzоrdаgi hukmrоnlik mаvqeini suiste`mоl qilishgа yo`l qo`ymаslik vа uni оldini оlishni ko`zlоvchi, аvvаlgisidаn tubdаn fаrq qiluvchi yangi mоnоpоliyagа qаrshi tаrtibgа sоlish; vа ikkinchisi, yanаdа muhimrоg`i – bu mоnоpоliyadаn chiqаrish vа sоg`lоm rаqоbаt muhitini yarаtishdir.
Shuningdek respublikada mоnоpоl yuqоri vа mоnоpоl pаst nаrхlаr belgilаnishining(demping nаrхlаrni belgilаshning), xаridоrgir mаhsulоtlаr(tоvаrlаr, хizmаtlаr)gа nаrхlаrni аsоssiz оshirilishi(pаsаytirilishi)ning, ustun mаvqeni egаllаb turgаn хo`jаlik yurituvchi sub`ekt tоmоnidаn o`z nаtijаsigа ko`rа rаqоbаtning cheklаnishigа vа bоshqа хo`jаlik yurituvchi sub`ektlаrning mаnfааtlаri kаmsitilishigа sаbаb bo`lgаn yoki sаbаb bo`lishi mumkin bo`lgаn bоshqа suiste`mоlchiliklаrning оldini оlish, cheklаsh vа ulаrgа bаrhаm berish mаksаdidа mоnоpоlistlаrning mаhsulоtlаri (хizmаtlаri)gа nаrхlаr (tаriflаr)ni dаvlаt tоmоnidаn tаrtibgа sоlish jоriy etildi.
Respublikada faqat 2003-2004-yillar davomida monopol mavqeidagi 1418 ta aksionerlik jamiyatlari aksiyalari paketi, 494 ta mas'uliyati cheklangan jamiyatlaring nizom jamg'armasi davlat ulushi, 1657 ta korxona va obyektlar to'liq mulk majmualari sotildi va mustaqil korxonalarga aylantirildi." Natijada, sobiq tarmoq vazirliklari negizida tuzilgan Respublika xo'jalik birlashmalari («0'zgo'shtsutsanoat», «Oziq-ovqatsanoat», «0'zeltexsanoat» uyushmalari va boshqalar) nizom jamg'armasi davlat ulushi bo'lgan korxonalar deyarli qolmadi, boshqalarida esa, («0'zbekyengilsanoat»DAK, «0'zdonmahsulot»AK va boshqalar) bunday korxonalar soni keskin qisqardi. Tarmoqlarda monopol hisoblangan bir qancha uyushmalar tugatilib, o'rnida mustaqil korxonalar vujudga keltirildi, bu o'z navbatida raqobat muhitining yanada kuchayishiga olib keldi. Monopoliyani maksimal darajada kamaytirishga qaratilgan bu chora-tadbirlar o’z natijasini berdi. Bu chora tadbirlar samarasi sifatida shuni aytishimiz mumkinki, oxirgi 12 yil mobaynida monopolist korxonalar soni deyarli 4 barobar kamaydi, monopolist mahsulotlar soni esa 30 barobarga kamaydi. 2004-yilda yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida monopoliyaning ulushi 26%ni tashkil qilgan bo’lsa, 2009-yilga kelib bu ko’rsatkich 19%ni tashkil qildi.
Bu sohada O’zbekistonda katta yutuqlarga erishilgan bo’lsada bu bilan cheklanib qolinayotganligi yo’q. Buning yorqin misoli sifatida o’tgan 2010-yilning 26-fevralda O’zbekiston birinchi prizidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlarini ko’rishimiz mumkin. Bu farmonga binoan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil qilindi. Bundan tashqari farmonda qo’mitaning asosiy vazifalari va huquqlari aniq qilib belgilab berildi.
Keyinchalik monopoliyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi № PQ-4126-sonli “O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi vazifa, funktsiya va vakolatlar berildi. Mazkur qo’mita hozirda monopol korxonalarni qonunan ish yuritayotganligini va narx-navoni oshib ketmasligini qonunga muvofiq nazorat qiladi. O’zbekistonda alohida doimiy nazoratda bo’lgan 320 ta xo’jalik yurutuvchi subyekt monop
Do'stlaringiz bilan baham: |