49
3.2.Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik iqtisodiy ahamiyati.
O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan zaharli chiqindilardan hisoblangan simobli lampa va uskunalarni utilizastiya qilishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda Vazirlar Mahkamasining «Tarkibida simob moddasi bo'lgan lampalar va priborlardan foydalanish va ularni foydali ravishda ishlatish korxonalari faoliyatini tartibga solish to'g'risida»gi 2000 yil 23 oktyabrda 405-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorning bajarilishi davomida Andijon, Farg'ona, Navoiy, Buxoro viloyatlarida va Toshkent shahrida simobli lampa va uskunalarni utilizastiya qilish korxonalari qurilgan va bugungi kunda faoliyat olib bormoqda.
Surxondaryo viloyatida «Fartozahavo» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining simobli lampa va uskunalarni utilizastiya qilish shahobchasi ochilgan.
O'zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to'g'risida»gi Qonunining zaharli chiqindilarni utilizastiya qilish qismiga asosan O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining bevosita nazorati va muvofiqlashtiruvi bilan 2007 yilda «ASPSelta» (Toshkent shahri), «Ekotibbiyot» (Andijon shahri), «Fartozahavo» ilmiy-ishlab Chiqarishkorxonalari, «Setora» tekstil kombinati (Buxoro shahri), Navoiy tog'-kon metallurgiya kombinat (Navoiy) larida 554,1 ming dona ishdan chiqqan simobli lampa va uskunalarning demerkurizastiyasi olib borildi. Toshkent shahrida «ASPSelta» OAJ ma'lumotlariga ko'ra 2003 yilda demerkurizastiya uchun 117,1ming dona simobli lampa (LB, LD, DRL) va uskunalar, 2004 yil - 150,8 ming dona, 2005 yil - 120,8ming dona, 2006 yil - 181,3 ming dona, Andijon shahridagi «Ekotibbiyot» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi bergan ma'lumotlariga ko'ra esa, 2002 yilda demerkurizastiya uchun 24,0 ming dona simobli lampa va uskunalar olib kelingan bo'lsa, 2003 yil -25,0 ming dona, 2004 yil - 26,2 ming dona, 2005 yil- 42,0 ming dona, 2006 yil - 70,0 ming dona va2007 yil - 81 ming dona olib kelingan.
50
Hozirda Qoraqalpogiston Respublikasida sanoat yuqori suratlarda rivojlanayotganligi sababli mazkur hududda simobli lampalar va uskunalarni demerkurizastiya qilish korxonasini tashkil etish masalalarini hal etishni tezlashtirish zarur. «ASPSelta» MChJ texnik ko'rsatgichlariga ko'ra, yaqin va uzoq horij mamlakatlaridagi o'xshash korxonalardan yuqori o'rinda turadi. U O'zbekiston Respublikasi patentiga ega. Bu erda yaratilgan texnologiya 1998 yil Manilada o'tgan «Umumsalomatlik» birinchi butunjahon ko'rgazmasida oltin medalni qo'lga kiritgan. 1999 yilda esa Bolgariya poytaxti Sofiyada bo'lib o'tgan «Sharq-G'arb-Evrointelekt» ko'rgazmasida oltin medalga loyiq deb topilgan.
Respublikada shifoxona, poliklinika, institut , kollej, akademik listey, maktab, bolalar bogchasi va boshqa byudjet tashkilotlari faoliyat yuritadi. Ularda ham simobli lampa va uskunalarni utilizastiya qilish bo'yicha zarur muammolar hal etish lozim. Tarkibida simob bo'lgan lampa va uskunalarni utilizastiyalash.
lOOOOOO 900000 800000 700000
Do'stlaringiz bilan baham: |