Bog'liq Ikkilamchi resurslar va ulardan oqilona foydalanish иккиламчи
Chiqindini qayta yuklash stanstiyasi. Muayyan tadbirlarni amalga oshirish natijasida Hasanboy va Zangiota yo'lidagi axlatxonalar yopildi. Hozirgi vaqtda chiqindilar shahardan 32 km Janubi - G arbda joylashgan Ohangaron yo'lidagi umumiy maydoni 59 gektar bo'lgan axlatxonaga tashlanmoqda. Axlatxona qishloq xo'jaligi uchun yaroqsiz yerlarda joylashgan. Axlatxonada chiqindilar muayyan rejaga ko'ra turli maydonlarga to'kiladi, axlatlar ustini tuproq bilan qoplash amalga oshiriladi. Axlatxonada asosiy maydonlarni va zanjirli oir texnika vositalarini qo'yish joylarini birlashtiruvchi to'rt polosali asfaltlangan yo'llar barpo qilingan. Ohangaron yo'lidagi axlatxonada chiqindilar miqdorini tortib aniqlash
Axlatxonaga qabul qilinayotgan chiqindilar miqdorini aniqlash uchun ikkita avtomobil tarozilari o'rnatilgan bo'lib, ular kompyuterga ulangan. Katta mashinalarni axlatxonaga kelishini ta'minlash va osonlashtirish uchun axlatxona bilan boruvchi yo'lni magistral yo'l bilan kesishgan joyida mashinalarni qaytishi uchun sharoit yaratilgan. Bu barcha tadbirlar Toshkent shahrida chiqindilar bilan boliq asosiy muammolarni hal etishga imkon berdi.
Maktab o'quvchilari atrof muhit muhofazasi bilan shuullanadigan mahalliy nodavlat tashkilot "Qidiruv" ("Poisk") bilan birgalikda reja tuzib chiqdilar. Jamoatchilikning diqqatini jalb etish uchun loyihani o'ziga xos usulda o'tkazishga
36 qaror qilindi. Qatnashchilar bir necha guruhlarga bo'lindilar: matbuot markazi, «Atrof muhit ifloslanishining antropogen manbalari» guruhi, «Biotop» guruhi va «Ekotop» guruhi. Matbuot markazi a’zolari aholi orasida tushuntirish ishlari olib bordilar, varaqalar va bukletlar tarqatdilar va yangi ma’lumotlarni yigish bilan shuqullandilar. «Atrof muhit ifloslanishining antropogen manbalari» guruhi axlatxonalarni ro'yxatga olish, xususiy uylardagi maishiy oqava suvlarni, korxonalar va yoqilg i quyish shaxobchalarining oqava suvlarini daryoga tashlash holatlarini o'rgandilar. «Ekotop» guruhi suv sifatini mavjud uslubiy qo'llanmalar asosida tahlil qildi. «Biotop» guruhi suv havzalaridagi organizmlar va o'simliklarning turlarini o'rgandi.
Ishni shunday tashkil qilinishi yaxshi natija berdi. Daryoni o'rganish bo'yicha aniq faoliyat yoshlarni va bu loyihada bevosita yoki bilvosita qatnashgan har bir odamni muammoga yangicha nigoh bilan qarashga majbur qildi. O'quvchilar «Nima uchun shaharning eng chiroyli joylari oldida shunday axlatxonalar mayjud?» deb savol berdilar. Yoshlarning o'zlari oqava suvlarini daryoga tashlayotgan shahar suv ta’minoti idorasi va aytomobillarni yuvish shaxobchalari oldida mitinglar uyushtirishni taklif qildilar va buni amalga oshirdilar. Rejalashtirilgan tadbirlardan biri mahalliy hokimiyat vakillari, nodavlat tashkilotlar, shahar xalq ta’limi bo'limi, shahar tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi va mahalla vakillari, jurnalistlar ishtirokida uchrashuvni tashkil qilish bo'ldi. Bu uchrashuv yaxshi natija berishi uchun undan avval juda katta tayyorgarlik o'tkazildi. Loyiha qatnashchilari va ko'ngillilar daryo qiroi bo'ylab yurish o'tkazdilar hamda aholi va mahalla qo'mitalari a’zolari bilan suhbatlashib, daryoni ifloslanishi bilan boliq muammolarni aniqlashtirdilar. Jumladan, nima uchun chiqindilar shahardan olib chiqilmayotganligi, maishiy va oqava suvlarni daryoga tashlanayotganligini aniqlashga harakat qildilar. To'plangan materiallar bilan shu muammolarni hal etish uchun mas’ul tashkilotlarga tashrif buyurdilar. Uchrashuv qatnashchilari «Toza suv uchun yurish» ni tashkil qilishga qaror qildilar. Aniqlangan muammolar hali
37 to'liq hal etilmagan bo'lsa-da, bu tadbirlar ulami hal etishni boshlash uchun turtki bo'ldi. Loyiha natijasida atrof muhitni tahlil qilishning zerikarli usulini jamoatchilik fikrini shakllantirish va xatti-xarakatlar stereotipini o'zgartirish vositasiga aylantirish mumkinligi aniqlandi Ikkilamchi resurslardan foydalanishning ekologik-iqtisodiy ahamiyati.
Ikkilamchi resurslardan foydalanishni yaxshilash uchun maxsus majmua va unda quidagilar muhim yo'nalishlardan hisoblanishi kerak. Ikkilamchi resurslardan foydalanishni uzoq muddatli bashoratini ishlab chiqish (har bir hudud shaharlar uchun alohida). Ikkilamchi resurslardan foydalanishning asosiy yo'nalishlarini belgilash va undan tayyor mahsulot islab chiqarishni birlamchi resurslar bilan qo'shib olib borish ,kimyo , neft-kimyo yarim fobrikalaridan foydalanish ga asoslangan.