asosiy metod
─ bu landshaftni kartaga olishidir. Bu ish
landshaftshunos-mutaxassis tomonidan bajariladi. Ikkinchi bosqich ─
tabiiy
komponentlarni amaliy maqsadlar uchun baholash
. Bu ish landshaftshunos va
170
xo‗jalik yoki fan sohasi mutaxassislari tomonidan bajariladi. Bashoratlash va
tavsiya berish kartalarini tuzish turli soha mutaxassislarini ishga jalb qilishni talab
etadi. Kartaga olish masshtabi amaliy izlanishlar maqsadi bilan belgilanadi. So‗ngi
yillarda faqat tabiiy hududiy majmualarga bo‗lgan kimyoviy elementlar harakati
xususiyatlarini tasvirlaydigan amaliy landshaft-geokimyoviy kartalarni tuzish keng
rivojlanmoqda. Bu kartalar landshaft asosida tuzilgan bo‗lib, geologiya, qishloq
xo‗jaligi, tibbiyot va tabiatni muhofaza qilish talablari bo‗yicha ishlab
chiqilmoqda.
Foydali qazilmalarni qidirishga mo‗ljallangan landshaft baholash kartalarida
aniq tipli indikator-elementlarning bir joyda zich joylashishi va ularni mumkin
bo‗lgan harakati bilan bog‗liq hodisalar majmua tasvirlanadi. Asosiy e‘tibor
geologik holatni tasvirlashga, tog‗ jinslari kimyosi va litologiyasi, qalinligi va
yotqiziqlar uyushmasi xususiyatlarini ochib berishga qaratiladi. Hudud tabiiy
sharoitini hisobga olish majmua qidiruvining eng qulay metodlarini mumkin qadar
dalillash imkonini beradi. Shu sababli, kartalarni tuzish foydali qazilmalarni
qidirish ishlarida majburiy hisoblanadi va bu ish barcha geologik boshqarmalar
hududiy ishlab chiqarish korxonalarida bajariladi. Kartalarda asosiy geokimyoviy
tiplari va ikkilamchi elementar landshaftlar tarqalish areallari sharoiti va xususiyati
tasvirlanadi. Kartalar ularning joylashishini, yashirin, ko‗rinmaydigan yer osti
rudasi yotqiziqlarini landshaft alomatlari bo‗yicha aniqlash imkonini beradi, ularni
topish uchun yer usti qidirish metodini qo‗llashga yordam beradi.
Qishloq
xo‗jaligi
yo‗nalishidagi
kartalar
biologik
aylanish-larda
qatnashayotgan geokimyoviy elementlar, ularning kerakli, tabiiy muhitda tanlash
shakllari haqida ma‘lumot beradi. Ishqorli-nordon sharoitlarni kartalarda tasvirlash
muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular qishloq xo‗jaligi ekinlari hosildorligiga,
mineral o‗g‗itlarni tanlash tizimiga katta ta‘sir etadi. Tibbiy-geografik yo‗nalish
bio-kimyoviy yuqumli kasalliklar tarqalishini, endemik kasalliklarning tabiiy
muhit bilan bog‗liqligini kartalarda tasvirlash bo‗yicha mujassamlanadi. Bu
kartalarda tabiiy muhitda hayot uchun muhim bo‗lgan, insonlar va hayvonlarning
171
sog‗ligi yoxud kasallanishi bilan bog‗liq elementlarning nihoyatda ko‗p, yoki
yetishmasligi hududlar bo‗yicha ajratib ko‗rsatiladi.
Bugungi kunda landashft-texnik kartalarni tuzish, asosan, yer osti foydali
qazilmalarini qidirish ishlariga bag‗ishlangan. Boshqa yo‗nalishlar bo‗yicha
kartaga olish ishlari sust rivojlangan. Landshaft-geokimyoviy kartalarni tuzish
manbalari sifatida umumgeografik, mavzuli, Yer qobig‗ida mavjud kimyoviy
elementlar fazoviy tarqalish qonuniyatlarini, tutgan o‗rnini va migratsion harakati
yo‗nalishini tasvirlaydigan maxsus geokimyoviy kartalar xizmat qiladi.
Xalq xo‗jaligining u yoki bu tarmog‗i maqsadlarida baholash ishlarida
landshaftlarni ta‘riflovchi ma‘lumotlarga tayanib olib borilgan tajribalar talaygina.
Ayniqsa, qishloq xo‗jaligi maqsadlarida baholash ishlarida buni yaqqol ko‗rish
mumkin. Masalan, A.A.Vidina va Yu.N.Seselchuk (1961), K.I.Grenchuk, (1965),
N.V.Kopekov (1970), N.A.Kogay (1971) kabilarning ishlari bunga misol bo‗la
oladi. Tabiiy muhitni baholash ishlarida landshaft xaritalariga asoslanishning afzal
tomonlari mavjudligini xaritashunos olimlar (K.A.Salishev, 1970) ham ta‘kidlaydi.
Chunki qishloq xo‗jaligi xalq xo‗jaligining boshqa tarmoqlariga qaraganda ko‗proq
va bevosita joyning tabiiy sharoitiga bog‗liq. Qishloq xo‗jaligi qaysi yo‗nalishda
rivojlanishi mumkinligini belgilab beruvchi ekinlar va ekin turlarini aniqlab
olishda albatta joyning tabiiy geografik sharoitini eng muhim omillardan biri
hisoblanadi.
Turkistonning
janubi-g‗arbidagi
tabiiy
komplekslarni
o‗rgangan
L.N.Babushkin va N.A.Kogaylarning (1975) fikricha, landshaftlarning tahliliga
asoslangan tabiiy geografik komplekslarni baholashning umumilmiy geografik
asosi bo‗lib xizmat qilishi kerak. Bunday xaritada ajratilgan har bir tabiiy
geografik rayon o‗ziga xos topologik landshaft birliklari majmuidan iborat ekanligi
ko‗rinib turadi. Landshaftlar esa relefi, tuproq va o‗simlik qoplami, iqlimi kabi
komponentlari jihatidan bir butundir. Bulardan tashqari, rayonlashtirish xaritasiga
tushirilgan agroiqlimiy ma‘lumotlar ham katta ahamiyatga ega. Chunki iqlim
makon va zamonda o‗zgaruvchan bo‗lishiga qaramay, landshaftlarning umumiy
ko‗rinishini belgilab beradi. Shu bilan birga, iqlim landshaftning boshqa
172
komponentlariga nisbatan insonning xo‗jalikdagi faoliyati ta‘siriga kam
beriluvchandir. Qishloq xo‗jaligi ixtisosini belgilab beruvchi har qanday madaniy
o‗simlikning unib o‗sishi va hosil berishi eng avval joyning iqlimi bilan bog‗liq.
Ayniqsa, baholanadigan landshaftlarning tabiiy namlanishi va termik resurslari
alohida tahlilga loyiqdir. Shuning uchun ham tabiiy geografik rayonlashtirish
xaritasida bir tomondan landshaftlarning aks ettirilishi, ikkinchi tomondan
agroiqlimiy holatni aks ettira oladigan tafovut belgilarining bo‗lishi bevosita
amaliy ahamiyat kasb etadi.
Tabiiy sharoitni qishloq xo‗jaligi uchun baholash dastavval landshaftlarning
qishloq xo‗jaligida foydalanilishini cheklashi mumkin bo‗lgan xususiyatlarini
aniqlab olishdan boshlanishi kerak. Landshaftlarning bunday xususiyatlari ularning
relefi, tuproqlari, yer osti suvlarining holati kabilar bilan bog‗liqdir.
Landshaftlar va ularning ma‘lum majmuidan hosil bo‗lgan tabiiy geografik
rayonlarni qishloq xo‗jaligi uchun baholash usullari va natijalarini Ohangaron
daryosi havzasi misolida ko‗rishimiz mumkin (Sh.Zokirov, 1972).
Ohangaron daryosi havzasi O‗zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirish
xaritasida (L.N.Babushkin, N.A.Kogay, 1964) Chirchiq-Ohangaron tabiiy
rayonlari guruhi deb ajratilgan.
Biz tuzgan Ohangaron daryosi havzasi landshaft xaritasining tahlili bu yerda
uchta mustaqil tabiiy geografik rayonni ajratishga imkon beradi. Bular Yuqori
Ohangaron, O‗rta Ohangaron va Quyi Ohangaron tabiiy geografik rayonlari bo‗lib,
ularning har biri u yoki bu landshaftlarning muayyan majmui bilan ta‘riflanadi.
Landshaftda ro‗y beradigan o‗zaro ta‘sir va aloqadorliklar modellarda aks
etganidek, ko‗pincha ikki tomonlama bo‗lib, juda oddiy ko‗ringani bilan aslida esa
murakkab va dinamik jarayonlarning yig‗indisidan iboratdir. Bu jarayonlar
makonda ham, zamonda ham juda o‗zgaruvchandir. Modda va energiyaning
vertikal yo‗nalishda ham gorizontal yo‗nalishda almashinib turish jarayoni ham
o‗zaro ta‘sir va aloqadadir. Masalan, landshaftga kirib kelayotgan quyosh issiqlik
energiyasi gorizontal harakatdagi havo massalarining energiyasi bilan, vertikal
173
yo‗nalishda kirib kelayotgan atmosfera yog‗inlarining yer osti va ustki suvlar bilan
o‗zaro ta‘sir va aloqada bo‗lishini inkor etish qiyin.
Landshaftda ro‗y beradigan vertikal va gorizontal aloqalarning o‗zaro ta‘sirda
bo‗lishini landshaftning vertikal kesmasida ko‗rish mumkin (18.1-rasm). Bunday
ikki xil aloqadorliklar bir vaqtning o‗zida ro‗y beradi. Vertikal yo‗nalishda
harakatlanayotgan modda va energiyaning ma‘lum bir qismi gorizontal yo‗nalishda
harakatlanayotgan modda va energiyaga qo‗shilib ketishi va aksincha bo‗lishi
tabiiydir. Ikki xil yo‗nalishda harakatda bo‗lgan modda va energiyaning o‗zaro
qo‗shilib, aralashib ketishi natijasida turli xil aloqadorliklar hosil bo‗ladi. Ularni
tahlil qila bilish atrof-muhitning ifloslanishi va uning oldini olish masalalarini hal
qilishida katta ahamiyatga egadir.
K
1
K
2
K
5
K
4
K
3
a
1
a
2
a
3
a
4
a
5
A
B
b
5
b
1
b
2
b
3
b
4
I
II
K
1
A,B
a
1
komponentlar va ular
orasidagi aloqalar
urochishelar va ular
orasidagi aloqalar
fatsiyalar va ular
orasidagi aloqalar
landshaftlarning
tashqi muhit bilan
aloqasi
Do'stlaringiz bilan baham: |