Landshaftshunoslik asoslari


 O‘ZBEKISTON LANDShAFT XARITASI ASOSIDA LANDShAFT



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

13.3 O‘ZBEKISTON LANDShAFT XARITASI ASOSIDA LANDShAFT 
KESMALARINI TAYYoRLASh. 
Landshaftlarni va undan yuqori birlikdagi tabiiy geografik majmualarni 
regional xaritalar asosida yuzaga chiqarilganda, urochisha kabi landshaft 
morfologik strukturasini tavsiflovchi kichik birliklarga to‗xtalib o‗tirishga hojat 
qolmaydi. O‗zimizga ma‘lumki, majmuali tabiiy geografik tadqiqot ishlarini oldiga 
qo‗ygan maqsad va vazifalari bo‗ladi. Shuning uchun bunday yo‗nalishdagi 
tadqiqotlarni boshlashdan oldin tadqiqot davrida qo‗llaniladigan asosiy uslublar 
haqida fikr yuritiladi. Tadqiqot davrida qo‗llaniladigan asosiy uslublaridan 
hisoblangan majmuali kesmalarni to‗zish va nuqta yozish uslublarining mohyati 
o‗ziga xosligi bilan boshqa uslublardan farq qiladi. Landshaft kesmasi 
yo‗nalishidagi nuqtani kompleks yozish tartibi quyidagicha bo‗ladi. 1. Nuqtani 
geografik o‗rni 2. Nuqtaning tartib raqami 3. Relefi 4. Geologik tuzilishi 5. 
Namlanish sharoiti 6. Tuproq va o‗simlik qoplami 7. Joyning xo‗jalikda 
foydalanilishi va boshqalar. Majmuali tabiiy geografik tadqiqot ishlarini amalga 
oshirish jarayonida landshaftlarning morfologik tuzilishini aniqlash v ularni 
xaritaga tushirish, fatsiya, urochishchalarni ajratish va ularga tavsif berish asosiy 
masalalardan biri hisoblanadi. Bulardan tashqari tadqiq qilinayotgan hududni 
ekologik holati va tabiiy resurslaridan oqilona foydalanish hamda tabiatni 
muhofaza qilish masalalari bilan bog‗liq bo‗lgan tadqiqotlar ham amalga 
oshirilishini nazradan qochirmaslik lozim bo‗ladi. Majmuli tabiiy geografik 
tadqiqot ishlaridagi eng asosiy masalalardan biri bu landshaft xaritalarini 
to‗zishdir. O‗zimizga ma‘lumki, landshaft xaritalarining shartli belgilari o‗ziga 


168 
xosligi bilan boshqa shartli belgilardan ajralib turadi. Maxsus landshaft xaritasi 
qaysi mavzuni ifodalayotgan bo‗lsa o‗sha mavzu bo‗yicha belgilar aniq va 
bo‗rttirib ko‗rsatiladi. Masalan, o‗simliklarni tarqalishi bo‗yicha bo‗lsa unda 
o‗simlik turlari birinchi rejaga chiqariladi va hokazo. Maxsus andshaft xaritalariing 
turlari va ularda landshaft tiplarini aks ettirish uslublari va mazmuni tubdan bir- 
biridan farq qilib bir vaqtning o‗zida bir-birini to‗ldirib boradi. Xulosa qilib shuni 
aytish mumkinki, tabiiy geografik tadqiqot uslublari bevosita dala sharoitida 
qo‗llaniladi. Jumladan ilmiy ekspeditsiya, o‗quv dala amaliyoti, statsionar bazalar, 
ekskursiya sharoitiga bog‗liq holda muayyan tadqiqot uslublari tanlanadi. Dala 
sharoitida alohida tabiat unsurlari bo‗yicha va majmuali landshaftlar bo‗yicha ham 
ma‘lumotlar to‗plash mumkin. Tabiiy geografik tadqiqotlar davrida qo‗yidagilarga 
katta e‘tibor berish lozim:
1. Talabalarga dala ma‘lumotlarini to‗plash uslub va usullarini o‗rgatish.
2. Tabiiy kompleksdagi yetakchi tabiat unsurini aniqlash va har bir tabiat 
unsurining landshaft holsil qilishdagi xissasini namoyon qilish.
3. Tabiiy hududiy majmualarni o‗rganish jarayonida landshaftlarning 
morfologik qismlarini ajratib ularga atroflicha ta‘rif berish va muayyan landshaft 
tiplarining shakllanishidagi rolini aniqlash.
4. Hozirgi davrda tabiiy geografik tadqiqotlarni geografik bashorat, tabiiy 
sharoitni baholash, ekologik va tabiatni muhofazasi masalalarisiz tasavvur etib 
bo‗lmaydi.
5. Tabiat unsurlari va majmualariga tabiiy va antropogen kuchlarning ta‘sirini 
aniqlash va unga qarshi ko‗riladigan chora- tadbirlarni imkoniyat darajasida ishlab 
chiqish.
6. Tabiiy geografik tadqiqot ishlarining yakunida muayyan ishlar bilan 
bog‗liq bo‗lgan ilmiy, metodogik va amaliy ahamiyatga ega bo‗lgan xulosalar 
yaratish va boshqalar. XX asrning oxirgi o‗n yilliklariga kelib tabiatdan 
foydalanishning barcha jabhalarida tabiatga nisbatan juda katta zarar yetkazildi. Bu 
zararalarni hisobga olib ularni ekologik holatini yaxshilash uchun chora- tadbirlar 
ishlab chiqish uchun bevosita dala sharoitida ekspeditsion tadqiqotlar olib 


169 
borilishini talab qilmoqda. Chunki chora-tadbirlarni ilmiy asoslash uchun bevosita 
dala sharoitida tadqiqot ishlari olib borilishini zudlik bilan zarur qilib qo‗ymoqda. 
Geotizimlarni 
sifatli 
baholash 
metodikasi 
bo‗yicha ish baholash 
ko‗rsatkichlarini tanlashdan boshlanadi. Tabiiy sharoitni landshaftli baholash 
metodi mohiyati umumilmiy karta mazmunini sub‘ekt tomoni-dan baholashga olib 
keladi. Bunday vaqtda alohida olingan tabiiy hududiy majmualar yoki ularning 
ta‘siri toifalarga muvofiq, baholash toifalariga guruhlanadi, sub‘ektning tabiiy 
omillar xususiyatiga bo‗lgan reaktsiyasi, tabiiy komponentlarning tashqi ta‘sirga 
turg‗unligi aniqlanadi. Sifatli baholash asosiy landshaft kartalari legendasida – 
yaxshi, yomon, qoniqarli, qoniqarsiz sharoitlar, yoki u yoki bu hudud va hodisalar 
uchun maxsus ishlab chiqilgan so‗zli shaklda beriladi.
Amaliy landashftli tadqiqotlar quyidagi ketma-ketlikda kartalarni tuzish bilan 
yakunlanadi: ro‗yxatga olish, baholash, bashoratlash va tavsiya berish kartalari. 
Birinchi bosqichda 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish