Turon provintsiyasi
Tekislik kichik provintsiyasi
Tog - tog oldi kichik podprovintsiyasi
II.Quyi Amudaryo okrugi
V. Surxondaryo okrugi
4. Chimboy-Qung‗irot
16. Quyi Surxondaryo
5. Beltog‗
17. Urta Surxondaryo
6. Xorazm
18. Yuqori Surxondaryo
III. Qizilqum okrugi
VI. Qashqadaryo okrugi
7. Sulton Vaystog‗
19. Qarshi
8. Shimoliy Qizilqum
20. Kitob-Shahrisabz
161
9. Bukan-Yetimtog‗
21. G‗uzor
10. Janubiy Qizilqum
VII. Urta Zarafshon okrugi
11. Tomdi-Quljuqtog‗
22. Katta-q
ӯ
rg‗on
IV. Quyi Zarafshon okrugi
23. Samarqand
12. Gazli
24. Nurota
13. Buxoro-Qorak
ӯ
l
25. G‗allaorol
14. Sandiqli
26. Sangzor
15. Konimeh
VIII. Mirzach
ӯ
l okrugi
27. Forish
28. Zomin
29. Mirzach
ӯ
l
30. Sirdaryo b
ӯ
yi
IX. Chirchiq-Ohangaron okrugi
31. Chirchiq tog‗ oldi
32. Quyi Ohangaron
33.Yuqori Ohangaron
34.Tog‗li Chirchiq
X. Farg‗ona okrugi
35. G‗arbiy Oloy
36. Markaziy Tekislik
37. G‗ovasoy
38.Chotqol
39.Farg‗ona
40.Sharqiy Oloy
Landshaftlarni tadqiq qilishda statsionar sharoitda o‗tkaziladigan tadqiqotlar
muhim rol o‗ynaydi. Bu tadqiqotlar natijasida tabiiy hududiy majmualar tarkibi
funktsional landshaftli o‗rganilishi sababli, unga qiziqish ortmoqda. Tabiiy
hududiy majmualarning mavjudligi ko‗plab bog‗liqliklar, ularning alohida tarkibiy
qismlari orasidagi yaxlit turg‗unlik hamda kom-ponent va uni o‗rab turgan atrof-
muhit bilan o‗zaro harakatga qarab bo‗linadi. Bu bog‗liqliklar va o‗zaro harakatlar
turli jarayonlarda kuzatiladi. Bunday jarayonlar har xil uzunlikda, tezlikda, shu
bilan bir qatorda, yetarli darajada fazoviy o‗zgarishlar bilan vaqt mabaynida
qaytariladi. Jarayonlarni tahlil qilish uchun statsionar kuzatish metodlaridan
foydalaniladi, ular katta bo‗lmagan maydon-larda, sharoitiga qo‗ra hududga tipik
bo‗lgan uchastkalarda olib boriladi. Statsionarlarda evolyutsion va faslli kuzatish
olib boriladi. Uzoq, muntazzam olib borilgan kuzatishlar landshaft o‗zga-
rishlarning nafaqat xususiyati va intensivligini, balki ular miqdori turli
162
bog‗liqliklari va omillari nisbiylik mohiyatini, murakkab va ko‗plab o‗zaro
harakatini, majmuaning biron tomonga o‗zgarishi va rivojlanishi tezligini, tabiiy
hududiy majmualarning dinamikasini aniqlash imkonini yaratadi. Geotizimlar
faoliyati asosida tabiiy-mexanik, kimyoviy va biologik jarayonlar yotadi.
Tadqiqiotlarda turli metodlarni qo‗llash tabiiy komponentlar faoliyati jarayoni
tarkibini, tabiiy hududiy majmualar faslli dinamikasi asosiy qonuniyatlarini,
turg‗unligi va rejimini ochib beradi. Oxirgi ma‘lumotlar mazmunini geografik
talqin qilish geografik-taqqoslash metodi orqali bajariladi. O‗tkazilgan dala va
statsionar landshaft tadqiqotlari materiallari mayda masshtabli landshaft kartalarini
tuzishda asosiy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Landshaft kartalari mazmunini ishlab chiqishda va yangilashda kosmik
suratlar muvaffaqiyatli qo‗llanilmoqda, chunki ular Landshaftlar fazoviy joylashish
qonuniyatlarini, ularning bir-biriga bog‗liqligini, tabiiy majmualar morfologiyasini
kuzatish va o‗rga-nishga imkon yaratadi. Kosmik suratlar orqali turli individual
landshaftlar lokalizatsiya qilinadi, ularning ichki tuzilishi o‗rganiladi va buning
asosida landshaft tipologiyasi tadqiq qilinadi.
Suratlar bilan ishlashda ikkita tadqiqot metodi qo‗llaniladi: umumiydan
alohidagi va alohidadan umumiyga o‗tish. Mayda masshtabli kartalarni tuzishda
suratlar ob‘ektiv va detallashgan ma‘lumotlar manbai bo‗lib, dalada kichik
maydonlarda o‗tkaziladigan yirik masshtabli tadqiqotlar mohiyatini ancha
kengaytiradi. Suratlardan foydalanish generalizatsiya jarayonini ham bir muncha
osonlashtiradi, chunki landshaft tarkibining suratlarda avtomatik ravishda birlashti-
rilib tasvirlanishi kartalar aniqligini oshiradi, kartalarda tabiiy tizimlar holatini
ko‗rsatish mumkin bo‗ladi. Suratlarda to‗g‗ri va aniq o‗tkazilgan landashftlar
fazoviy o‗zgaruvchanligining o‗rganilishi natijasida, ularning vaqtinchalik
dinamikasini ko‗rsatish imkoniyati ham tug‗iladi.
Yirik masshtabli landshaft kartalari asosida yaratilayotgan mayda masshtabli
kartalar mazmuni va legendasini ishlab chiqishda, dastlab kartaning masshtabiga
va maqsadiga mos keladigan, optimal darajadagi to‗liqlik va detallik geotizimlar
tabaqasi tanlanadi, masalan, 1:1 000 000 masshtabga regional bosqichdagi
163
geotizimlar olinadi. Kartalashtirishning asosiy birligi ─ landshaft ─ kartada nafaqat
yetarli darajali mukammal yaxlit birlashma sifatida, balki katta yoki kichik
darajadagi tarkib elementlari bilan beriladi. Karta-da landshaftlar uyushmasi va
morfologiyasidan tashqari, ularning shunga mos tabaqa geotizimlari, yoki boshqa
yuqori tabaqa geotizimlar bilan aloqasi ham ko‗rsatiladi. Bular karta legendasida
landshaftlar tasnifi orqali beriladi. Yirik hududlar uchun tuzilgan landshaft
kartalarida legenda jadval shaklida tuziladi, bu esa landshaft tasnifi toifalarini katta
aniqlikda va ko‗rgazmali tarzda tavsiflash imkonini beradi. Jadval vartikalida
geotizimlar oliy taksonomik tabaqalari, gorizontalida ─ landshaftlar tipi va kichik
tiplari ko‗rsatiladi. Bunday legendada landshaftlarning matnli qismi ancha
qisqartiriladi
va
kartani
jihozlashda
ishlatilgan
printsipni
tushunishni
osonlashtiradi.
Mayda masshtabli kartalar obzor-topografik va mavzuli kartalar yordamida
tuziladi. Bunday kartalar turli tabaqali geotizimlar va ularning yordamida esa,
geotizimlarning geografik mohiyati haqida ko‗plab ma‘lumot beradi. Relef
tasviriga qarab, morfometrik xususiyatilari bo‗yicha farqlanadigan uchastkalar
ajratiladi, relefning qiymalanish chuqurligi va uning qalinligi ajratiladi; gidrografik
tarmoq ma‘lumotlari hududning suv bilan ta‘minlan-gani, landshaftlar tiplari va
kichik tiplaridagi superakval landshaftlar differentsatsiyasi va lokalizatsiyasi
haqida fikr yuritish-ni ta‘minlaydi; introzonal tuproq-o‗simlik chegaralari (shurhok
yerlar, taqirlar, botqoqlar) landshaft kartalarida o‗zgarishsiz keltiriladi. Shunday
qilib, obzor-topografik kartalar landshaft tahlilini har tomonlama ta‘minlaydi,
tabiiy majmualarning asosiy genetik xususiyatlari va tarkibini oshirishga
ko‗maklashadi.
Kartalarni yaratishda foydalanilgan mavzuli kartalarning ma‘lumotliligi ham
juda yuqori saviyada bo‗lishi kerak. Geologik kartalar bilan Yer qobig‗i tarkibi
tahlil qilinadi; gidrotermal jarayonlar rivojlanishining ob‘ekti chuqur yoriqliklar
gidrotermal tog‗ jinslari formatsiyalar va fatsiyalarni kelib chiqishiga sabab
bo‗ladi, regional o‗lchamli geotizimlar geotarkibli uyushmasini o‗rganishda
muhim rol o‗ynaydi; to‗rtlamchi davr yotqiziqlari, tuproq hosil qiluvchi jinslar
164
hamma yerda mavjud bo‗lib, ularning tarkibi tuproq tiplari (xili) shakllangishi va
tarkibi xususiyatiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Geografik kartalar asosida olib borilgan relef tasviri tahlili, tabiiy majmualar
tarkibini, ularning chegarasi va o‗lchamini aniqlashga, morfotarkibli ko‗rsatkichlar
– hududning landshaftli tabaqalanishi xususiyatlarini ajratishga imkon yaratadi. Bu
kartalarda ko‗rsatilgan relefning alohida olingan shakllari (karstli, voronka-simon,
xalqasimon) turli o‗lchamli topologik mustaqil chegaralaridir. Ularning chegaralari
maxsus elementar landshaftlar tarqalganligini bildiradi.
Ancha to‗liq hududiy landshaftlar uyushmasini geobotanik va tuproq kartalari
ta‘riflaydi. Ular geotizimlarning ko‗plab dinamik xususiyatlarini ochib beradi, bir
qator ekzogen jarayonlarning tezligi haqida tushunchaga ega bo‗lishni ta‘minlaydi,
kartalarda antropogen ta‘sir natijasida vujudga kelgan o‗zgarishlarni ham
ko‗rsatadi. Tuproq va landshaft kartalari asosida tabiiy majmualar konturlari
chegaralari aniqlashtiriladi, ular ichida kechayotgan landshaft hosil qiluvchi
jarayonlar ochib beriladi.
Shu yo‗l bilan landshaft kartasini tuzish umumgeografik va mavzuli
kartalardan olingan ma‘lumotlarni birgalikda va bir-biri bilan bog‗lab tahlil
qilishga asoslanadi. Bu, o‗z navbatida, tuzilayotgan kartaning ishonchliligini,
tabiiy majmualar chegaralari to‗g‗ri ajratilishini, mazmunini, masshtabi va maqsadi
bo‗yicha to‗liqligini ta‘minlaydi. Kartani tuzishda individual landshaftlar
konturlarini ajratish bilan bir qatorda, ular tizimlanadi, ya‘ni har bir landashft u
yoki bu turga ajratiladi. Natijada, birinchi ko‗rinishda kartaning legendasi
landshaftlar turlari nomenklaturasiga aylanadi, keyin-chalik u tarkibiy-genetik
tasnifga asoslangan holda qayta ishlanadi.
Landshaft kartalarini jihozlash bo‗yicha olimlar o‗rtasida yagona bir fikr yo‗q.
Kartalarda ranglar bilan tabiiy hududiy majmualar sifat ko‗rsatkichlarining farqi
tasvirlanadi. Ranglar landshaftlar tabiiy sharoitiga yaqin tanlanadi, masalan, olov
va qizil ranglar arid hududlarga, yashil va ko‗klari ─ shimoliy, sovuq tayga
hududlariga beriladi. Antropogen landshaft uyushmalari uchun shtrixli chiziqlar
tizimi, karta mazmunining alohida elementlari uchun areallar, masshtabsiz shartli
165
belgilar ishlatiladi. Tabiiy majmualar o‗rta-sidagi elementlar uchun areallar,
masshtabsiz shartli belgilar ishlatiladi. Tabiiy majmualar o‗rtasidagi chegaralar
chiziqli belgi-lar bilan ko‗rsatiladi, ba‘zan landshaft bo‗limlari kartada va
legendada indekslar bilan beriladi.
Landashft haqidagi bilim taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, u hamma
vaqt xalq xo‗jaligi bilan bog‗langanligini ko‗rish mumkin. Landshaftshunoslar
tomonidan bajarilgan qator dala va kameral ishlar u yoki bu ishlab chiqarish
karxonalari buyurtmalari asosida bajarilgan, maqsadli mavzuli kartalar tuzilgan.
Ularda hudud iqtisodiy hisob-kitoblar asosida tavsiyalar berilgan, bundan tashqari,
u yoki bu xo‗jalik faoliyati natijasida geotizimlarning tabiiy-geografik sharoiti
o‗zgarishi oqibatlari bahosi keltirilgan.
Amaliy landshaft tadqiqotlari ikki yo‗nalishda olib boriladi: 1) tabiiy
majmualar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan xo‗jaliklar va boshqa foydalanuvchilarni
ta‘minlash uchun; 2) o‗zlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda, tabiiy
majmualardan
foydalanishda
va
ularni
qayta
tiklashda.
Amaliy
landshaftshunoslikning birinchi qadami ─ tabiiy muhitning inson faoliyati uchun
rolini aniq tasavvur etish, insonning geotizimlarga ta‘siri xususiyatlari va
mexanizmini bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |