Landshaftshunoslik asoslari


Landashaft kartalarini tuzish manbalari va metodikasi



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

Landashaft kartalarini tuzish manbalari va metodikasi 
Mayda masshtabli landshaft kartalari, asosan, landshaftga oid ma‘lumotlari 
ko‗p bo‗lgan o‗rta masshtabli umumgeografik kartalar asosida tuziladi. Shu bilan 
bir qatorda, landshaft tarkibiy qismlari haqida boy ma‘lumotga ega soha mavzuli 
kartalari, iqlim, meteoro-logik, gidrogeologik ma‘lumotnomalar, landashft tarkibiy 
qismlarni o‗rganishga oid adabiyotlar va boshqa kartografik manbalar, kosmik 
suratlar, dala va soha kuzatish tadqiqotlari natijalaridan ham foydalaniladi.
Landashft s‘emkasi asosiy tabiiy hududiy majmualarning fazoviy joylashishi 
va xususiyatlarini o‗rganish maqsadida yirik masshtabda bajariladi. Tabiiy hududiy 
majmualar faqat yirik massh-tabda o‗rganilganda, ta‘riflanganda va kartaga 
olinganda muhitda tabiat va inson ta‘sirida kechayotgan o‗zgarishlarni 
bashoratlash uchun aniq va miqdor ko‗rsatkichlari olinishi mumkin. Dala landshaft 
tadqiqotlari ob‘ekti sifatida turli tabaqali hududiy majmualar va har xil tabiiy 
omillar ta‘sirida paydo bo‗lgan tizimli uyushmalar qabul qilinadi. Yirik 
taksonomik birliklarning (landshaftlarning) hududiy shakllanishida asosiy rol 
geologik-geomorfologik 
omil-larga 
taalluqlidir, 
chunki 
ular 
landshaft 
bo‗limlarining iqlim, o‗simliklar va tuproqlar omillarining tarqalishini belgilaydi. 
Dala tadqiqot ishlarida hududning morfologik tarkibi o‗rganiladi, uning tabiiy 
muhit komponentlari bilan bog‗liqligi geografik jihatdan talqin qilinadi, dinamikasi 
ko‗rsatiladi va boshqa turli tabaqali tabiiy hududiy majmualar kartalashtiriladi. 
Landshaft majmualari orasidagi bog‗liqlikni tahlil qilish ishlari dala ma‘lumotlari 
asosida bajariladi.
Dalada kartaga olishning barcha metodlari landshaft morfologik birliklari 
chegarasini ajratish usuli bilan muvaaqqat bog‗langan hamda bunday chegaralar 
sifat ko‗rsatkichlari bir-birini almashtira-digan bitta ko‗plik xususiyatni ajratishga 
qaratilgan. Bu chegaralar, tabiiy sharoit keskin farqlanishiga qaramasdan hamma 


156 
vaqt chiziq-lidir. Tabiiy hududiy majmualar keskin farqlanishi darajasi ularning 
genezislari orasidagi farqga, inson xo‗jalik faoliyati ta‘sirida kechayotgan tabiiy 
o‗zgarishlarga bog‗liq. Landashaft morfologik birlashmalari qanchalik yosh bo‗lsa, 
ularning tashqi ko‗rinishini shunchalik umumiy qabul qilingan ko‗rsatmalar 
asosida ajratish qiyin. S‘emka ishlarida qo‗llaniladigan landashaftli profillash 
metodi tabiiy hududiy majmualarning ichki tuzilishi, tabiati va ularning 
komponentlari orasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Majmuali profillarda landshaftlar 
tarkibi, morfologiyasini hosil etuvchi fatsiya va urochishalar qatorlari ochib 
beriladi, dinamik va to‗ldiruvchi landshaftlar belgilari, ularning relef shakllari, tog‗ 
jinslari tarkibi, yer osti suvlari joylashishi bilan murakkab bo‗lgan tabiiy hududiy 
majmualarning qonuniyatlari aniqlanadi.
Dala s‘emkasi natijasida tuzilgan landshaft kartalarida, metodikaga binoan, 
tabiiy hududiy majmualar ob‘ektiv tasvirlanadi. Kartalarda tabiiy omillar o‗zaro 
ta‘sirining turli asosiy qonuniyatlari joydan-joyga va vaqt miqyosida kechayotgan 
quyuqlashgan qiyofasi tasvirlanadi. Kartalarda yer uchastkalari tabiiy xususiyatlari 
tasvirlanishi sababli, ular soha kartalarini muvofiqlash uchun jalb qilinadi. Lekin 
shuni nazarda tutish kerakki, har bir tabiiy kompo-nent o‗ziga xos kelib chiqishga, 
tuzilishga, rivojlanishga va hududda tarqalish xususiyatiga ega. Shuning uchun
masalan, tuproq konturiga landshaftni joylashtirish yo‗li bilan kartani tuzish 
mumkin emas. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish