Landshaftshunoslik asoslari


-MODUL. LANDShAFTLARNI TASNIFLASh ASOSLARI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

2-MODUL. LANDShAFTLARNI TASNIFLASh ASOSLARI 
8-BOB. LANDShAFTLAR TASNIFI. 
8.1 LANDShAFTLARNI TASNIFLASh PRINSIPLARI. 
Fanda tasniflash, tartib berish, turlashtirish, taksonomiya kabi bir biriga yaqin 
tushunchalar mavjud. Bulardan tasniflash va tartib berish tushunchalari bir-biriga 
anchagina yaqin bo‗lib, rang-barang va turli-tuman narsa va hodisalarni ma‘lum bir 
tartib bilan, har birining pog‗onama-pog‗ona mavqeiga yoki ko‗lamini saqlagan 
holda guruhlarga ajratish yoki birlashtirish degan ma‘noni anglatadi. 
O‗z o‗rganish obektini tasnif qilmagan yoki tasnif qilishga urinmagan bironta 
fan bo‗lmasa kerak. Sababi biron fanni fan sifatida tanilishi uchun ham uning o‗z 
ob‘ektining tasnifi ishlab chiqilgan bo‗lishi kerak. Mashhur frantsuz matematigi 
Puankare tasniflash to‗g‗risida quyidagi fikrlarni bildirgan: «Fan — bu eng avval 
tasniflashdir», tasniflash jarayoniga borib yetmagan ilmiy izlanishlarni hali 
«qiyomiga yetmagan» deb baholash mumkin. 
O‗rganish ob‘ektini tasniflashning ham ilmiy, ham amaliy ahamiyati kattadir. 
Uning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, obekt tasnif qilinganda uning kelib 
chiqishi, tuzilishi, rivojlanishi kabi barcha xususiyatlari o‗rganilishi va u xaqdagi 
barcha ma‘lumotlar batafsil tahlil qilinishi kerak. 
Yer yuzasida muayyan landshaftlar xaddan tashqari ko‗p bo‗lganligi uchun 
ularning har birini alohida-alohida ta‘riflab o‗tiriishing iloji bo‗lmay qoladi. 
Shuning uchun landshaftlarni ma‘lum maqsadlarda ( masalan, qishloq ho‗jaligi, 
shahar kurilishi va h.k.) guruhlab ta‘riflashga va shunga xos holda bir turdagi 
1
"Irrigatsiya va melioratsiya" jurnali №1(15).2019 17-бет 


80 
tadbirlarni rejalashtirishga to‗g‗ri keladi. Bu landshaftlar tasnif qilishning amaliy 
ahamiyatiga ega ekanligini ko‗rsatadi. 
Fanning o‗rganish ob‘ekti qanchalik serqirra, xilma-xil va murakkab bo‗lsa, 
uni tasniflash ham shunchalik murakkab bo‗ladi. Har qanday tasnifni amalga 
oshirishda ob‘ekt haqida to‗la aniq tushunchaga ega bo‗lish kerak. Ob‘ektni 
ob‘ektiv turlicha talqin qilish va tushunish turlicha tasnif tarixlarining tuzilishiga 
sabab bo‗ladi. Landshaftshunoslik fani ham boshqa tabiiy fanlar qatori juda ko‗p 
va xilma - xil, ammo o‗ziga xos xususiyatlariga ega bo‗lgan aniq ob‘ektlar 
landshaftlarni tasnif qiladi. Landshaftshunoslik uchun puxta ishlangan ilmiy va 
mantiqiy talablarga to‗liq javob beradigan tasniflar jadvalini tuzib olish juda katta 
ahamiyatga ega. Chunki yer yuzida ko‗plab uchraydigan xilma xil landshaftlarni 
bir-biriga o‗xshash yoki bir-biridan farq qiladigan tomonlarini aniqlab, har birining 
o‗z mavqeini saqlagan holda ma‘lum bir tartibga tushirib olinmasa, ularni to‗g‗ri 
tadqiq qilish hatto landshaft xaritasini tuzib olish ham mumkin bo‗lmay qoladi. 
Keyingi 15-20 yil ichida geograflar tomonidan bajarilayotgan ko‗plab ishlar 
uchun jumladan, halk ho‗jalgini rivojlantirish aholining yashashi va sog‗ligi nuqtai 
- nazaridan landshaftlarnn baholash, geografik bashorat qilish va tabiat 
muxofazasini ko‗zlab bajarilayotgan ishlar uchun ham katta katta rayonlar
davlatlar, hatto tabiiy geografik o‗lkalar miqyosida barcha land-shaftlar haqida 
batafsil ma‘lumotlarga yoki boshqacharok qilib aytganda landshaftlar kadastriga 
ega bo‗lish ahamiyatlidir. Mamlakatimiz Landshaftlarning aniq va puxta tasnif 
jadvalini ishlab chiqish landshaftshunoslik-ning eng yirik masalalaridan biridir. 
Landshaftlarni tasniflash bilan ko‗pchilik geograflar shug‗ullangan. Ulardan 
ayniqsa N. A. Gvozdetskiy (1961 ), A .G. Isachenko ( 1961, 1975), V. A. Nikolaev 
( 1973, 1979) kabilarni tajribalari e‘tiborga loyiq. Bu olimlar tavsiya etgan tasnlflar 
ichida B. A. Nikolaev (1979) bajargan tasnif o‗ziing mukamalligi bilan ajralib 
turadi. Bu tasnifning yaratilishi asosida landshaftshunos olim V. A. Nikolaevning 
ko‗p yillar davomida Qozog‗iston dashtlarida landshaftlarni xaritaga tushirish 
borasida olib borgan izlanishlari yotadi. Quyida keltiriladigan fikrlarning 


81 
ko‗pchiligi V.A. Nikolaev ilgari surgan g‗oyalar ta‘sirida yuzaga keladi. Bu 
fikrlardan eng asosiysi landshaft haqidagi tushunchaning o‗ziga xos talqini bo‗ldi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish