Landshaftshunoslik asoslari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

Turon provintsiyasi 
Tekislik kichik provintsiyasi
Tog - tog oldi kichik podprovintsiyasi
II.Quyi Amudaryo okrugi 
V. Surxondaryo okrugi 
4. Chimboy-Qung‗irot 
16. Quyi Surxondaryo 
5. Beltog‗ 
17. Urta Surxondaryo 
6. Xorazm 
18. Yuqori Surxondaryo 
III. Qizilqum okrugi 
VI. Qashqadaryo okrugi 
7. Sulton Vaystog‗ 
19. Qarshi 
8. Shimoliy Qizilqum 
20. Kitob-Shahrisabz 


161 
9. Bukan-Yetimtog‗ 
21. G‗uzor 
10. Janubiy Qizilqum 
VII. Urta Zarafshon okrugi 
11. Tomdi-Quljuqtog‗ 
22. Katta-q
ӯ
rg‗on 
IV. Quyi Zarafshon okrugi 
23. Samarqand 
12. Gazli 
24. Nurota 
13. Buxoro-Qorak
ӯ

25. G‗allaorol 
14. Sandiqli 
26. Sangzor 
15. Konimeh 
VIII. Mirzach
ӯ
l okrugi 
27. Forish 
28. Zomin 
29. Mirzach
ӯ

30. Sirdaryo b
ӯ
yi 
IX. Chirchiq-Ohangaron okrugi 
31. Chirchiq tog‗ oldi 
32. Quyi Ohangaron 
33.Yuqori Ohangaron 
34.Tog‗li Chirchiq 
X. Farg‗ona okrugi 
35. G‗arbiy Oloy 
36. Markaziy Tekislik 
37. G‗ovasoy 
38.Chotqol 
39.Farg‗ona 
40.Sharqiy Oloy 
Landshaftlarni tadqiq qilishda statsionar sharoitda o‗tkaziladigan tadqiqotlar 
muhim rol o‗ynaydi. Bu tadqiqotlar natijasida tabiiy hududiy majmualar tarkibi 
funktsional landshaftli o‗rganilishi sababli, unga qiziqish ortmoqda. Tabiiy 
hududiy majmualarning mavjudligi ko‗plab bog‗liqliklar, ularning alohida tarkibiy 
qismlari orasidagi yaxlit turg‗unlik hamda kom-ponent va uni o‗rab turgan atrof-
muhit bilan o‗zaro harakatga qarab bo‗linadi. Bu bog‗liqliklar va o‗zaro harakatlar 
turli jarayonlarda kuzatiladi. Bunday jarayonlar har xil uzunlikda, tezlikda, shu 
bilan bir qatorda, yetarli darajada fazoviy o‗zgarishlar bilan vaqt mabaynida 
qaytariladi. Jarayonlarni tahlil qilish uchun statsionar kuzatish metodlaridan 
foydalaniladi, ular katta bo‗lmagan maydon-larda, sharoitiga qo‗ra hududga tipik 
bo‗lgan uchastkalarda olib boriladi. Statsionarlarda evolyutsion va faslli kuzatish 
olib boriladi. Uzoq, muntazzam olib borilgan kuzatishlar landshaft o‗zga-
rishlarning nafaqat xususiyati va intensivligini, balki ular miqdori turli 


162 
bog‗liqliklari va omillari nisbiylik mohiyatini, murakkab va ko‗plab o‗zaro 
harakatini, majmuaning biron tomonga o‗zgarishi va rivojlanishi tezligini, tabiiy 
hududiy majmualarning dinamikasini aniqlash imkonini yaratadi. Geotizimlar 
faoliyati asosida tabiiy-mexanik, kimyoviy va biologik jarayonlar yotadi. 
Tadqiqiotlarda turli metodlarni qo‗llash tabiiy komponentlar faoliyati jarayoni 
tarkibini, tabiiy hududiy majmualar faslli dinamikasi asosiy qonuniyatlarini, 
turg‗unligi va rejimini ochib beradi. Oxirgi ma‘lumotlar mazmunini geografik 
talqin qilish geografik-taqqoslash metodi orqali bajariladi. O‗tkazilgan dala va 
statsionar landshaft tadqiqotlari materiallari mayda masshtabli landshaft kartalarini 
tuzishda asosiy manba bo‗lib xizmat qiladi.
Landshaft kartalari mazmunini ishlab chiqishda va yangilashda kosmik 
suratlar muvaffaqiyatli qo‗llanilmoqda, chunki ular Landshaftlar fazoviy joylashish 
qonuniyatlarini, ularning bir-biriga bog‗liqligini, tabiiy majmualar morfologiyasini 
kuzatish va o‗rga-nishga imkon yaratadi. Kosmik suratlar orqali turli individual 
landshaftlar lokalizatsiya qilinadi, ularning ichki tuzilishi o‗rganiladi va buning 
asosida landshaft tipologiyasi tadqiq qilinadi.
Suratlar bilan ishlashda ikkita tadqiqot metodi qo‗llaniladi: umumiydan 
alohidagi va alohidadan umumiyga o‗tish. Mayda masshtabli kartalarni tuzishda 
suratlar ob‘ektiv va detallashgan ma‘lumotlar manbai bo‗lib, dalada kichik 
maydonlarda o‗tkaziladigan yirik masshtabli tadqiqotlar mohiyatini ancha 
kengaytiradi. Suratlardan foydalanish generalizatsiya jarayonini ham bir muncha 
osonlashtiradi, chunki landshaft tarkibining suratlarda avtomatik ravishda birlashti-
rilib tasvirlanishi kartalar aniqligini oshiradi, kartalarda tabiiy tizimlar holatini 
ko‗rsatish mumkin bo‗ladi. Suratlarda to‗g‗ri va aniq o‗tkazilgan landashftlar 
fazoviy o‗zgaruvchanligining o‗rganilishi natijasida, ularning vaqtinchalik 
dinamikasini ko‗rsatish imkoniyati ham tug‗iladi.
Yirik masshtabli landshaft kartalari asosida yaratilayotgan mayda masshtabli 
kartalar mazmuni va legendasini ishlab chiqishda, dastlab kartaning masshtabiga 
va maqsadiga mos keladigan, optimal darajadagi to‗liqlik va detallik geotizimlar 
tabaqasi tanlanadi, masalan, 1:1 000 000 masshtabga regional bosqichdagi 


163 
geotizimlar olinadi. Kartalashtirishning asosiy birligi ─ landshaft ─ kartada nafaqat 
yetarli darajali mukammal yaxlit birlashma sifatida, balki katta yoki kichik 
darajadagi tarkib elementlari bilan beriladi. Karta-da landshaftlar uyushmasi va 
morfologiyasidan tashqari, ularning shunga mos tabaqa geotizimlari, yoki boshqa 
yuqori tabaqa geotizimlar bilan aloqasi ham ko‗rsatiladi. Bular karta legendasida 
landshaftlar tasnifi orqali beriladi. Yirik hududlar uchun tuzilgan landshaft 
kartalarida legenda jadval shaklida tuziladi, bu esa landshaft tasnifi toifalarini katta 
aniqlikda va ko‗rgazmali tarzda tavsiflash imkonini beradi. Jadval vartikalida 
geotizimlar oliy taksonomik tabaqalari, gorizontalida ─ landshaftlar tipi va kichik 
tiplari ko‗rsatiladi. Bunday legendada landshaftlarning matnli qismi ancha 
qisqartiriladi 
va 
kartani 
jihozlashda 
ishlatilgan 
printsipni 
tushunishni 
osonlashtiradi.
Mayda masshtabli kartalar obzor-topografik va mavzuli kartalar yordamida 
tuziladi. Bunday kartalar turli tabaqali geotizimlar va ularning yordamida esa
geotizimlarning geografik mohiyati haqida ko‗plab ma‘lumot beradi. Relef 
tasviriga qarab, morfometrik xususiyatilari bo‗yicha farqlanadigan uchastkalar 
ajratiladi, relefning qiymalanish chuqurligi va uning qalinligi ajratiladi; gidrografik 
tarmoq ma‘lumotlari hududning suv bilan ta‘minlan-gani, landshaftlar tiplari va 
kichik tiplaridagi superakval landshaftlar differentsatsiyasi va lokalizatsiyasi 
haqida fikr yuritish-ni ta‘minlaydi; introzonal tuproq-o‗simlik chegaralari (shurhok 
yerlar, taqirlar, botqoqlar) landshaft kartalarida o‗zgarishsiz keltiriladi. Shunday 
qilib, obzor-topografik kartalar landshaft tahlilini har tomonlama ta‘minlaydi, 
tabiiy majmualarning asosiy genetik xususiyatlari va tarkibini oshirishga 
ko‗maklashadi.
Kartalarni yaratishda foydalanilgan mavzuli kartalarning ma‘lumotliligi ham 
juda yuqori saviyada bo‗lishi kerak. Geologik kartalar bilan Yer qobig‗i tarkibi 
tahlil qilinadi; gidrotermal jarayonlar rivojlanishining ob‘ekti chuqur yoriqliklar 
gidrotermal tog‗ jinslari formatsiyalar va fatsiyalarni kelib chiqishiga sabab 
bo‗ladi, regional o‗lchamli geotizimlar geotarkibli uyushmasini o‗rganishda 
muhim rol o‗ynaydi; to‗rtlamchi davr yotqiziqlari, tuproq hosil qiluvchi jinslar 


164 
hamma yerda mavjud bo‗lib, ularning tarkibi tuproq tiplari (xili) shakllangishi va 
tarkibi xususiyatiga ta‘sir ko‗rsatadi.
Geografik kartalar asosida olib borilgan relef tasviri tahlili, tabiiy majmualar 
tarkibini, ularning chegarasi va o‗lchamini aniqlashga, morfotarkibli ko‗rsatkichlar 
– hududning landshaftli tabaqalanishi xususiyatlarini ajratishga imkon yaratadi. Bu 
kartalarda ko‗rsatilgan relefning alohida olingan shakllari (karstli, voronka-simon, 
xalqasimon) turli o‗lchamli topologik mustaqil chegaralaridir. Ularning chegaralari 
maxsus elementar landshaftlar tarqalganligini bildiradi.
Ancha to‗liq hududiy landshaftlar uyushmasini geobotanik va tuproq kartalari 
ta‘riflaydi. Ular geotizimlarning ko‗plab dinamik xususiyatlarini ochib beradi, bir 
qator ekzogen jarayonlarning tezligi haqida tushunchaga ega bo‗lishni ta‘minlaydi, 
kartalarda antropogen ta‘sir natijasida vujudga kelgan o‗zgarishlarni ham 
ko‗rsatadi. Tuproq va landshaft kartalari asosida tabiiy majmualar konturlari 
chegaralari aniqlashtiriladi, ular ichida kechayotgan landshaft hosil qiluvchi 
jarayonlar ochib beriladi.
Shu yo‗l bilan landshaft kartasini tuzish umumgeografik va mavzuli 
kartalardan olingan ma‘lumotlarni birgalikda va bir-biri bilan bog‗lab tahlil 
qilishga asoslanadi. Bu, o‗z navbatida, tuzilayotgan kartaning ishonchliligini, 
tabiiy majmualar chegaralari to‗g‗ri ajratilishini, mazmunini, masshtabi va maqsadi 
bo‗yicha to‗liqligini ta‘minlaydi. Kartani tuzishda individual landshaftlar 
konturlarini ajratish bilan bir qatorda, ular tizimlanadi, ya‘ni har bir landashft u 
yoki bu turga ajratiladi. Natijada, birinchi ko‗rinishda kartaning legendasi 
landshaftlar turlari nomenklaturasiga aylanadi, keyin-chalik u tarkibiy-genetik 
tasnifga asoslangan holda qayta ishlanadi.
Landshaft kartalarini jihozlash bo‗yicha olimlar o‗rtasida yagona bir fikr yo‗q. 
Kartalarda ranglar bilan tabiiy hududiy majmualar sifat ko‗rsatkichlarining farqi 
tasvirlanadi. Ranglar landshaftlar tabiiy sharoitiga yaqin tanlanadi, masalan, olov 
va qizil ranglar arid hududlarga, yashil va ko‗klari ─ shimoliy, sovuq tayga 
hududlariga beriladi. Antropogen landshaft uyushmalari uchun shtrixli chiziqlar 
tizimi, karta mazmunining alohida elementlari uchun areallar, masshtabsiz shartli 


165 
belgilar ishlatiladi. Tabiiy majmualar o‗rta-sidagi elementlar uchun areallar, 
masshtabsiz shartli belgilar ishlatiladi. Tabiiy majmualar o‗rtasidagi chegaralar 
chiziqli belgi-lar bilan ko‗rsatiladi, ba‘zan landshaft bo‗limlari kartada va 
legendada indekslar bilan beriladi.
Landashft haqidagi bilim taraqqiyotiga nazar tashlaydigan bo‗lsak, u hamma 
vaqt xalq xo‗jaligi bilan bog‗langanligini ko‗rish mumkin. Landshaftshunoslar 
tomonidan bajarilgan qator dala va kameral ishlar u yoki bu ishlab chiqarish 
karxonalari buyurtmalari asosida bajarilgan, maqsadli mavzuli kartalar tuzilgan. 
Ularda hudud iqtisodiy hisob-kitoblar asosida tavsiyalar berilgan, bundan tashqari, 
u yoki bu xo‗jalik faoliyati natijasida geotizimlarning tabiiy-geografik sharoiti 
o‗zgarishi oqibatlari bahosi keltirilgan.
Amaliy landshaft tadqiqotlari ikki yo‗nalishda olib boriladi: 1) tabiiy 
majmualar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan xo‗jaliklar va boshqa foydalanuvchilarni 
ta‘minlash uchun; 2) o‗zlashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda, tabiiy 
majmualardan 
foydalanishda 
va 
ularni 
qayta 
tiklashda. 
Amaliy 
landshaftshunoslikning birinchi qadami ─ tabiiy muhitning inson faoliyati uchun 
rolini aniq tasavvur etish, insonning geotizimlarga ta‘siri xususiyatlari va 
mexanizmini bilishdir.

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish