22 - rasm. Perspektiv tasvirni
qog‘ozga joylashtirish:
a) ob’yektni
gorizontal yо‘nalishiga siljishi; b) ufq
chizig‘ining siljishi.
23 - rasm. Anturajni ob’yektga moslashtirish:
a)
masshtablikni kо‘rsatish; b, d)anturaj elementlarining
binoga nisbatan joylashtirish; e) anturaj ob’yektining tashqi
shaklga moslashtirish.
Biz me’moriy bino va inshootlarni ularni о‘rab turgan atrof - muhit bilan
loyihalab, baholashimiz sabab, bu fazo (atrof - muhit)ni loyihaviy taklif chizmalariga
qо‘shmog‘imiz lozim. Har bir chizma tizimida asos chizig‘i va jismiy tekislikni
kengaytirib maydonning xususyatlari va qо‘shni tuzilishlarni kо‘rsatsa bо‘ladi.
Muhitning masshtabi va funksional masalasini kо‘rsatish uchun chizmaga odam va
mebel’jismlarining shaklini qо‘shsa bо‘ladi.
77
Yana о‘rab turgan atrof - muhitni xossalarini kо‘rsatish uchun chizmaga
yorug‘lik, rang va pardozlash materiallarining fakturasini qо‘shsa bо‘ladi.
Odatda kuzatuvchi chizmada chizilgan odamlarga ahamiyat beradi, bu uni
tasvirga jalb qiladi. Me’moriy chizmalarda odamlarni shaklini chizib:
-
fazo masshtabini kо‘rsatish;
-
fazoning funksional maqsadini belgilash;
-
fazoning chuqurligini va yer masshtabining о‘zgarishini kо‘rsatish uchun
tasvirlanadi.
Odamlarni chizmada tasvirlashda quyidagi asosiyjihatlarni:
-
о‘lchamlar;
-
proporsiya (nisbat);
-
faoliyat turlarini inobatga olish kerak.
Me’moriy loyihada atrof - muhitning xarakterini kо‘rsatish uchun
qо‘llaniladigan usul bu chizmada landshaft elementlarini tasvirlash. Bunga:
-
о‘simliklar: daraxt, buta, о‘t;
-
tashqi inshootlar: saroy, yо‘lak, tirgak devorlar kiradi.
Bu landshaft elementlarini tasvirlash yordamida:
-
maydonning geografik xususiyatlarini kо‘rsatsa;
-
tasvirga yakunlik kiritsa;
-
bino atrofidagi muhitni chegaralasa;
-
harakatni yо‘nalishini ta’kidlasa bо‘ladi.
Chizmada daraxtni tasvirlashdan oldin uning shoh - shabbasining tuzilishini
aniqlash lozim. Quyida bunday tuzilmalarning har xil turlari keltirilgan:
asosiy shoh va tanasi yuqoriga, mayda shoxlari esa har xil tomonga
yо‘naltirilgan;
bu daraxtning tuzilmasiga tо‘xtasak, uning shakli ortiqcha detallarsiz bir
nechta ingichka chiziqlar bilan kо‘rsatilgan;
agar siz daraxtning shoh - shabbasini barglar bilan tasvirlasangiz, uning
barglarini masshtabi, tusining och – tо‘qligi, shaffofligiga ahamiyat bering;
78
vositalarni tanlashda tejamkor bо‘ling. Ya’ni tasvirlanayotgan detallarning
soni chizmaning masshtabi va stiliga tо‘g‘ri kelishi kerak;
bosh rejaning chizmasida daraxtning tanasini belgilab, bilinar bilinmas uning
shox - shabbasining chetlarini kо‘rsatish kifoya;
suvni tekis gorizontal yuza sifatida ifodalasa bо‘ladi;
suvni kо‘rsatish uchun gorizontal chiziqlarni qо‘llash lozim: suvning tinch
holati uchun – chizg‘ich bо‘yicha chizilgan tekis chiziqlar; suvdagi jivirlashni –
qо‘ldan chizilgan tо‘lqinli chiziqlar bilan kо‘rsatsa bо‘ladi;
rangi och yuzalarning aksi suvning tusiga nisbatan ochroq kо‘rinadi;
rangi tо‘q yuzalarning aksi suvning tusiga nisbatan tо‘qroq kо‘rinadi;
aksetish yuzasini tasvirlashda rang (tus)larni chizmadagi ranglardan kelib
chiqqan holda tanlash lozim.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |