Laboratoriya mashg`uloti № 02
O`zgarmas tok chiziqli zanjirlarini tadqiq qilish
Ishdan maqsad:
1. Zanjirdagi tok va kuchlanishni o`lchash, Om qonunining to`g`riligiga eksperimental tarzda ishonch hosil qilish.
2. Kirxgofning birinchi va ikkinchi qonunlariga eksperimental tarzda ishonch hosil qilish.
3. Kontur uchun potentsial diagrammani qurish.
4. O`zgarmas tok kuchlanishi va toki manbalarining ichki qarshiliklarni eksperimental tarzda aniqlash. Ularning tashqi xarakteristikalari grafigini qurish.
Laboratoriya ishini bajarish natijasida talabada injenerlik izlanishlarini o`tkazish metodiga ko`nikma, faoliyat profili bo`yicha vatan va xorij tajribalaridan ilmiy-texnik axborotlarga ega bo`lish tushunchasi shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |