57
1.
Suyuq dori turlarini tayyor dori vositalari orasida tutgan o‗rni.
1.1. Farmatsevtik eritmalar
1.2. eritmalar, ta‘rifi, tasnifi
2.
Suyuq dori turlarini sifatini baxolash.
2.1. Farmatsevtik eritmalarda o‗rganiladigan sifat ko‗rsatkichlar.
3.
Suyuq dori turlarini qadoqlash va o‗rash.
Tayanch ibora va so‟zlar:Suvli, Sotutoiones oquosae seu Liquores,
zichligi,qovushqoqligi, qadoqni to‗ldirish hajmi, suspenziy, farmakoterapevtik guruhi,
Ajratilgan vaqt-2 soat
Maruzaning maqsad: Talabalarga Ichish va tashqi maqsadlar uchun mo‗ljallangan
eritmalarda (eritmalar, suspenziyalar, emulsiyalar, granulalar va kukunlar) ―Dori vositalari
sifatini standartlari. Asosiy qoidalar‖ tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda
keltirilgan quyidagi sifat ko‗rsatkichlari bilan tanishtirish.
Ichish va tashqi maqsadlar uchun mo‗ljallangan eritmalarda (eritmalar, suspenziyalar,
emulsiyalar, granulalar va kukunlar) ―Dori vositalari sifatini standartlari. Asosiy qoidalar‖
tarmoq standarti TSt 42 - 01 : 2002 rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‗rsatkichlari
o‗rganilishi kerak:
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalqaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tavsifi
5. CHinligi
6. pH yoki kislotalilik yoki ishqoriylik
7. Zichligi
8. Qovushqoqligi
9. YOt aralashmalar (o‘xshash birikmalar)
10. Zarrachalar o‗lchami (suspenziyalar uchun)
11. Qadoqni to‗ldirish hajmi
12. Mikrobiologik tozaligi
13. Miqdoriy tahlili
14. O‘rami
15. Yorliqlash
16. Tashish
17. Saqlash
18. YAroqlilik muddati
19. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
eritmalar, ta‟rifi, tasnifi.
Eritmalar deb, bir yoki bir nechta dori moddasining erituvchida ion yoki molekula
holida tarqalgan suyuq gomogen sistemasiga aytiladi.
Erituvchisining tabiatiga ko‗ra eritmalar:
Suvli, Sotutoiones oquosae seu Liquores
Spirtli, Solutiones spirituosae,
Glitserinli, Solutiones glycerinatae
Moyli, Solutiones oleosae seu Olea medicata
eritmalarga bo„linadi.
Eritilagan moddaning agregat holatiga ko‗ra eritmalar:
1. Qattiq moddalar eritmalari.
2. Suyuq moddalar eritmalari.
3. Gazsimon modda eritmalari.
Ishlatilishiga kura suyuk dori shakllari:
1) ichish uchun qo„llaniladigan;
58
2) sirtga qo„llash uchun ishlatiladigan;
3) in‟eksiya uchun ishlatiladigan
Suyuq dori shakllari dispers fazaning maydalik darajasi xamda dispers muxit bilan
bog‗lanish jihatiga ko‗ra:
1. Haqiqiy eritma, yoki chin eritma.
2. YUqori molekulali moddalar eritmasi.
3. Kolloid eritma.
4. Suspenziyalar.
5. Emulsiyalar.
6. Aralash turdagi eritmalar bo„lishi mumkin.
Suvli
eritmalar
saqlanish
jarayonida
gidrolizga
uchrashi,
oksidlanishi,
mikroorganizmlar bilan zararlanishi mumkin. SHu sababli ularni korxona sharoitida ishlab
chiqarish keng yo‗lga qo‗yilmagan. Faqat uzoq muddat saqlashga loyiq preparatlargina
korxona sharoitida tayyorlanadi. Farmakopeya maqolalarida ularning mikroorganizmlar bilan
zararlanish normasi belgilab qo‗yilgan (1 ml eritmada):
— mikroorganizmlar soni 1000 tagacha;
— zamburug‗lar soni 100 tagacha;
— patogen mikroorganizmlar saqlamasligi kerak.
Spirtli eritmalar nomenklaturasi anchagina, yod, kamfora, mentol, brilliant yashili,
metilen ko„ki; chumoli, salitsil, bor kislotasi spirtli eritmalari; novshadil-arpabodiyon
tomchisi va x.k.
Toza etil spirti oson chayqaladigan, tiniq, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega
bo„lgan, o„ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti
ko‗pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. YA‘ni organik kislotalar, efir
moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi. Spirt boshqa erituvchilar bilan,
chunonchi suv, glitserin, xloroform, efir bilan yaxshi aralashadi.
Qadoqni tuldirish hajmi
Quruq qoldiq. Oldindan tortib olingan chinni kosachaga 30 ml preparat solib, 100-105
0
S
haroratda 1 soat davomida quritiladi. Qoldiq miqdori 0,05% dan oshmasligi kerak.
Zichligi, nur sindirish ko‗rsatkichi, Phi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: