Laboratoriya mashg‘ulotlari



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet529/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

KEYS: Na‘matak suyuq ekstraktini sifatini baholash, qadoqlash va o‘rash‖. 

Kirish. Xozirgi zamon  korxona  sharoitida  dori ishlab chiqarish mashina  ishlatishni 

taqozo  etadi,    chunki  bunda  ishchilar  mexnati  engillashadi,  tayyor  maxsulot  tannarxi 

arzonlashadi.  

Sanoat miqyosida  ishlab-chiqariladigan  kukunlarni  tayyorlashni o‗ziga xos tomonlari 

qo‗yidagilardan    iborat:    ular    katta    hajmda,  maxsus  sexlarda  tayyorlanadi;  tayyorlash 

jarayoni  asosan  mexanizatsiya  va  avtomatizatsiyalashtirilgan  bo‗ladi.    Har  bir  bosqichni 

nazorat bo‗limi tekshirib boriladi,  maxsulot tayyor bo‗lganidan so‗ng qadoqlashdan oldin har 

bir turkumni sifat va miqdor ko‗rsatkichlari tekshiriladi. Talab darajasida bo‗lsa qadoqlashga 

ruhsat  etiladi.  Qadoqlab  bo‗lganidan  so‗ng  har  bir  turkumdan  qadoqlashgan  yorliqlangan 

maxsulotdan  olib,  analitik    laboratoriyaga  topshiriladi.  U  erda  bitta  idishdagi  maxsulotni 

miqdori,    tashqi  ko‗rinishi,    chinligi,  tozaligi,  ta‘sir  etuvchi  moddani  miqdori  tahlil  etiladi.  

Hamma  ko‗rsatkichlar  bo‗yicha  natijalar  MTH  talabiga  javob  bersa,  nazorat  bo‗limini 

xulosasi  asosida  maxsulot  korxona  omborxonasiga  topshiriladi.    Korxona  sharoitida  ishlab 

chiqariladigan  kukunlarni  tayyorlash  quyidagi  texnologik    bosqichlardan    iborat:    tegishli 

asbob  uskunalarni  tayyorlash,  boshlang‗ich  maxsulotlarni  maydalash,    elash,  aralashtirish, 

qadoqlash  va  yorliqlash.  Kukun  tayyorlanadigan  sex  xona  gigiena-sanitariya  talabiga  javob 

berishi  kerak,  asbob uskunalar ishlashdan tozalab, dezinfeksiyalovchi  moddalar qo‗shilgan.  

Tuzsizlantirilgan  suv  bilan  2-3marta  yuviladi,  so‗ngra  suv  bug‗i  yuborib,  quritiladi. 

Kukunlarni tayyorlashni birinchi bosqichi substansiyalarni maydalashdir. Bu maqsaddaasosan 

tegirmonlar  ishlatildi.    Tegirmonni  tanlashda  maydalanadiganmoddani  fizik-kimyoviy, 

morfologik,  gistologik  xossalarini  hisobgaolish  kerak.    Substansiyalarni  maydalashda  

ulardagi    qoldiq    namlikkatta  ahamiyatga  ega.    Sex  sharoitida  ko‗pincha  zo‗ldirli,  

dismembrator,  dezintegrator,  bolg‗achali  tegirmonlar  ishlatiladi.  Maydalanadigan  modda 

tegishli  tegirmonga  solinadi.  Elektr  tarmog‗iga  ulanadiva  reglamentda  ko‗rsatilgan  vaqt 

oralig‗ida    maydalaniladi.    Maydalangan    modda  barabanli,    vibratsion  yoki  sexda  mavjud 

bo‗lgan  boshqaelaklar  yordamida  elanadi.    Elangan  kukunlar  aralashtirgichlarga  solib 

yaxshilab  aralashtiriladi.  Agar  murakkab  kukun  bo‗lsa,  hamma  ingridientlar  yana  elanishi 

kerak  va  qaytadan  aralashtiriladi.    Korxonasharoitida  kukunlar  asosan  uchta  usulda 

aralashtiriladi: 

     1.  Zettasimon  ikki  kurakchali  aralashtirgichlar.    Bular    asosan  ikkita  yarim 

silindrsimon tubdan, ikkita zetta-simon aralashtirgichdan,  qopqoqdan,  qopqoqdagi tuyikdan 

tashkil  topgan.  Aralashtirgich  kurakchalari  xar  hil  tezlikda  qarama-qarshi  tomonga  xarakat 

qiladi.  Bundan  maqsad  kukunni  hamma  qatlamlari  bir  hil  aralashishidir.  Aralashtirib  

bo‗lgandan  so‗ng  aralashtirgich  avtomatik  usulda  "ag‗dariladi"  va  kukun  idishga  tushadi.  

Korxonalarda bunday aralashtirgichlardan 40, 70, 100 litrlilari ko‗p ishlatiladi (rasm). 

     2.  Laboratoriya  sharoitida  kukunni  ko‗pincha  zo‗ldirli  tegirmonda  aralashtiradilar.  

Bu  maqsadda  barabandagi   sharlarni  bir qismini olib,  barabanga kukun solinadi  va elektr 

tarmog‗iga  ulab  ma‘lum vaqt  baraban aylantiriladi.  Bunda kukunlar bir tekis aralashadilar. 

Bu usul oddiy, lekin unumdorligi yuqori emas (rasm). 

     3.  Yolg‗on  qaynoq  yuzada  aralashtirish  bu  eng  zamonaviy  asbob  bo‗lib,    SG-30 

turkumidagi asbobda amalga oshiriladi. Bu asbob tubida ikki  qavatli elagi bo‗lgan va 30 kg 

kukunga mo‗ljallangan idishdan, yuqorisida kaprondan qilingan  engdan  iborat.  Aralashtirish  

lozim  bo‗lgan    modda    idishga  solinadi,    idishni  gardishi  (cheti)  kapron  eng  bilan  zich 

berkiladi,  so‗ngra  boshqaruv  pultidan  idishni  tubiga  xavo  bosim  bilan  yuboriladi.    Bunda 

idishdagi  massa  bosim  ostida  yuqoriga  ko‗tarilib,    muallak  holga  kelib  ,  o‗zaro  aralashadi, 

mayda zarrachalar kapron filtrda ig‗iladi,  aralashtirib bo‗lgandan so‗ng, filtr avtomatik usulda 

tebranib, mayda kukunlar teleshkaga tushadi. So‗ngra  teleshkani korpusdan chiqarib ichidagi 

modda boshqa sig‗imga  so‗linadi.   Bu usulni  kamchiligi  bosim  me‘yoridan   yukori  bo‗lsa,  

kapron yirtilib  mayda  fraksiya atmosferaga chiqib ketadi.  SHunday qilib, tayyor kukundan 

nazorat  bo‗limi  namuno  olib  analitik    laboratoriyaga  tekshirishga  yuboriladi.  Agar  natijada 

ijobiy bo‗lsa, qadoqlashka ruhsat etiladi. 



308 

 

Korxona  sharoitida  ishlab  chiqariladigan  sepma  kukunlarini  texnologiyasi  boshqa 



kukunlardan quyidagi tomonlari bilan farq qiladi: 

1. Sepma  tarkibiga kiradigan ingridientlar o‗ta quruq bo‗lishi kerak. 

2. Sepma  tarkibidagi  moddalar  alohida-alohida mayda kukun holigacha maydalanib, 

teshigini diametri 100mk dan katta bo‗lmagan elaklar orqali elangan bo‗lishi kerak,  chunki 

zarracha diametri qanchalik kichchik bo‗lsa,  uni biosamaradorligi shunchalik yuqori  bo‗ladi, 

teriga yaxshi yopishidi. 

Suyuq ekstraktini  dorilar quruq joida saqlanishi lozim,  aqs holda   namni tortib olib , 

qattiq bo‗lakchalar hosil qiladi, ular esa terini qitiqlaydi. 

Sex sharoitida suyuq ekstraktini dorilarni ishlab chiqarishda bularni hisobga olish kerak. 

Quyidagi  keys  –  suyuq  ekstraktinilar  tarkibini  to„g„ri  tanlash,  texnologik  jarayonlar 



ketma-ketligini  asoslash  va  mo„„tadillashtirish.  Suyuq  ekstraktinini  ishlab  chiqarishning 

umumiy  va  xususiy  texnologiyalarini  bilish.  Ularni  tayyorlashda  ishlatiladigan  asbob-

uskunalar  va  apparatlar  (tegirmonlar,  elaklar  va  aralashtirgichlar)ni  to‗g‗ri  tanlash.  Suyuq 

ekstraktini tayyorlash jarayonida kelib chiqadigan turli muammo va vaziyatlarni xal qilishda 

kerakli ko„nikmalarga ega bo„ladi.  

Ushbu  keysni  muvaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  kukunlarni  tayyorlash 

texnologiyasi bo‗yicha bilim va ko‗nikmalarga ega bo‗lish zarur. 

Tavsiya etilgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon yaratadi: 

 

o‗zlashtirilgan mavzu bo‗yicha bilimlarni mustahkamlash; 



 

muammoning hamda qabul qilingan echimning individual va guruhiy tahlilida bilim 



va ko‗nikmalarni qayta topshirish; 

 



mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‗nikmalarini egallash; 

 



o‗quv axborotlarini o‗zlashtirish darajasini tekshirib ko‗rish. 

 


Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   525   526   527   528   529   530   531   532   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish