Berilgan tabletkani tashqi ko„rinishini aniqlang.
Tabletkalarning tashqi ko‗rinishi qurollanmagan ko‗z bilan kuzatib bajariladi. Bunda
tabletkalar dumaloq yoki boshqa shaklga ega bo‗lishi, yassi yoki ikki tomonlama qabariq
yuzali, chetlari butun bo‗lishi kerak. Agar xususiy maqolalarda boshqa ko‗rsatmalar bo‗lmasa
tabletkaning yuzasi silliq, bir jinsli, bo‗lishi kerak. Ba‘zi xollarda yuzasida yozuvlar va
belgilar bo‗lishi mumkin. Diametri 9 mm va undan katta bo‗lgan tabletkalar o‗rtasida
chiziqcha bo‗lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |