Mavzuning ahamiyati: Har qanday kukunlarning hox u ichish uchun mo‗ljallangan
bo‗lsin, hox tashqi maqsadlar uchun, ularning yuqori sifat darajasida bo‗lishi alohida
ahamiyat kasb etadi. Sababi yuqori sifat darajasiga ega bo‗lgan kukunlar yuqori
farmakoterapevtik ta‘sirni namoyon qilaoladi.
Kukunlar sochiluvchan xossa va har xil darajadagi maydalikka ega bolgan quruq dori
shakli bolib, tarkibida ta‘sir qiluvchi modda yoki ta‘sir qiluvchi modda bilan tibbiyot
amaliyotida qo‘llashga ruhsat etilgan yordamchi moddalar (to‘liruvchi, ta‘m beruvchi, rang
beruvchi va boshq.) aralashmasidan iborat bolgan dori turidir.
Kukun dori turlari, asosan, qollanilishi bo‗yicha ikkiga bo‗linadi:
—
tashqi maqsadda (Pulveres ad usum dermicum) teri kasalliklari va ochiq yaralarni
davolashda ishlatish uchun kukun;
—
ichish (Pulveres ad usum peroralia) uchun kukun.
Shu bilan birga kukunlar o‗pka kasalliklarida ingalyatorlar bilan birgalikda ishlatiladi.
Tashqi maqsadda ishlatiladigan kukunlar agar ochiq yaralar va qattiq jarohatlangan
teriga qollaniladigan bo‘lsa, ular steril bolishi kerak. Ular bir dozali va ko‗p dozali
konteynerlarda qadoqlanishi mumkin.Bosim ostidagi konteynerlarda qadoqlangan tashqi
maqsadda ishlatiladigan kukunlar «Bosim ostidagi dori vositalar» maqolasi talabiga javob
berishi kerak.
Kukunlarni qadoqlashda ishlatiladigan konteynerlar «Konteynerlar ishlab chiqarish
uchun ishlatilagan materiallar» va «Konteynerlar» maqolalari talablariga javob berishi
(muvofiq bo‗ lishi) kerak.
Tashqi maqsadda ishlatilgan kukunlarni ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlashda va
realizatsiya qilishda «Dori vositalarining mikrobiologik tozaligi» maqolasi talablariga
muvofiq mikrobilogik tozalikni ta‘minlash choralari ko‗rilishi kerak.
103
Tashqi maqsadda ishlatiladigan steril kukunlar «Steril mahsulotlarni tayyorlash
usullari» maqolasi talablariga muvofiq sterillikni ta‘minlovchi va dori vositalarining
ifloslanishini hamda mikroor- ganizmlaming o‗sishini bartaraf etuvchi materiallar va usullar
yordamida ishlab chiqarilishi kerak.
Inyeksiya uchun mo‗ljallangan kukunlarda (eritmalar, suspen ziyalar va emulsiyalar)
«Dori vositalari sifatining standartlari. Asosiy qoidalar» tarmoq standarti TSt 42—01:2002
rasmiy nashrda keltirilgan quyidagi sifat ko‗rsatkichlari o‗rganilishi kerak.
1. Dori vositasining lotin, davlat va rus tillaridagi nomlari
2. Xalqaro patentlanmagan nomi
3. Tarkibi
4. Tavsifi
5. Chinligi
6. O‗rtacha og‗irligi va massaning bir xilligi
7. Erishi
8. Parchalanashi
10. Begona aralashmalar (o‗xshash birikmalar)
12. Mikrobiologik tozaligi
13. Dozalarning bir xilligi
14. Quritishdagi massa yo‗qotish
15. Miqdoriy tahlili
16. O‘rami
17. Yorliqlash
18. Tashish
19. Saqlash
20. Yaroqlilik muddati
21. Asosiy farmakoterapevtik guruhi
Do'stlaringiz bilan baham: |