Laboratoriya mashg‘ulotlari



Download 7,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet546/731
Sana26.08.2021
Hajmi7,3 Mb.
#156435
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   731
Bog'liq
Oquv uslubiy majmua(1)

Osmolyarlik.  1  –  usul.  Osmolyarlikni  Bekman  termometri  yordamida  aniqlash. 

Muzlash harorati 1 – rasmda ko‘rsatilgan qurilmada aniqlaniladi. Qurilma diametri 30-35 mm 

va  uzunligi  200  mm  bo‘lgan  A  idishdan  iborat  bo‘lib,  bu  idishga  tekshiriluvchi  eritma 

solinadi; idishning yuqori qismi kengaygan bo‘lib, B termometr va B aralashtirgichni joylash 

uchun  ikkita  teshikchaga  ega  bo‘lgan  tiqin  bilan  yopiladi;  A  idishni  kengroq  G  idishga 

o‘rnatilgan bo‘lib, A idish G  idishning devori yoki pastki qismiga tegmaydi; termometr ham 

A idishning devori va pastki qismiga tegmasligi kerak; G idishdagi sovituvchi aralashma sathi 

A  idishdagi  tekshiriluvchi  eritma  sathidan  past  bo‘lmasligi  kerak.  Tajribani  o‘tkazish 

davomida  eritma  termometrning  simobli  qismini  o‘rab  turishi  kerak.  Sovituvchi  aralashma 

harorati  erituvchining  (bidistillangan  suv  uchun  -3’-5ºC)  muzlash  haroratidan  3-5ºC  past 

bo‘lishi kerak; minus haroratni nazorat qilish uchun 0,5ºC bo‘limli D manfiy termometridan 

foydalaniladi. Sovituvchi aralashma tarkibi: muz-kristallik natriy xloridi.

 

 

A – tekshiriluvchi eritma solingan idish; B – Bekman termometri; V – aralashtirgich; G 



– sovituvchi aralashmali idish; D – sovituvchi aralashma haroratini o‘lchovchi termometr.  

Aniqlash  usuli.  Krioskopik  tajribani  o‘tkazish  uchun  Bekman  termometrini  shunday 

o‘rnatishda  simob  miqdori  hisobga  olinadi,  bunda    toza  erituvchi  muzlagan  vaqtda  

kapillardagi  simobning  meniski  o‘lchov  shkalasining  yuqori  qismida  joylashishi  kerak. 

Bundan tashqari suvli eritmaning muzlash haroratining pasayishi qayd qilinishi mumkin. 



321 

 

Erituvchi  yoki  tekshiriluvchi  eritmaning    muzlash  haroratini  aniqlash  uchun    ichki 



kichik probirkaga yon teshik orqali 28-30 g suyuqlik solinadi, huddi shu yerga aralashtirgich 

va Bekman termometri joylashtiriladi. Erituvchini sovushiga imkon beriladi (aralashtirmasdan 

sovutiladi)  va  termometr  kutilgan  muzlash  nuqtasidan  (0,2-0,3)  ºC  past  haroratni  ko‘rsatsa, 

aralashtirish  yordamida  erituvchi  kristallari  tushiriladi;  bundan  tashqari  suyuqlik  muzlash 

nuqtasigacha  qizdiriladi  –  maksimal  harorat  (  uch  marta  o‘lchash  orqali  olingan  natijalar 

orasidagi  farq  0,01  ºC  dan  ortmasligi  kerak),  bunda  kristallar  hosil  bo‘lishni  boshlagan 

vaqtdagi termometr ko‘rsatayotgan harorat  yuqoridagi ko‘rsatilgan usulda qayd qilib olinadi 

(T

1



). 

  Quritilgan  A  idishga  tekshiriluvchi  suvli  eritma  solinadi;  muzlash  nuqtasini  aniqlash 

toza  erituvchining  muzlash  haroratini  aniqlash  kabi  olib  boriladi;  uch  marta  o‘tkazilgan 

tajribaning natijalari tekshiriluvchi eritmaning muzlash nuqtasi (T

2

) kabi ro‘yxatga olinadi. 



Osmolyarlik quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi: 

                                                      (T

2

-T

1



) x 1000 

C

osm



, mOsmol/kg (mOsmol/l)=---------------------- 

                                                              1,858 

bu yerda: 1,858 – suvning molyal krioskopik doimiysi,1 mol moddani 1 kg suvda erishi 

natijasida muzlash nuqtasini pasayishi natijasida kelib chiqadi; 

1000 – osm/kg va mosm/kg kelib chiqish koeffitsiyenti; 

T

2



 – toza erituvchining muzlash harorati, (ºC); 

T



– eritmaning muzlash harorati, (ºC). 

Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo‘lishi kerak. 

2  –  usul  (Alternativ  usul).  Eritmaning  osmolyarligini  avtomatik  krioskopik  osmometr 

yordamida  aniqlash.  Aniqlash  Vitston  osmometri,  Germaniyaning  ―GONOTEK‖  firmasi 

tomonidan  ishlab  chiqarilgan    ―Osmomat  010‖,  ―Osmomat  030‖  asboblarida  olib  boriladi. 

Tajriba  asbobni  tozalangan  suvga  nisbatan  nol  nuqtasini  aniqlash  yordamida  amalga 

oshiriladi.  Buning  uchun  muzlatkich  katakchasiga  ichida  50  mkl  suv  bo‘lgan  probirka 

tushiriladi.  Asbob  avtomatik  tarzda  hisoblaydi  va  suvning  muzlash  haroratini  ko‘rsatadi,  bu 

vaqtda displeyda ―0,000‖ raqami paydo bo‘ladi. Tajriba oldidan osmometr standart kalibrlash 

eritmasi yordamida kalibrlanadi (Calibration standart N300 mOsmol/kg NaCl/H

2

O). 


So‘ng  toza  probirkaga  tekshiriluvchi  eritmadan  50  mkl  olinadi,  probirkani  muzlatkich 

katakchasiga joylanadi. Eritmaning muzlash harorati aniqlaniladi va bu ko‘rsatkich Osmol/kg 

da  o‘lchanadi  keyin  bu  o‘lchovni  1000  ga  ko‘paytirish  orqali  mOsmol/kg  o‘lchov  birligiga 

o‘tkaziladi. 

Osmolyarlik 209,0 mOsmol/l dan 254,4 mOsmol/l gacha bo‘lishi kerak. 

Pirogenligi.  Preparat  apirogen  bo‘lishi  lozim.  Test-doza  har  1  kg  hayvon  (quyon) 

massasiga 10 ml preparat. Vena orasiga sekinlik bilan 1 daqiqa davomida yuboriladi (DF XI, 

2-nashr, 183 b.). 




Download 7,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   542   543   544   545   546   547   548   549   ...   731




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish