Laboratoriya mashg`ulotlari. Bo’yovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarishdagi xavfsizlik qoidalari



Download 206,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana14.07.2022
Hajmi206,02 Kb.
#794670
  1   2   3   4
Bog'liq
1-laboratoriya mashguloti



Laboratoriya mashg`ulotlari. Bo’yovchi moddalar laboratoriya ishlarini bajarishdagi xavfsizlik 
qoidalari 
1.1. Umumiy qoidalar 
1
. O’yuvchi moddalarni sachrash va sochilib ketish ehtimoli bo’lgan ishlar (kislota va ishqorlar 
quyish, o’yuvchi aralashmalar va rux xloridini xovonchada ezish, alyuminiy xlorid bilan ishlash va 
boshqalar) bajarilganda ko’zni saqlovchi ko’zoynak kiyib olish lozim. 
2.
Sulfat kislotali qurilmada-suyuqlanish haroratsini aniqlashda, vakuumda haydashda, vakuum 
eksikator, kovsharlangan naychalar bilan ishlaganda ham albatta ko’zoynak taqish lozim. 
3.
Qizdiriladigan yoki gaz ajralib chiqishi molik bo’lgan qurilmalarni (priborlarni) butunlay berk 
holatda yig’ish mumkin emas, bunda sovutgich yoki gaz chiqargich naychalar o’rnatiladi hamda 
bularning og’zi berkilib qolmasligi kuzatilib turiladi. 
4
. Biror modda aralashtirilayotgan yoki qizdirilayotgan hamda reaktsiya olib borilayotgan 
priborga yaqin engashish kerak emas. 
5
. Kapillyarlar, shisha naychalar bilan ehtiyot bo’lib, qo’lni kesib olmay ishlash darkor. Shisha 
naychalarni tiqin teshiklariga kiritishdan avval ular uchlarini eritib, silliqlanadi va glitserin surtiladi. 
So’ngra ehtiyotlik bilan aylanma harakat orqali tiqinga tiqiladi. 
1.2. O’yuvchi va zaharli moddalar bilan ishlash qoidalari 
1.
Noxush hidli va zaharli moddalar bilan ishni faqat mo’rili (tortuvchi) shkafda olib borish 
kerak. Ishlashdan avval havo tortuvchi motor elektr tokiga ulab qo’yiladi. 
2
. Tarkibida kislotali guruhi bo’lmagan birikmalar benzol, toluol, ksilollar zaharlidirlar; ular qon 
tomirlar, asab sistemasi va miyaga ta’sir etadilar. Bu moddalar bilan zaharlanish og’ir kasallikka olib 
keladi. Yuqorida aytib o’tilgan moddalarning ko’pchiligi oson alangalanadi va yonadi. Shu sababli ular 
bilan ishni xavfsizlik qoidalariga amal qilgan holda mo’rili shkafda olib borish lozim, qizdirishni simlari 
yopiq elektrisitgichda va suvli hammomda olib boriladi, qurilmalar qaytarma sovutgichlar bilan 
jihozlanadi. 
3. 
Nitrobirikmalar qon tomirlarga ta’sir etadilar, ular odam organizmiga nafas yo’li yoki teri orqali 
o’tib qonning kislorod yutish qobiliyatini susaytiradilar va terini yallig’laydilar va dermatit kasaliga 
duchor qiladilar. Shu sababli nitrobirikmalar bilan olib boriladigan barcha ishlarni (nitrolash, ajratib 
olish va tozalash) mo’rili shkafda olib boriladi va natijada qo’l terisi bu moddalardan saqlanadi. Agar 
nitrobirikma teriga tushsa uni paxta bilan artib olinadi, keyin ko’p miqdordagi issiq suv bilan, so’ng spirt 
bilan yuvib tashlanadi. Nitrobirikmalar va aminlar bilan zaharlanish alomatlari sezilsa (xolsizlanish, 
bosh aylanish va og’rish, qo’l va oyoq qaltirashi, lab, burun uchi, quloq va tirnoqlarning ko’karishi) 
jabrlangan shaxsni tezda toza havoga chiqarish va meditsina punktiga yuborish lozim. 
Agar aminobirikma teriga to’kilsa, o’sha joy avval sirka kislota qo’shilgan iliq suv bilan, so’ng 
ko’p miqdordagi sovuq suv bilan yuviladi. 
4.
Spirtlar ichida eng xavflisi metil spirtidir. U asab sistemasi va qon tomirlariga ta’sir etadi, 
avval ko’rish nervlari va ko’z to’r pardasini shikastlaydi, ya’ni metil spirti bilan zaharlansa ko’r bo’lish 
mumkin. 
5
. Uglerod sulfid oson alangalanadi, uni faqat suv ostida saqlash mumkin. Agar havoda uning 
miqdori ko’paysa, odamni xushdan ketkizishi va o’ldirishi mumkin.
Agar tarkibida kam miqdorda uglerod sulfid bo’lgan havo bilan uzoq vaqt nafas olinsa, bosh 
aylanish va bosh og’riq kasaliga uchrash mumkin.

Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish