1-rasm. Jo mraksiz bruretkalar f 1) va byuretkalarning shlalivga o'rnati/ishi (2)
Buning uchun sig'imi pipetka sig'imidan katta bo'lgan quruq kolbaning massasi o'lchanib, unga pipetkadagi suv quyiladi va suv bilan kolbaning massasi o'lchanadi. O'lchash uch marta takrorlangandan so'ng natija yuqoridagiday hisoblanib, pipetkaning hajmini xuddi o'lchov kolbaning hajmini o'lchagandagi kabi hisoblanadi.
Byuretkaning sig'imini tekshirish tartibi. Titrlash uchun ishlatiladigan byuretkalar 1,5,10,20 25, 50 va lOOm/sig'imli bo'lib, ularda ham hajm va uni o'lchash temperaturasi (odatda 20 °C) ko'rsatilgan bo'ladi. Pipetkaning haqiqiy hajmi ham unda ko'rsatilgandan farq qilishi mumkinligi uchun uning sig'imini tekshirish kerak.
Byuretkalar bilan ishlashda ularni vertikal holatda shtativga o'rnatish (1-rasm) kerak. Byuretkadan foydalanishga kirishishdan oldin u tozalanishi kerak. Iflos byuretka tozalab yuvilgandan so'ng unga titrant solinadi. Byuretkalar kranli, sharikli yoki shlangli bo'ladi. Har ikkala holda ham byuretkaning pastki qismi suyuqlik bilan to'ldirilgan bo'lishi kerak, aks holda hajmni o'lchash noaniq bo'ladi. Har bir ishni boshlashdan oldin byuretka titrant bilan yuqorigi chizig'igacha to'ldirilgan bo'lishi kerak. Byuretkani titrant bilan to'ldirish uchun kichikroq toza voronkadan foydalanish qulay. Titrlashda qo'shiladigan titrant hajmini kuzatish vaqtida suyuqlik sathi bilan ko‘z bir xil balandlikda bo'lishi kerakligiga e’tibor berish kerak. Titrlash vaqtida byuretkadagi suyuqlik sekin oqizilishi kerak, bunda byuretka devorlaridagi suyuqlik to'liq oqib tushadi. Titrlashning oxirida qo'shiladigan titrant tomchilanadi. Byuretkadagi suyuqlik kamida bir titrlashga yetarli bo'lishi kerak. Parallel titrlashlar natijalari (titrant hajmlari) orasidagi farq 1-3 % xato oralig'ida bo'lishi kerak. Kranli byuretkaning krani ishqor eritmasi bilan qoldirilsa, yopishib qoladi. Shuning uchun ham titrlash tugagach, byuretkadagi titrant (qanaqa bo'lishidan qat’i nazar) to'kiladi va byuretka toza suv bilan astoydil yuviladi va distillangan suv bilan to'ldirilib, qoldiriladi. Byuretkaning krani grafit qalam yordamida «moylangan» bo'lishi kerak.
Byuretkaning haqiqiy hajmini tekshirish uchun u distillangan suv bilan yuqorigi chizig'igacha to'ldiriladi. Byuretka ostiga analitik tarozida tortilgan qopqoqli byuks o'matilib, unga muayyan hajm (masalan, 5 ml) suv sekin oqiziladi va qopqoq berkitilib uning massasi o'lchanadi. Yana byuretka chizig'igacha to'ldirilib, boshqa aniq o'lchangan byuksga undan ko'proq hajm (masalan, 10 ml) suv oqiziladi va uning massasi o'lchanadi. Shu tariqa bir necha xil hajmli suv massalari oqizilib byuretkaning haqiqiy hajmi topiladi. Suvli byuks massasi bilan bo‘sh byuks massasi orasidagi farq suvning massasiga to'g'ri keladi.
O'lchov natijalari quyidagicha yozilishi mumkin:
Byuretka shkalasidagi o'lchov:
Birinchi tortish natijasi, g0-5; 0-10; 0-15 va hk.
Bo‘sh byuks massasi, g
Ikkinchi tortish natijasi, g
Suvli byuks massasi, g
Uchinchi tortish natijasi, g
Suvning massasi, g
Tortishlarning o'rtacha qiymati, g
Byuretkaning hajmiga kiritiladigan tuzatish D V- Vh- F.
Bu yerda, Vh - byuretkaning haqiqiy hajmi, ml; Vn - byuretkaning nominal (ko'rsatilgan) hajmi, ml.
Tuzatish hisoblangandan so'ng uning qiymati ishorasiga mos ravishda byuretkaning nominal qiymati qo'shiladi (ayiriladi) va shu tariqa eritmaning haqiqiy hajmi hosil qilinadi.
Ayrim hollarda tomchilab titrlash amalga oshiriladi. Bunday hollarda bir tomchining hajmini bilish muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |