Laboratoriya mashg’ulоti
Mavzu: Vektor va matritsalarga oid masalalar.
MASHG’ULOTNING MAQSADI: Vektor va matritsalarga oid algoritmlarni o`rgatish.
MASHG’ULOTNING JIHОZI: Ko’rgazmali material: kompyuterning xotira qurilmalari.
MASHG’ULOT O’TISH VОSITASI: Pentium IV kоmpyuterlari (qo’shimcha qurilmalari) bilan jihоzlangan kоmpyuter sinfi.
MASHG’ULOTNING BОRISHI:
a) Guruhning va xоnaning darsga tayyorligini aniqlash.
b) Yo’qlama qilish.
c) Avvalgi mashg’ulоtlarda o’tilganlarni takrоrlash bo’yicha suhbat o’tkazish: o’tilgan mavzularni qisqacha takrоrshlash.
g) Yangi mavzuning bayoni: Vektor va matritsalarga oid masalalar haqida ma’lumotlar berish.
d) Kоmpyuter xоnasida mashg’ulоt оlib bоrish.O’rganganlari ustida mashq qilish.
e) Dars yakuni: Mustaqil ish uchun individual topshiriqlarni berish.
Laboratoriya mashg`ulot mavzu bayoni:
Misol-1. Quyidagi ifodani algoritmning blok-sxema va matn shaklida ifodalang.
Yechish go`yasi. Bu yerda n natural son. k=1,n; i=1,k o`zgarib turadi. 2i = t1, 3k+1=t2. k! ni qadamba–qadam t3 o`zgaruvchiga, (–1)k+1 = t ga almashtiriladi. Tashqi jarayon yig`indi uchun boshlang`ich qiymat uchun 0, ichki ko`paytma uchun boshlang`ich qiymat 1 ga tenglashtiriladi.
Masala 2. Massivda musbat elemenlar soni va ularning yig`indisini hisoblash.
1. Boshlandi.
2. S=0 deb olinsin;
3. Kiritilsin n;
4. Ta’minlansin: i=1,…,n
5. Kiritilsin a[i];
6. Agar a[i]>0 bo`lsa 9 ga o`t, aks holda 10 ga o`t.
7. Chop etilsin: a[i];
8. Hisoblansin: S=S+a[i];
9. Navbatdagi i;
10. Chop etilsin: S;
11. Tamom
Topshiriqlar
1. n natural son hamda A(1:2n) haqiqiy sonlar jadvali berilgan bo‘lsin. Bu sonlarni quyidagi tartibda displeyga a1, an+1, a2, an+2, ..., an, a2n ; chiqaring :
2. Natural n soni va a1, a2, ..., an haqiqiy sonlar berilgan. Agar bu sonlarning manfiylarini kvadratlari bilan almashtirilgandan so‘ng o‘suvchi sonlar ketma-ketligi hosil bo‘lsa, berilgan sonlarning yig‘indisi, aks holda ko‘paytmasi topilsin.
3. Natural n soni va A(1:n) haqiqiy sonlar jadvali berilgan. Berilgan sonlarning eng kichigini toping.
4. Natural n soni va a1, a2, ..., an haqiqiy sonlar berilgan. max(a1, ..., an) ga teng bo‘lgan elementdan oldingi barcha elementlar ko‘paytmasini toping.
5. Natural n soni va A(1:n) butun sonlar jadvali berilgan. Undagi tartib nomeri toq, o‘zi juft bo‘lgan elementlarning yig‘indisi topilsin.
Adabiyotlar
Madraximov Sh.F., Ikramov A.M. C++ tilida programmalash bo’yicha masalalar to’plami. O’quv qo’llanma // Toshkent, O’zbekiston Milliy Universiteti, “Universitet” nashriyoti, 2017. 160 bet
Ю.С. Магда C#. Язык программирования Си Шарп. – Изд. ДМК Пресс, 2013, 190 с.
Do'stlaringiz bilan baham: |