LABORATORIYA MASHG‘ULOTI №6 ELEKTR YOY PECHINING XARAKTERISTIKALARINI O‘RGANISH (4 soat) Reja: 1. Nazariy qism.
2. Laboratoriya qurilmasining tasnifi.
3. Topshiriq.
4. Tajriba ishini bajarish tartibi.
5. Tajriba natijalarini qayta ishlash.
6. Hisobot tayyorlash tartibi.
7. Nazorat savollari.
Yoy pechi elektrik xarakteristikalarini eksperimental - hisob metodi bilan qurishni o‘rganish.
I. Nazariy qism Elektr yoy pechlari sanoatning metallurgiya, kimyo sanoati, mashinasozlik va boshqa turli sohalarida qo‘llaniladi. Ular bilvosita, bevosita va qarshilik yoy pechlariga bo‘linadi.
Bilvosita ishlovchi yoy pechlarida elektr yoy razryadi qizdirilayotgan material ustida joylashgan elektrodlar orasida yonib, elektr yoyi bilan eruvchi element orasidagi issiqlik almashinuvi nurlanish orqali amalga oshiriladi. Bilvosita ishlovchi yoy pechlari rangli metallar va ularning qotishmalarini hamda cho‘yan va nikelning ayrim navlarini eritish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy afzalligi metallning kam kuyishidir, chunki elektr yoy razryadi eruvchi element bilan bevosita to‘qnashmaydi.
Bevosita ishlovchi pechlarda yoy elektrod va eruvchi metall o‘rtasida yonadi va u elektr zanjirining bir qismi hisoblanadi. Bunday pechlar po‘lat erituvchi vakummli va plazmali qilib ishlanadi. Aralash qizdiruvchi yoy pechlarida yoy eritiladigan shaxta ichidagi gaz oralig‘ida yonadi va eritma pechning tagida yig‘iladi. Bunday pechlarda issiqlik yoyda va shaxtaning elektr qarshiligida ham ajralib chiqadi, shuning uchun ularni qarshilik yoy pechlari deyiladi. Pechning quvvatini rostlash manba orqali yoy tokini, hamda yoy uzunligini elektrodlarni oʻzaro yaqinlashtirib va uzoqlashtirib o‘zgartirib amalga oshiriladi.
Yoy pechlarining asosiy elektr jihozlari quyidagilardan iborat:
Elektrod va vannali pech, uning ichida yoy yonadi va ishlov beriladigan material joylashtiriladi;
Pasaytiruvchi transformator;
Drossellar;
Transformator ikkilamchi chulg‘ami va pech elektrodlarini bog‘lovchi qisqa tarmoq;
Kommutatsiya qiluvchi, o‘lchov va himoyalash apparaturalari.
Yoy elektr pech qurilmalarida bosh va yordamchi tok zanjirlari mavjud.
Bosh tok zanjiri asosiy elektr jihozlar va elektr yoyini o‘z ichiga oladi. Yordamchi zanjiriga boshqaruv, o‘lchash vahimoya avtomatikasi va boshqalar tegishlidir.
Pech transformatorlari elektr yoy pechlarini ta’minlash uchun kerak bo‘lib, ular quyidagi xususiyatlarga ega:
a) past kuchlanish tomonda nominal tokning qiymatlari yuqori (o‘nlab va yuzlab kiloampergacha);
b) transformatsiya koeffitsiyenti katta (6,10,35,110 kV kuchlanishlarni bir necha yuz voltgacha transformatsiyalash);
d) kuchlanish pog‘onalari soni va o‘zgarish diapazoni kuch transformatorlariga nisbatan ko‘p (kuchlanish 500 % gacha rostlanadi, 40 va undan ortiq pog‘onaga ega );
e) transformatorlar tok qiymati (2,5-3) marta ko‘p bo‘lgan ekspluatatsion qisqa tutashuvlarga o‘ta chidamli va yuqori mexanik mustahkamlikka ega.
Yoy pechlarining energetik parametrlarini ish rejimi o‘zgarishi bilan o‘zgarib borishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun pechning ishchi va elektr xarakteristikalarini ko‘rib chiqish kerak.
Pechning energetik ish xarakteristikalari deb quyidagilar hisoblanadi:
qurilmaning to‘la aktiv quvvatini Pakt. tokka bog‘liqligi;
yoy quvvati Pduga tokka bog‘liqligi,
elektr isrofi Welva issiqlik isrofini Wis tokka bog‘liqligi;
elektr FIK, quvvat koeffitsienti cosφ, eritishga ketgan elektroenergiya
miqdori G va erish davomiyligining τ tokka bog‘liqligi.
Transformator ikkilamchi chiqish tarafidan yoy pechining elektrodigacha bo‘lgan o‘tkazgich qisqa tarmoq deyiladi. Qisqa tarmoq bo‘ylab juda katta miqdordagi toklar oqqani uchun, uning o‘tkazgichlari katta kesim yuzasiga ega va mis lentali paketlar, mis shinalar yoki suv bilan sovitiladigan trubalar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Ekspluatatsiya davomidagi qisqa tutashuvda tok sakrashlarini chegaralash va manbaning pasayuvchi xarakteristikasini hosil qilish orqali yoyning yonishini stabillashtirish uchun drossel yoki reaktor xizmat qiladi.
Yoy pechli qurilmalarda o‘ta yuklanish toklaridan va avariya qisqa tutashuvlaridan himoya zarur. O‘ta yuklanishdan himoyani odatda pastki kuchlanish tomonidan sabr vaqtli maksimal rele yordamida amalga oshiriladi. Avariya qisqa tutashuv tokidan himoya yuqori kuchlanish tomonidan lahzali ishga tushuvchi maksimal rele orqali amalga oshiriladi.