Laboratoriya mashg‘uloti №2
Mavzu: Ma’lumotlarning axborotli modellari: faktografik, relyasion,
ierarxik, tarmoqli; axborotli modelni yaratish bosqichlari
Mashg‘ulotning maqsadi:
Axborot tizimlari bo‘yicha yetarli ko‘nikma va
malaka hosil qilish.
Boshqaruv tizimi modeli. Boshqaruv tizimi o’zining tarkibiy nuqtai
nazaridan ko’p sonli funktsional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat
bo’lib, boshqarishning to’liq davrini namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni
bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish,
nazorat, tahlil etish va tartibga solish (4.5-rasm).
Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi.
Yuqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga
mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi.
O’rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi
shakllanadi yoki ko’rinishini o’zgartiradi (tashkil etish konturi). Quyi darajada
yuzaga kelgan og’ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la
olishini ta’minlaydi.
Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob’ektining o’zaro
aloqasi aniq nomoyon bo’ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech
bir ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan
hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof-muhitning taxminiy ta’siri va tizim
faoliyatining me’yoriy rejimdan chalg’ish bilan bog’’liq bo’lgan boshqaruv
buyruqlari.
I(v) - tashqi muxitning statsionar shart-sharoitlari xaqidagi axborot;
I(b) - tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar; I(R) - boshqariladigan ob’ekt
harakatlari to’g’risidagi axborot;
I(i) - boshqariladigan ob’ekt holati to’g’risidagi axborot;
I(a) - tahliliy axborot;
I(y) - hisobot axboroti;
I(q) - bashoratlash axboroti;
I(k) - nazorat axboroti;
I(n) - me’yoriy axborot ;
W(n) - reja axboroti;
W(m) - dasturiy axborot;
W(p) - tartibga soluvchi axborot;
W(o) - tashkiliy axborot.
Quyida to’liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko’rib
chiqamiz.
1.
Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatini,
boshqariladigan
ob’ektning
o’zini
tutishini
aniqlash
maqsadida
ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini
baholashdan iborat.
2.
Rejalashtirish - bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab
chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun
mablag’larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat.
Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o’z ichiga oladi. SHu maqsad
va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi.
3.
Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo-ritmini
ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma-ketligi hamda o’zaro
aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat.
4.
Tashkil etish - mustahkam (bardoshli) ob’ektlar yoki jarayonlar tuzilmasini
o’zgartirishi yoki ko’rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida boshqariladigan
ob’ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu
qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir.
5.
Me’yorlashtirish
-
tizimning
xususiyatlarini
ifodalovchi
statistik
ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish va ular asosida tizimning bir
me’yorda faoliyat ko’rsatishini ta’minlab turish.
6.
Hisobga olish boshqariladigan ob’ekt va tashqi muhit parametrlari
majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab
qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda
mantiqiy operatsiyalarni o’z ichiga oladi.
7.
Nazorat qilish - boshqariladigan ob’ektlarning me’yorida ishlashidan
chalg’ishi to’g’risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat.
8.
Operativ boshqarish - tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy
rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni
qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor
o’lchovlari o’zgarishiga ko’ra boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatishidir.
Tahlil - tizimning joriy holatini o’rganishda ish samaradorligini oshirish uchun
uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat.
SHunday qilib, boshqaruv shakl nuqtai-nazaridan axborot jarayonini
ifodalaydi. Boshqaruv mohiyati esa boshqaruv tizimidagi olingan barcha axborotni
qayta ishlash, qarorlar qabul qilish hamda boshqariladigan ta’sir ko’rinishida
boshqaruv ob’ektlariga natijaviy axborotlarni berishdan iborat.
Boshqarish tizimi kishilarning moddiy dunyoda biron bir jarayonni tashkil
etish sohasidagi muayyan maqsadga qaratilgan faoliyatdir. Boshqarish tizimi
ishlashi uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:
1.
Boshqarish ob’ektlarining mavjudligi.
2.
Mazkur ob’ekt faoliyatining maqsadi ma’lum bo’lishi. Boshqarish tizimi
mustaqil harakat qilishi uchun muayyan xuquqlarga ega bo’lishi.
3.
Boshqaruvchi
ob’ektning boshqariluvchi ob’ekt xaqida mufassal
ma’lumotlarga ega bo’lishi.
Iqtisodiy
axborot
tizimining
kontseptual
modeli.
Axborot
tizimi
foydalanuvchilarning talabiga muvofiq axborotlarni yig’ish, qayd etish, uzatish,
saqlash, to’plash, qayta ishlash, tayyorlash va taqdim etishga mo’ljallangan.
Kontseptual nuqtai nazardan qaraganda, axborot tizimi - bu operatsiyani bajaruvchi
tizim va boshqaruvchi tizim o’rtasidagi vositachi sanaladi (4.6-rasm).
Axborot texnologiyasi axborot tizimi ichidagi texnologiya sanaladi. Axborot
tizimi tizimdagi ma’lumotlar, axborotlar bilan operatsiyani amalga oshiradi.
Axborot tegishli muammoga qaratilgan bo’lib qarorlar qabul qilish uchun asos
bo’lib xizmat qiladi. Axborot hal etilishi lozim bo’lgan vazifaga muvofiq va ushbu
vazifani hal etuvchi xodimning qobiliyatiga muvofiq qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |