Hujjatlarni tahrirlash va bosib chiqarish
1. Ma'lumotlar kiritish
Katakka ma'lumot kiritish lozim bo'lganda, avval u
aktivlashtiriladi, so'ngra mazkur katakka tekst, kun, sana, vaqt yoki
formula kiritish mumkin. Katakdagi ma'lumot turi kiritilayotgan
vaqtda avtomatik tarzda aniqlanadi.Agar ma‘lumotni son
ko'rinishida ifoda etish zarur bo'lsa, Excel avvaliga shunday
tushunadi. Aks holda ma‘lumot matn deb tushuniladi. Formulalar
kiritish = belgisi bilan boshlanadi. Tekst(matn) va son kiritish.
Ma'lumotlarni kiritish to'g'ridan to'g'ri joriy katakka yoki formulalar
qatorida bajariladi. Kiritish joyi matnli kursor bilan belgilanadi.
Agar alfavit sonli klavishlar bosish bilan ma'lumotlarni kiritish
boshlansa, joriy katak kiritilayotgan matn bilan almashtiriladi.
Agar formula qatorida sichqoncha bilan chiqqillatilsa yoki
joriy katak ustida ikki marta sichqoncha chiqqillatilsa, u holda
katakdagi eski 7 ma'lumot o'chib ketmaydi va uni tahrirlash
imkoniyati paydo bo'ladi. Kiritilayotgan ma'lumotlar har bir holda
ham katakda, hamda formula qatorida ifodalanadi. Ma'lumotlar
qatorini kiritish. Budjet tuzish yoki prognoz qilishda ko'pincha
regulyar ketma-ketlikda sana, son va matnlar qatorini kiritish zarur.
Excel bu ishni bajarishni Автозаполнение vositasidan foydalanish
bilan yengillashtiradi. Автозаполнение vositasini qo'llash hisobiga
son, sana, vaqt va kalit so'zlar, hamda kunlar, oy nomlari va ular
qisqartmalarini farqlab aniqlaydi. Qiymatlar qatori ikki usulda hosil
qilinadi:
Автозаполнение yordamida yonma-yon kataklar diapazonini
qator qiymatlar to'ldirish uchun 2-ta usul mavjud: 1-usulda
ko'rilayotgan birinchi katakka qiymat kiritiladi. So'ngra markerini
diapazondagi kataklarga ko'chirilsa(sudralsa), qator qiymatlari
paydo bo'ladi. Agar qator qiymatlari katakdan katakka to'ldirib
borilsin desangiz Ctrl klavishasini bosib turing. 2-usul Правка,
Заполнить, Прогрессия yordamida kataklarni qator qiymatlar bilan
to'latish imkoniyati ko'proq hisoblanadi. Bu usulda birinchi katakka
sana yoki kun qiymati kiritib, so'ng kerakli diapazonni belgilaysiz.
Правка, Заполнить, Прогрессия buyruqlarini ketma-ket bajarilsa,
Прогрессия dialog darchasi ekranda paydo bo'ladi. U yerda esa
qanday qator hosil qilishni ko'rsatsangiz bas, buning uchun,
sichqonchani o'ng tugmasi kerakli katak ustida bosiladi va Выбор
из списка menusidan foydalanasiz.
2. Katak va diapazonlarni belgilash
Belgilangan diapazon ustida barcha kataklar bir vaqt ichida
formatlash, shuningdek Автовычисление vositasi yordamida bu
kataklar summasi yoki o'rta qiymati va boshqalarni amalga oshirish
mumkin. Diapаzonni belgilash uchun quyidagi amallarni bajarish
lozim. Biror bir intervaldagi kataklarni belgilash uchun, interval
yuqorisidagi katakning bir burchagiga sichqonchani chiqqillatib,
intervalni qarama-qarshi burchagiga tortish kerak. Bir-biriga bog'liq
bo'lmagan kataklarni belgilashda, intervaldagi birinchi katakni
belgilab, Ctrl klavishasini bosgan holda ixtiyoriy katak ustiga
sichqonchani olib borib, chiqqillatish lozim.
Ustunni butunligigacha belgilashda ustun sarlavhasida, yaxlit
qatorni belgilashda qator nomerida sichqoncha chiqqillatiladi. Bir
necha ustun yoki qatorni belgilash uchun, shu ustun yoki qator
sarlavhasi ustida sichqonchachani cho'zish lozim. Ishchi varaqni
belgilash uchun, Выделить все tugmasi bosiladi. Bu tugma qator
va ustun sarlavhalarining chap burchagidagi kesishmasida
joylashgan bo'ladi.
3. Diapazon nomlari bilan ishlash
Formulalarni ko'rish va eslab qolishni osonlashtirish uchun bir
necha kataklarga nom berish mumkin. Misol uchun + foyda
summasi
-harakat-summasi
formulasidan
darhol
qanday
ma'lumotlar ishlatilayotganini aniqlash mumkin. Katak yoki
diapazonga nom berish uchun: Katak yoki diapazon belgilanadi,
hamda formula qatorining (строка формул) chap tomonida
joylashgan nom maydoniga (Поле имен) nom kiritiladi. Вставка,
Имя, Присвоить buyrug'i tanlanadi. Paydo bo'lgan Присвоение
имени dialog darchasida diapazon beriladigan nom teriladi. Agar
ishchi varaqda ustun va qator sarlavhasi mavjud bo'lsa, u holda
unga formula orqali murojaat qilish yoki bog'langan katak nomlari
ko‘rinishida foydalanish ham mumkin. Undan tashqari, hosil
qilinadigan turdagi kataklar yoki kataklar guruhini turli ishchi
varaqlarda ifoda etadi. Diapazon albatta harf yoki tagiga chizish
simvoli bilan boshlanib, nomning o'zga simvollari esa harf, son
yoki tagiga chizish simvoli bo'ladi. Probel ishlatish mumkin emas.
Formulaga katak va diapazon nomi Вставка, Имя, Вставить
buyrug'i tanlanadi va paydo bo'lgan dialog darchaga nom kiritish
mumkin
Kataklarni tahrirlashda uch xil holat ko‘riladi. Birinchisi -
katak belgilanadi va uning ichidagi qiymatning o'rniga yangi
qiymat kiritish mumkin. Bu qiymat eski qiymatni avtomatik tarzda
almashtiradi. Ikkinchi holat. Katakning qiymatini tahrirlash uchun
katak ustida sichqoncha ikki marta chiqqillatiladi va formula
qatorida katak qiymatini tahrirlash mumkin bo'ladi. Uchinchi holat.
Katak ichidagi qiymatni o'chirish uchun, katakni belgilab Delete
klavishi bosiladi.
Berilganlarni formatlash Maqsad: Excelda ishlatiladigan
ma'lumotlarning
asosiy
turlarini
o'rganish,
kataklardagi
berilganlarni formatlash operatsiyalari: jadvaldagi qator enini, ustun
balandligini o'zgartirish, shrift turini, o'lchamini, shaklini tanlash,
katak ichini tekislashni, sonlar taqdim etishni tanlash, katakni
hoshiyalash (ramkaga olish) va uni rang bilan belgilash.
Elektron jadvalni yaratishda ishchi varaqni ma'lumotlarni
to'ldirgandan so'ng, berilganlarni ko‘rinishi e'tiborga loyiq qiyofaga
keltirish, keyingi etap hisoblanadi. Ishchi varaqning elementlarini
sozlash uchun formatlash vositasi hisolanmish turli shriftlardan,
shuningdek, grafik obyektlar hosil qilish, katak заливкалари
(tagranglari) uchun ranglar va uzorlardan foydalanish mumkin.
Kataklani formatlash uchun: kataklar diapazoni ko'rsatiladi va
Формат ячеек dialog darchasi chaqiriladi. Bu darcha Формат
ячейки buyrug'i yordamida yoki Формат ячеек kontekst menusi,
yoki Ctrl+1 klavishlar kombinatsiyasini bosib chaqiriladi. Agar
kataklar uchun oldindan sonli (числовой) format aniqlanmagan
bo'lsa, ular umumiy (общий) formatdan foydalaniladi. Undan
tashqari, kataklar uchun quyidagi formatlarni berish mumkin.
Числовой, денежный, финансовый, текстовой, процентный,
дата va boshqalar. Shuningdek, shaxsiy sonli format yaratish ham
mumkin: Числовой, денежный, финансовый, процентный, va
экспоненциальный formatlarda o'nlik nuqtalarning sonini aniqlash
va ba'zi hollarda manfiy sonlarning tashqi ko‘rinishini sozlash
parametrlariga ega. Общий va Текстовый formatlari qo'shimcha
parametrlar saqlamaydi. Формат panel instrument o'nlik nuqtadan
keyin kelishilgani, o'nlik razryadlar sonini va minglik ajratish bilan
sonlar chiqarish imkonini beradi.
Shuningdek, manfiy sonlarni qizil yoki qora rangda taqdim
etish mumkin. Формат instrumentlar paneli yordamida ko'pincha
ishlatiladigan денежный, финансовый, процентный nomidagi
sonli formatlardan qulay foydalanish mumkin. Pulli ifodalar
qiymati nuqtadan keyin ikkita raqam va pul birligi belgisida taqdim
etiladi. Ba'zan, sonli format aniqlangan kataklarda ### simvollari
chiqadi. Bu ustun kengligi sonni ifodalash uchun yetarli emasligini
bildiradi. Sichqonchacha yordamida ustun enini o'zgartirish uchun,
sichqoncha ko'rsatkichini ustun sarlavhasini o'ng chegarasiga
keltiriladi va sichqoncha ko‘rsatkichi ikki yoqlama gorizontal
strelka qiyofasiga kirgach, agar ustunni kengaytirish kerak bo'lsa
uni o'ng tomonga, agar ustunni enini qisqartirish lozim bo'lsa chap
tomonga suriladi.
Формат, Столбец, Ширина buyrug'i yordamida ustun enini
o'zgartirish mumkin. Excel jadval ustunida o'zgartirishni qo'lda
bajarishdan tashqari, konkret katakda qiymatni to'liq ifodalanishi
uchun ustun enini avtomatik tarzda sozlash imkonini beradi. Bu
quyidagicha bajariladi: ustun sarlavhasining o'ng chegarasida
sichqoncha ko'rsatkichini keltirilib, chap tugmani ikki marta
chiqqillatish kerak. Kataklarning balandligini o'zgartirish uchun
ayniy amallar bajariladi.
Форматирование ячеек dialog darchasida Выравнивание,
Шрифт, Граница, Вид qo'shimchalari yordamida jadvallarning
sarlavhalarini professional tarzda bezash mumkin. Excelda
Условное форматирование vositasi paydo bo'ladi. Uning
yordamida katak yoki blok, diapazoni format (shrift, chegara, rang)
bilan to'ldirish oson, katakda qabul qilingan qiymatga bog'liq
ravishda uning formati o'zgaradi. 2. Termin va tushunchalar.
Kataklarni formatlash, tenglashtirish, shrift, chegara, qiyofa, shartli
format.
Do'stlaringiz bilan baham: |