LABORATORIYA MASHG’ULOT №4
POLIMER KOMPOZITSION MATERIALLARNI QAYTA ISHLATISH
USULLARI BILAN TANISHISH
Ishdan maqsad: Polimer kompozitsion materiall (plastik massalardan) presslash
usulida detallar tayyorlash texnologik jarayonlar bilan tanishish
Ishni bajarish tartibi:
1.Umumiy ma’lumotlar.
2.Foydalaniladigan uskuna, moslama va o’lchov asboblari.
Hisobotga qo’yilanadigan talablar:
Amaliy ish bo’yicha to’liq hisobot rasmiylashtiriladi va talaba tomonidan
himoyaga taqdim qilinadi.
1.Umumiy ma’lumotlar.
Ma’lumki, plastmassalar deb tabiiy yoki sintetik yuqori malekulyar birikmalar
asosida olingan materiallardir. Plastmassalar ma’lum sharoitda (harorat va bosimda)
osongina kutilganda shaklga o’tib, bu shaklni saqlaydi. SHu bilan birga zichligini
kichikligi (0,05—2,0 g/m
3
), korroziya bardoshligi, ishqalanish koeffitsienti keng
chegarada o’zgarishi, dielektrikligi, kam yeyilishi, aniq shaklli va o’lchamli, tekis
yuzali detallar osongina tayyorlanishi, mexanik ishlovlar talab etilmasligi kabi
xossalariga ko’ra mashinasozlikda ulardan konstruktsion materiallar sifatida keng
foydalanilmoqda. Plastmassalar tarkibiga ko’ra ular oddiy va murakkabllarga
ajratiladi. Oddiylariga bir komponentli polistirol, polietilen, pleksiglas, kapron,
polivinil xlorid va boshqalar kirsa, murakkablilariga ko’p komponentli fenoplastlar,
ftorplastlar, tekstolit, getinaks, aminoplastlar va boshqalar kiradi.
Ko’p komponentli plastmassalar komponentlarning funktsiyasiga ko’ra ular
quyidagicha ajratiladi.
1. To’diruvchilar. Plastmassalarning xossalarini yaxshilash bilan ularning narxini
arzonlashtiruvchi komponetlar to’ldiruvchilar deyiladi. To’ldiruvchilar sifatida
yog’och uni, grafit, talьk, qorog’, chiqindi iplar, asbest, slyuda va boshqalardan
foydalaniladi.
2. Plastifikatorlar. Plastmassalarning plastikligini oshirish maqsadida ularga
qo’shiladigan komponentlar plastifikatorlar deyiladi. Plastifikatorlar sifatida
kamfora, kanakunjut moyi, dibutilftolat va boshqalardan foydalaniladi.
Z. Katalizatorlar. Plastmassalarning qattiq holga o’tish jarayonini tezlatuvchi
komponentlar katalizatorlar deyiladi. Katalizatorlar sifatida magneziya, urotropin,
oxak va boshqalardan foydalanilatsi.
4. Stabilizatorlar. Plastmassalarning xossalarini saqlashga xizmat etuvchi
komponentlar stabilizatorlar deyiiladi. Ular sifatida aminlar, qorakuya va
boshqalardan foydalanadi.
5. Bog’lovchilar. Plastmassalar tarkibiga kirgan komponent zarrachalarini
o’zaro puxta bog’lovchichi komponentlar bog’lovchilar deyiladi. Bog’lovchi
moddalar sifatida smolalar, bitumlar, kanifol va boshqalardan foydalaniladi.
6. Moylovchilar. Plastmassalardan presslash yo’li bilan pressqolipda buyum
olishni osonlashtirish va ularning qolip devorlariga yopishib qolmasligini
ta’minlovchi komponentlar moylovchilar deyiladi.
7. Bo’yoqlar. Plastmassalardan olinayotgan buyumlarga ko’rk berish, ularning
turli muhtlarga chidamli etuvchi komponetlar bo’yoqlar deyiladi. Bo’yoqlar sifatida
xrom yoki rux oksidlar, alyuminiy kukunlar, belila, surik, oxra va boshka
modalardan foydalaniladi. SHuni qayd etish lozimki, plastmassalarniig xossalari
komponentlari xili va miqdoriga, tuzilishiga bogliq. Ko’incha plastmassalarda
to’diruvchilar 40—70%, bog’lovchi 30—60%, moylovchilar 1—2%, bo’yoqlar 1—
1,5% qolganlari yanada kamroq bo’ladi.
Plastmassalar fizik-mexanik xossalariga ko’ra termoplastik va termoreaktiv
xillarga ajratiladi.