Лаборатория машғулотлрининг мавзулари



Download 2,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/33
Sana29.09.2021
Hajmi2,96 Mb.
#189061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Raqamli va dasturiy boshqarish УСЛУБИЙ КУРСАТМА

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

 





1 – LАBОRАTОRIYA ISHI 

Arduino mikrokontrollyori va Arduino IDE dasturi bilan tanishish 

 

 



1.  Ishdan  maqsad:  talabalarni  operatsion  tizim,  raqamli 

texnologiyalar,  dasturlash,  mikrokontrollyorlar  hamda  boshqa  qurilmalar 

bilan tanishtirish va ishlash asoslarini o‗rgatish.  

 

 



                                     2. Nazariy qism 

 

Arduino  –  elektronika  bilan  shug‗ullanuvchilar  uchun  elektron 

qurilmalarni  tez  ishlab  chiqish  uchun  mo‗ljallangan  elektron  konstruktor 

va  qulay  platformadir.  Platforma  dasturlash  tilining qulayligi,  shuningdek 

arxitektura  va  dastur  kodining  ochiqligi  tufayli  keng  tarqaldi.  Mohiyatiga 

ko‗ra  Arduino  kichik  kompyuter  bo‗lib,  virtual  dunyo  doirasidan  fizik 

dunyoga chiqishga va u bilan o‗zaro ta‘sirlashishga imkon beradi. Arduino 

bazasidagi qurilma atrof   muhitdan turli datchiklar orqali axborotni olishi 

mumkin,  shuningdek  turli  bajaruvchi  qurilmalarni  boshqarishi  mumkin. 

Arduinoga  asoslangan  qurilma  loyihasi  mustaqil  ishlashi  mumkin  yoki 

kompyuterning dasturiy ta‘minoti bilan o‗zaro ta‘sirlashishi mumkin. 

  

 



 

1-rasm. Arduino mikrokontrollyor turlari 

 



 

 

 



Arduino UNO Atmega328 mikrokontrollyoriga asoslangan bir nechta 

(Mega,  Mikro,  Nano,  Lilypad  va  boshqalar)  ishlab  chiqarish  platalaridan 

biridir.  U  asosan  qoʻllanish  sohasi  kengligi  va  universalligi  tufayli  keng 

tarqalgan. Arduino UNOda 14 ta raqamli kirish-chiqish portlari mavjuddir. 

Shuningdek  oltita  kiruvchi  analog  porti  mavjuddir.  16  MHz  li  generator, 

USB  port,  ta‘minot  manbaiga  ulovchi  shtekkeri,  tozalash  tugmasi  va 

boshqa  mikrokontrollyorlar  bilan  birgalikda  ishlash  uchun  moʻljallangan 

ICSP shtekkeri mavjuddir.  

Arduino  bilan  ishlashni  boshlash  uchun  arduino.cc  saytiga  kirish  va 

Download  bo‗limidan  Arduino  IDE  dasturini  ko‗chirib  olish  kerak.  Bu 

ishlarni  bajarishdan  oldin  kompyuterdagi  operatsion  tizim  haqida 

ma‘lumotga  ega  bo‗lish  kerak.  Istalgan  brauzer  yordamida  quyidagi 

manzil qatorini kiritish kerak: https://www.arduino.cc/en/Main/Software 

Yuklash  uchun  operatsion  tizimga  mos  keluvchi  dasturlardan  birini 

tanlash  kerak.  Kompyuterga  o‗rnatilgan  operatsion  tizimga  bog‗liq 

ravishda  drayverni  o‗rnatish  usulini  tanlash  kerak  bo‗ladi.    Kompyuterda 

ishga tushirilganda Arduino IDE dasturlash muhiti quyidagicha ko‗rinadi.  

 

 

 



2-rasm. Arduino IDE dasturlash muhiti 

 


 

 

 



Qurilma  ulangan  portni  tanlash  kerak.  Servis  \Ketma  ket  port\ 

menyusidan  COM1\COM2  yoki  boshqasini  tanlash  kerak.  Plata  qaysi 

portga  ulanganligini  bilmasangiz  quyidagini  bajarishingiz  kerak  bo‗ladi: 

«Boshqarish  paneli»,  «Qurilmalar  dispetcheri»  ni  oching,  «USB 

kontrollyori»  punktini  oching.  So‗ngra  USB  ni  kompyuterdan  uzing. 

Yozuvlardan  birining  yo‗qolishini  ko‗rasiz.  Agarda  menyu  yopilsa,  uni 

qayta  oching.  Barcha  mavjud  bo‗lgan  portlarni  eslab  qoling.  Arduino 

USBni  kompyuterga  qayta  ulang.  Menyuni  qayta  oching,  paydo  bo‗lgan 

port  qidirilayotgan  ulanish  porti  bo‗ladi.  Uni  Arduino  menyusida  ajratib 

oling.  

Arduino Uno texnik koʻrsatkichlari: 

Mikrokontrollyor 

ATmega328 

Ishlash kuchlanishi 

5 V 


Kirish kuchlanishi(tavsiya 

etilgani) 

7-12 V 

Kirish kuchlanishi(eng yuqori) 

6-20 V 

Raqamli kirish/chiqish 

14 ta(ulardan 6 tasi KIM(Широтно-

Импульсная модуляция) sifatida foydalanish 

mumkin) 

Analog kirish 

6 ta 

Kirish/chiqish orqali oʻzgarmas 



tok 

40 mA 


3.3 V kiritish uchun o'zgarmas 

tok 


50 mA 

Flesh xotira 

32 KB(ATmega328) undan 0.5 KB yuklovchi 

sifatida foydalaniladi 

Tezkor xotira 

2 KB(ATmega328) 

EEPROM 

1 KB(ATmega328) 

Chastota 

16 MGs 


Gabarit oʻlchami 

6.9 x 5.3 sm 

 

 

                         3. Ishning bajarilish tartibi 



 

 

1. Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari bilan tanishish. 



 

2. Komputerning operatsion tizimi bilan tanishish. 

 

3. Komputerda istalgan brauzer orqali operatsion tizimga mos 



Arduino IDE dasturini yuklab olish.     

 

4. Arduino IDE dasturining boshqaruv paneli bilan tanishish.        



 

5. Ishning hisobotini tayyorlash. 

 



 

 

 



 

                 4. Laboratoriya ishini bajarish uchun vazifa 



 

 

1. Kompyuterni ishga tushirish. 



 

2. Arduino IDE dasturini ishga tushirish. 

 

3. Arduino platasini portga ulash. 



 

 


Download 2,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish