3. Ishni bajarish tartibi
Quyida o‗zgarmas tok motorini elektromexanik xossalariga rotor
qarshiligining ta‘sirini tekshirish misolidagi laboratoriya ishini bajarish
uslubiyotini ko‗rib chiqamiz. Dastlab talaba zarur bo‗lgan ulanishlarni
amalga oshirishi lozim. Buning uchun yuklama motor yakori zanjirini
zarur bo‗lgan ta‘minlash manbaiga ulash yoki tekshirilayotgan motorni
tarmoqqa kerak bo‗lgan qarshilik orqali ulash mumkin boʻlgan sxemadan
foydalaniladi (45 - rasm).
61
45 - rasm. Ulanish sxemasi namunalari
Barcha zarur bo‗lgan ulanishlar amalga oshirib bo‗lingach, chap
panelning
yuqorisida
joylashgan
stendning
umumiy ta‘minlash
tugmachasini bosish orqali stend ishga ulanadi. Bunda yig‗ilgan sxemani
tekshirish amalga oshiriladi, agar xatoga yo‗l qo‗yilmagan bo‗lsa, talaba
ishga kirishishi mumkin. Agar sxemada yoki unga kuchlanish berishda
xatoga yo‗l qo‗yilgan bo‗lsa, bu to‗g‗rida xabar ekranda paydo bo‗ladi. (46
- rasm).
62
46 - rasm. Noto‗g‗ri yig‗ilgan sxema to‗g‗risida xabar
Stendga kuchlanish berilgandan keyin ulanishlar ustidagi harakatlarni
amalga oshirish qat‘iyan man qilinadi. Agar bunga harakat qilinsa, buni
amalga oshirish mumkin emasligi to‗g‗risida xabar ekranda namoyon
bo‗ladi (47 - rasm).
47 - rasm. Ishga ulangan stendda ulanishlar amalga oshirish mumkin
emasligi to‗g‗risida xabar
63
Bu holat real stendda ham bunday harakatlar salbiy oqibatlarga olib
kelishini talabaga yana bir bor eslatib o‗tadi. Stend ulangandan so‗ng,
dastlab tekshirilayotgan motorning qo‗zg‗atish zanjiriga kuchlanish berish
kerak. Bunda qo‗zg‗atish chulg‗ami zanjiriga ulangan o‗lchash asbobi
tokning o‗zgarishini o‗lchab beradi. Jarayon o‗rnatilishi bilan yakor zanjiri
ulanadi. Motor tezligi va yakor toki o‗zgarishini stendning o‗ng tomon
pastki panelida joylashgan o‗lchov asboblari yordamida aniqlab, ro‗yxatga
olib boriladi. Bu rejim motorning salt ishlash rejimiga mos keladi.
48 - rasm. O‗lchov asboblari
Motor valida yuklamani hosil qilish uchun yakor zanjiriga hamda
yuklash motorining qo‗zg‗atish zanjiriga kerakli tugmachalar yordamida
kuchlanish berish kerak. Bunda qo‗zg‗atish toki yuklash motorining
qo‗zg‗atish zanjiriga ulangan reostat yordamida rostlanadi (49 - rasm).
64
49 - rasm. Qo‗zg‗atish tokini rostlash
Bundan tashqari yakor tokini ta‘minlash manbaining kattaliklarini
o‗zgartirish yordamida ham rostlanishi mumkin (50 - rasm).
50 - rasm. Yuklash mashinasining ta‘minot manbai
Talaba stendda joylashgan o‗lchov asboblaridan motorning
elektromexanik xarakteristikalariga mos keluvchi turli nuqtalarning
kattaliklarini hisobga olib boradi. Kattaliklarni ro‗yxatga olish qog‗ozga
yozib borilishi yoki mos keluvchi dasturiy ta‘minot yordamida masalan,
Microsoft Office Excel
muharriri yordamida elektron jadvalga kiritish
mumkin.
Agar motorning ishga tushirish dinamikasini tekshirish talab qilinsa,
ossillografdan foydalanish mumkin. Bunda ossillografning birinchi kanali
taxometrga ulanadi, ikkinchi kanali esa yakor tokini hisobga oluvchi
ampermetrga ulanadi (51- rasm).
65
51 - rasm. Ossillografni ishga ulash tushunchasi
Dastlab qo‗zg‗atish chulg‗ami, so‗ngra ossillograf keyin esa yakor
zanjiri ulanadi. Bunda jarayon juda tez ravishda o‗rnatiladi.
O‗zgaruvchilarning
maksimal
qiymatlari
ossillograf
shkalasining
chegarasiga yetib bormaydi (52 - rasm).
52 - rasm. Laboratoriya natijalari
Bunday hollarda jarayonni batafsil ko‗rish uchun tasvir masshtab
bo‗yicha kattalashtiriladi. Bundan tashqari ossillografning motor bilan
birga avtomatik ishga tushirilgandagi jarayonini tahlil qilish birmuncha
qulay bo‗ladi. Buning uchun ossillograf menyusiga o‗tiladi (53-rasm).
66
53-rasm. Ossillograf menyusi
54-rasm. Ossillograf menyusi
Do'stlaringiz bilan baham: |