olishvatahlilqilish” Ishning maqsadi: Yarim o’tkazgichli diodlarning va stabilitronlarning asosiy parametrlari bilan tanishish va tajriba yo’li bilan ularni voltamper harakteristiklarini - VAHni olish.
Yarim o’tkazgichli diod deb bitta elektron o’tishga va ikkita uchga ega asbobga aytiladi. Yarim o’tkazgichli diodda p-n o’tishni elektr tokini bir tomonga yaxshiroq, ikkinchi tomonga yomonroq o’tkazish hususiyatidan foydalaniladi. Yarim o’tkazgichli diodni chiqishlari orasidagi kuchlanish va shunga mos toklari to’g’ri va teskari tok to’g’ri va teskari kuchlanish deyiladi.
Tuzilishiga ko’ra nuqtaviy va yassi yarim o’tkazgichli diodlar farqlashadi.
Ishlatilish maqsadiga ko’ra yarim o’tkazgichli diodlar kichik voltlar va katta quvvatli to’g’rilagich diodlari, yarim o’tkazgichli stabilitronlar va impulsli diodlarga bo’linadi.