MUNDARIJA
Bugungi kunda kishilik jamiyatidagi taraqqiyotni kompyuterlarsiz, axborot kommunikatsion texnologiyalarisiz tasavvur qilishning umuman iloji yo`q. Bu vositalar hayotning hamma jabhalariga chuqur kirib borib, aytish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishning qudratli lokomotiviga aylanib ulgurdi. O`zining kundalik faoliyatida texnikaning bu yutug’idan foydalanish uchun deyarli har bir fuqaroning burchiga aylandi desak adashmagan bo`lamiz. Bu jarayonni yanada chuqurlashtirish va rivjolantirish uchun dasturchilik, axborot kommunikatsion texnologiyalarining texnik va dasturiy vositalari sohasida yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Bu borada respublikamizda ham shaxsan prezidentimiz I. Karimov boshchiligida bir qator ilmiy amaliy tadbirlar ishlab chiqildi va joriy qilindi. 6
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoya kattadir. Prezidentimiz ta`kidlaganlaridek: «Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo`lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». 6
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-ma`naviy poydevorini mustakamlash ehtiyojini tug’diradi. Demak, galdagi eng asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi kabi olijanob tuyg’ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g’oyalar bilan qurollangan. Komil insonlarni voyaga yetkazish, jahon andozalariga mos, kuchli bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir. 6
«Jahon sivilizatsiyasiga dahldor bo`lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini ta`minlash qiyin»,-degan edilar I.Karimov. O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to`laqonli natijalarga to`laqonli sheriklik o`rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabqalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko`lamlari qanday bo`lishiga hamda bu texnoliyalar ijtimoiy mehnat samaradorligining oshishida qanday rol o`ynashiga bog’liq. Demak, zamonaviy kompyuterlardan amalda keng foydalana oladigan yetuk kadrlar tayyorlash kechiktirib bo`lmaydigan vazifadir. Hususan, bu masalani samarali hal qilish maqsadida qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini tashkil etish to`g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PF-4702-son Farmoni hamda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston Respub-likasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to`g’risida» 2015 yil 4 fevraldagi PQ–2293-son qarorilarini alohida tilga olib o`tish mumkin. Bu qarorga binoan Vazirlar Mahkamasida «Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo`mitasi” asosida «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi» tashkil qilindi. so`zlari bilan almashtirilsin. 7
Bu qarorlarni bajarilishi ta`minlash respublika Oliy o`quv yurtlari oldiga bir qator masalalarni hal qilishni alohida masala qilib qo`yadi. Bu masalalardan biri yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash masalasidir Bu masalani samarali hal qilish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan yangi davlat standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish, dasturlash asoslarini o`rganishga qaratilgan fanlar mazmunini zamonaviy talablar asosida qayta tahlil qilib chiqish, axborot va texnika bazalarini rivojlantirish lozim bo`ladi. Bu tadbirlarning ostida yuqori malakali dasturchilarni tayyorlash yotadi. 8
Talabalar dasturlash tillarini va yo`nalish bo`yicha maxsus fanlarni o`rganish natijasida dasturchi darajasiga yetishadi. Lekin, ular olgan nazariy va amaliy bilimlarini amaliy masalalarni yechishga qo`llashda ko`pgina qiyinchiliklarga duch kelishadi. CHunki ularda tipik, taqribiy masalalarni yechishda oliy matematika kursidan olgan bilimlargina mavjud. SHuning uchun, hayotiy masalalarning matematik modellarini tushuna olishlari, ularni yechishning sonli-taqribiy, taqribiy-analitik usullarini o`rganishlari uchun “Sonli usular va algoritmlar” fanining ahamiyati katta hisoblanadi. 8
I BOB. DELPHI DASTURLASH TILI HAQIDA 13
Do'stlaringiz bilan baham: |