TRANSPORT VOSITALARINING TORTISH XUSUSIYATLARINI DIAGNOSTIKALASH 1. Ishdan maqsad: Avtomobilining tortish xususiyatlarini diagnostikalash usullari va vositalarini o’rganish, amaliy ko’nikma olish.
2. Xavfsizlik talablari 2.1 Diagnostikalash postida joylashtirilgan avtomobilda qo’l tormozi o’rnatilishi, uzatmalar qutisi richagi neytral xolatda bo’lishi va yuritish kalit yuritish qulfida bo’lishi shart.
Laboratoriya xodimi ruhsatisiz avtomobil dvigatelini yurgizish man etiladi.
Avtomobil dvigateli yurgizilib, g’ildiraklar aylantirilganda, aylanuvchi g’ildiraklarga yaqinlashish, old tarafida turish taqiqlanadi.
Boshqarish pulti tugma va o’chirgichlariga ruxsatsiz tegish man etiladi.
220 V kuchlanish manba bilan ishlashda ehtiyot choralarini ko’rish lozim.
3. UMUMIY MA’LUMOTLAR Dvigateli kerakli quvvatni ta’minlamayotgan, ortiqcha yonilg’i sarflayotgan avtomobillarni tortish va elementlar buyicha diagnostikalashga bo’lgan talabni aniqlash uchun avtomobilning tortish xususiyatlarini diagnostikalash usuli qo’llaniladi. Quvvat qiymatlarini avtomobilning yetaklovchi g’ildiragidagi tortish kuchini o’lchab topish yoki transmissiyadagi yo’qotishlarni hisobga olib, tezlanishni o’lchab topish mumkin. Yonilg’i samaradorligi berilgan tezlik va yuklanganlik tartibotlarida yonilg’i sarfi bo’yicha aniklanadi.
Avtomobilni gorizontal tekis yo’lda keskin tez yuritib, minimal vaqt ichida me’yoriy yulni bosib o’tishini hamma uzatmalarda aniklanadi, quvvati esa maksimal tezlanish orqali yoki boshlang’ich tezlikda (20km/soat) bosh uzatmada aniklanadi. Yonilg’i samaradorligi chalkash uzunligi Z...5km bo’lgan yo’lda avtomobilning o’zgarmas tezligida, gorizontal tekis yo’lda xaraklantirib, bir kilometrda yonilg’i sarfini o’lchab aniklanadi. Transmissiyaning texnik holatini avtomobilni gorizontal tekis yo’lda erkin salt yuritib aniqlanadi.
Turg’un holatda diagnostikalash. Avtomobilni jihozda diagnostikalashda yetaklovchi g’ildirakdagi tortish kuchini berilgan tezlikda erkin salt yurishi, keskin tez yurishi va yonilg’i sarfi aniqlanadi.
Avtomobilning quvvati to’g’risida xulosa chiqarish uchun sinashni maksimal quvvati Nemax yoki yetaklovchi g’ildiraklardagi maksimal burovchi momenti (Memax) to’g’ri keluvchi tartibotlarda (tezlik va quvvat) o’tkaziladi va yetaklovchi g’ildiraklardagi ruhsat .etilgan kuvvat (Nkmax) aniqlanadi:
Nkmax=Kn* Nemax*ηT ηc bu yerda: Kn - dvigatel quvvatining ruhsat etilgan kmayishini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsienti;
ηT,ηc -avtomobil transmissiyasi stendningfoydali ish koeffitsient.
Yonilg’i sarfini o’lchashda quvvatni baholashdagi tartibotlar qo’llaniladi. Ruxsat etilgan yonilg’i sarfi Ql, kuyidagi formula orqali aniklanadi:
(2)
bu yerda: ge-berilgan tartibotda dvigatelning nisbiy yonilg’i sarfi,
g/ot kuchi soat;
Rk-avtomobil g’ildiragidagi yuklanish, kg,
R-yonilg’ning solishtirma sarfi, g/sm3.
Avtomobilning tortish xususiyatlarini diagnostikalash uning tizim va uzellarning texnik xolatini chukur diagnostikalashning yullaridan biri xisoblanadi va D-2 diagnostik ishlar kompleksiga kiradi.
D-2 diagnostikasi xar doim 2-TXKdan oldin, avtomobilni xizmat ko’rsa-tishshga jo’natadigan kuni yoki 2-TXK paytida o’tkaziladi. Ayrim hollarda, harakatlanuvchi tarkib og’ir sharoitda ishlasa, D-2 davriyligni qiskartirilishi mumkin.
Bu ishlar maxsus jihozlangan D-2 uchastkasining ishchi joylarida (post-larda) o’tkaniladi.
D-2 ning asosiy maqsadi - uzel va tizimlarning texnik holatini aniqlashdan iborat. D-2 jarayonida diagnostikalash texnologiyasida ko’zda tutilgan xajmda sozlash ishlari, mexanizm va uzellarni ajratmasdan bajarilishi ruhsat etilgan.
Diagnostikalash ishlarini tashkil etish va texnologiyasi bo’yicha asosiy raxbariy va me’yoriy xujjat "Avtomobil transport harakatlanuvchi tarkibini texnik holatini diagnostikalash bo’yicha qo’llanma" hisoblanadi.